Transport vositalarini mamlakat viloyatlari bo‘ylab erkin harakat qilishi uchun yo‘llarga tosh yotqizish, daryo va kanallar ustida ko‘priklar qurish masalalariga ham maxsus e’tibor berilgan.
BXSR mavjud bo‘lgan davrda sobiq Buxoro amirligini Rossiya imperiyasi bilan bog‘lagan temir yo‘l transporti faoliyati davom ettirilgan, Buxoro temir yo‘lining CHorjo‘y-Zirabuloq, Kogon-Termiz yo‘nalishlari va temir yo‘l stansiyalarini ta’mirlash, pochta, telegraf, temir yo‘l faoliyatini uzluksiz yo‘lga qo‘yishga ham alohida e’tibor berilgan 1923 yilning bahorida BXSR hukumati boshlig‘i F.Xo‘jaev SSSR va RSFSR poytaxti Moskvada bo‘lib, respublika hududi bo‘ylab samolyotlar sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan. SHartnomaga ko‘ra, BXSRga Germaniyada ishlab chiqarilgan “YUnkers” rusumli samolyotlar yuborilgan. Samolyotlar uchun Rossiyaga 50.000 so‘m oltin hisobida pay puli berilgan
1920-yil 11-oktyabrda Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi oziq-ovqat razvyorstkasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Unga ko‘ra Sharqiy Buxorodan tashqari butun respublikadan 1908000 pud* g‘alla, 852 ming pud arpa, 321 ming pud jo‘xori, 1160000 pud kishmish, 338 ming bog‘ beda yig‘ilishi kerak edi. Lekin oziq-ovkat razvyorstkasi sinfiy jihatdan yondashilmaganligi uchun 1921 yil 20 yanvardagi Buxoro Inqilobiy ko‘mitasi qarori bilan u kayta kabul kilingan. Unga kura oziq-ovqat razvyorstkasi kam yerli va yersiz xujaliklarga nisbatan emas, iqtisodiy jihatdan boy xo‘jaliklardan olingan. Buxoroga qizil armiyaning boskini va istiklolchilik xarakatlari davrida iktisodiy hayot izdan chiqdi. Buni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

1) harbiy harakatlar natijasida tashqi savdoda, yaьni chetelga maxsulot chikarish juda kamayib ketgan. Chetga sotilgan xom ashyo arzon narxda sotilganligi uchun ishlab chikaruvchilarga zarar keltirgan;
2) respublikadan chet elga xom ashyo sotish kamayganligi uchun chetdan mahsulot kirib kelishi to‘xtab qolgan. Respublikada temir, gazmol, yigirilgan ip, yogoch maxsulotlari yetishmagan. Qo‘y go‘shti va guruch tanqisligi yaqqol sezilgan;
3) chet eldan mahsulot kirib kelishi to‘xtab kolganligi natijasida ichki iste’mol tovarlari ishlab chikarish kamayib ketgan.