1.J.B.Lamark ta’limotining asosiy kamchiliklarini sanab bering?
2. Nima uchun J.B.Lamark gradatsiyalar printsipi masalasida diezm
pozitsiyasida turgan deyiladi?
3.J.B.Lamark ta’limotini sizning fikringizcha qanday baholanishi
kerak deb o’ylaysiz?
4. Lamark sistematikasi nima uchun sun’uy sistematika deyiladi?
Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari: J.B.Lamarkning asosiy ilmiy asarlarini sanab bering.
J.B.Lamark nima uchun diezm oqimiga mansub deb karaldi?
J.B.Lamarkning tur masalasiga munosabati qanday bo’lgan?
J. B.Lamark ta’limotida gradatsiyalarning o’rnini aniqlang.
Tashqi muhitning o’zgarishi organizmga qanday ta’sir qilishi mumkinligi to’g’risida J.B.Lamark xulosalari xaqida fikringiz?
J.B.Lamark ta’limotining kamchiliklari sababi nimada deb o’ylaysiz?
Mavzu bo’yicha chiqargan xulosalaringizni taqqoslang: J.B.Lamark 1-chi tugallangan evolyutsion ta’limotni yaratgan olimdir. U organik olamni qo’yidan murakkabga qarab rivojlanishi yoki gradatsiya jarayonini evolyutsiyaning eng xarakterli xsusiyati deb hisoblaydi. J.B.Lamark tashqi muhit ta’siriga javob berishiga qarab organizmlarni 3 guruxga (o’simliklar, sodda va yuksak hayvonlar) ajratadi. Tashqi muhitning o’zgarishi organizmlarning ham o’zgarishiga sababchi bo’ladi deb ko’rsatadi.
J.B.Lamark ta’limotining kamchiliklari:
organik olamning oddiydan murakkabga qarab rivojlanishini asosiy sababini ochib bera olmagan.
Mavzu: Organik olam evolyutsiyasi haqida Ch.Darvin ta’limoti Reja 1.XIX asr boshlarida tabiiy fanlar qo’lga kiritgan yutuqlar.
2. Ch.Darvinning evolyutsion ta’limotining yaratilishi:
3.Ch.Darvinning hayoti va faoliyati
4. Ch.Darvin ta’limotining qisqacha mazmuni