Chorvachilik bo‘limi vazifalariga mahalliy ot zotlari va qorako‘l qo‘ylarini ko‘paytirish, shuningdek, qishloq xo‘jalik ish hayvonlarining sifatini yaxshilash, davlat otxonalari va mol fermalarini qurish, sutchilikni rivojlantirish kirgan va hokazo. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, Yer ishlari nozirligi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning barcha sohalarida islohotlarni, yerlardan to‘g‘ri foydalanish, chorvachilik va suv xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullangan. 1921 yil 2 fevralda Buxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi Yer to‘g‘risidagi yangi konun qabul hildi. 1921 yil sentyabrdagi Butun Buxoro xalq vakillarining II kurultoyida yer islohoti haqida masala muhokama qilindi. A. Muxitdinov qurultoyda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilikni yoqlab chiqqan ". Lekin shunga qaramasdan yer va yerdan foydalanish bolsheviklar diqqat markazida bo‘lgan. Oqibatda yer to‘g‘risidagi qonun 1923 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning umumbuxoro IV qurultoyida ham yangidan qabul qilindi. Unga ko‘ra barcha yerlar ishchi-dehqonlar davlatining mulki, deb e’lon qilindi. BXSRdagi agrar masalalarda vaqf yerlar masalasi alohida ahamiyat kasb etgan. Amirlik davrida vaqf yerlari ijarachilarga berilib, daromadning 1/10 qismi davlat xazinasiga 3/10 qismi ijarachilarga berilgan.