Mavzuga doir savollar



Yüklə 22,33 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü22,33 Kb.
#112898
savol javob


Investitsiyalarni jalb etishda jahon tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash amaliyoti.


MAVZUGA DOIR SAVOLLAR.
1. Xorirjiy investitsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Xorijiy investitsiyaga ta’sir etuvchi omillar.
3. Konglomerativ to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiya mohiyati.
4. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari
5. Xorijiy investorlarga beriladigan qanday imtiyozlarni bilasiz?
6. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni mohiyati.
7. Bozor izlovchi va samara izlovchi to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni farqli jihatlari.
8. O’zbekiston Respublikasida yaratilgan imtiyozli moliyaviy sharoitlar nimalardan iborat?
9. xalqaro integratsiya deganda nimani tushunasiz?
10. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalashni ahamiyati
11. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarni o’rni
12. Milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi.
13. Iqtisodiyotni xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki.
14. islom taraqqiyot banki nima va uning asosiy maqsadi.
15. investitsiya nizolarini tartibga solishning markazi to’g’risida nimalarni bilasiz.
JAVOBLAR

  1. Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlashga va rivojlantirishga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.

  2. Xorijiy investitsiyalarga asosan 3 guruh omillar ta‘sir ko‗rsatadi:

1) iqtisodiy omillar:
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta‘siri ostida olib borilishi);
- ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
- jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o‗sib borishi (AQSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.
2) siyosiy omillar:
- kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIH), offshor hududlari va boshq.);
- rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni qo‗llab-quvvatlash);
- bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshq.
3) huquqiy omillar:
- xorijiy investitsiya qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyani har tomonlama himoya etishga javob beruvchi qonunlarni amal qilishi;
- xorijiy investitsiyalarni himoya etilishini kafolatlovchi me‘yoriy qonun osti hujjatlarini amal qilishi;
- sherikchilik asosida investitsiya oqimini ta‘minlashni istiqbolli dasturlarini mavjudligi.

  1. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) kapitalni joylashtirish shakli bo’lib, investorni qimmatli qog’ozlarga yoki mulkka bo’lgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo’yuvchi davlat yoki uning xo’jalik yurituvchi sub‘ektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi.

  2. -100% mol mulk xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;

-ulush qo’shilib qatnashishi orqali qo’shimcha korxonalarni tashkil qilish;
-yirik xorijiy korxona va firmalarning shu’ba korxonalari va filliallarini tashkil etish;
-tenderlar e’lin qilish;
-moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olishni tashkil etish;
-erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
-konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;

  1. 1)Ko’rilgan zararlarning qoplanishi uchun kafolatlar;

2)xorijiy investorlar kapitalining saqlanishi uchun kafolatlar;
3)soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;
4)foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;
5)milliy so’mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o’tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati;
6)bojxona imtiyozlarining mavjudligi;
7)xorijiy investorlarning mulklari va ularning o’zlarini xavf-xatarlardan sug’urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi.

  1. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta‘sir ko’rsatish imkoniyatini beradi.

  2. Bozor izlovchi TTXI muayyan mamlakat yoki mintaqa iste‘mol bozorlarini egallashni maqsad qilib qo’yadi. Bu turdagi investitsiyalarni kirituvchi korxonalar odatda o’z mahsulotlariga bo’lgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy xo’jaliklari uchun zarur iste‘mol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Samara izlovchi TTXI harajatlar past bo’lgan resipiyent mamlakatdagi arzonchilikdan foydalanish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi esa investor korxonalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

  1. -xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar zimmasidagi soliq yukining yildan-yilga kamaytirilishi;

– soliqlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini ko‗paytirishga, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlanishiga, investitsion faollikni oshirishga, mablag’lar aylanishini jadallashtirishga hamda foydani oshirishga rag’batlantiruvchi ta‘sirining kuchayishi;
– soliq mexanizmini soddalashtirib borilayotganligi;
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
- texnikaviy qayta qurollanish;
- xalq iste‘moli va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish.

  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida o’zaro ko’p tomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi.

  2. Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya konsepsiyasi tariqasida foydalaniladi. U investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi. Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir turdagi aktiv qiymatining pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o’sishi hisobiga qoplanishini ta‘minlaydigan tarzda investitsiya portfeliga turli sinflar, tarmoqlar, mintaqalar aktivlarini qo’shish orqali erishiladi.

  3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning o’rni katta hisoblanadi. Chunki integratsiya turli xalqlarning iqtisodiy, ijtimoiy, va madaniy jihatdan birlashuvidir. Bundan ko’rinib turibdiki, xalqaro investitsiyalar qanchalik rivojlansa , iqtisodiy integratsiya darajasi ham shunchalik rivojlanadi.

  4. Milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyaga e’tibor qaratishimimg asosiy mohiyati davlatimiz chet el ya’ni xorijiy investorlar bilan ko’proq shartnoma qilsa va hamkorliklarni amalga oshirsa xorijiy investitsiyalarni jalb etish darajasini kengatirsa davlatimizda iqtisodiyotning rivojlanishi yuqori darajalarga chiqishi kuzatiladi.

  5. To’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo’yuvchi davlat yoki uning xo’jalik yurituvchi sub‘ektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi. Shunday ekan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya xalqaro integratsiyalarni rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmay qo’ymaydi. Chunki to’g’ridan to’g’ri investitsiya bevosita davlatning rivojlanishiga o’zining hissasini qo’shadi.

  6. Islom Taraqqiyot Bankining asosiy vazifasi a‘zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

  7. Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (IKSID) — 1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, maqsadi xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakatlar o’rtasida yuzaga kelgan xalqaro investitsion nizolarni arbitraj ko’rib chiqish va tartibga solish mexanizmini ta‘minlab berishdan iboratdir. Bundan tashqari ushbu markaz xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunchilik aktlari va xalqaro nizolarni arbitraj tartibga solish sohasida tadqiqot ishlarini olib boradi

Yüklə 22,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin