Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Zoologiya falsafasi»



Yüklə 95,71 Kb.
səhifə6/9
tarix28.03.2023
ölçüsü95,71 Kb.
#90735
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-амалий

Mavzuga oid muammolar:

  1. XIX asr I - yarmida tabiiy fanlarda to’plangan ma’lumotlarni xulosalash muammosi etilganligi nimada namoyon bo’ldi deb o’ylaysiz?

  2. I.Darvin ta’limotida madaniy formalar va yovvoyi turlar evolyutsiyasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajrating.

  3. Sun’iy tanlash va tabiiy tanlanish o’rtasidagi farqlarni aniqlang.



Test savollari

  1. Lamark Tabiatdagi xaqiqiy tartibni tuzishda asosiy etiborni nimaga qaratdi?

  1. Genetik yaqinlikka

  1. Morfologik o‘xshashlikka

  1. Fiziologik o‘xshashlikka

  1. Ko‘payish usuliga

  1. Tuban organizmlar murakkab o‘lik moddaga flyuidlarning tasiri natijasida kelib chiqadi. YUqoridagi fikr kimga tegishli

  1. J.Lamark

  1. Arastu

  1. Gippokrat

  1. D. Xause

  1. Lamark muxit tasiriga javob reaksiyasiga ko‘ra birinchi guruxga qaysi organizmlarni kiritdi?

  1. O‘simliklar

  1. Xayvonlar

  1. Mikroorganizmlar

  1. Zamburug‘lar

  1. Lamark muxit tasiriga javob reaksiyasiga ko‘ra ikkinchi guruxga qaysi organizmlarni kiritdi?

  1. Sodda xayvonlar

  1. O‘simliklar

  1. Mikroorganizmlar

  1. Bakteriyalar

  1. Lamark muxit tasiriga javob reaksiyasiga ko‘ra uchinchi guruxga qaysi organizmlarni kiritdi?

  1. Nerv sistemasi yuksak tuzilgan xayvonlar

  1. Soda xayvonlar

  1. Zamburug‘lar

  1. O‘simliklar

  1. K.Linney xayvonlarni klassifikatsiya qilishda ularni nechta sinfga ajratdi?

  1. 14

  1. 7

  1. 11

  1. 24

  1. K.Linney xayvonlarni klassifikatsiya qilishda ularni nechta pog‘onaga ajratdi

  1. 6

  1. 12

  1. 24

  1. 10

  1. Lamark sisitematikasida kloakalilar qaysi sinfga kiritilgan?

  1. Qushlar

  1. Reptiliyalar

  1. Qonlilar

  1. Umurtqasizlar

  1. Xaltali va yo‘ldoshli sut emizuvchilarni o‘zaro yaqin ekanligini birinchi bo‘lib isbotlagan olim kim?

  1. Sent- Iler

  1. J. Lamark

  1. K. Linney

  1. CH. Darvin

  1. Qaysi olim maymunlarni tor burunli va keng burunli xillarga ajratdi?

  1. Sent-Iler

  1. Linney

  1. Aristotel

  1. J. Lamark

  1. Xayvonlarni klassifikatsiya qilishda qiyosiy anatomiya uslulidan foydalangan olimni toping

  1. J. Kyuve

  1. Sent-iler

  1. J. Lamark

  1. K. Linney

  1. Oziq topish yo‘lida hayvonlarni birlashishi qanday ataladi?

  1. Trofik kooperatsiya

  1. Konstitutsial kooperatsiya

  1. Etologik kooperatsiya

  1. Fiziologik kooperatsiya

  1. Xayvonlar sistematikasiga tip kategoriyasini kiritgan olimni aniqlang.

  1. J. Kyuve

  1. Lamark

  1. Linney

  1. Aristotel

  1. Tor doirada ixtisoslashgan hayvonlarni aniqlang.

  1. Xamelion,qizilishton

  1. Baliq,qisqichbaqa

  1. Delfin,kit

  1. Kaltakessak

  1. Goryaninovning o‘simliklar sistematikasi nechta sinf va tartibdan

  1. iborat?

  1. 12sinf 48 tartib

  1. 12sinf 24 tartib

  1. 24sinf 48 tartib

  1. Goryaninov xayvonlarni klasifikatsiya qilishda qaysi prinsipga asoslandi?

  1. Gradatsiya

  1. Paleantalogik dalillar

  1. CHog‘ishtirma anatomiya

  1. Genetik o‘xshashlik

  1. Embrion qatlamlari talimotining asoschisi

  1. X. Pander

  1. Volf

  1. Ber

  1. Gumbolt

  1. Murtakning o‘xshashlik qonunini tariflagan olim kim?

  1. Ber

  1. Rosling

  1. Gumbot

  1. Goryaninov

  1. Xar bir tip o‘zgarmas o‘zgaruvchanlik faqat tip ichida ro‘y beradi. YUqoridagi fikr kimga tegishli?

  1. Ber

  1. Darvin

  1. Pander

  1. Volf

  1. Xujayra nazariyasining asoschilari kim?

  1. SHvan, SHleyden

  1. Dekandol, Gofmester

  1. Ouen Kyuve

  1. Ber, Violf

  1. Fitogenezis xaqida malumotlar» asari muallifini aniqlang

  1. SHleyden

  1. SHvan

  1. O. Kyuve

  1. Virxof

  1. Fan tarixida birinchi bo‘lib 1828-yilda mochivinani sintez qilgann olim?

  1. F. Veler

  1. R. Mayer

  1. Y. Kaydanov

  1. I. Berselius

  1. Tularning kelib chiqishi” asari muallifini aniqlang

  1. CH. Darvin

  1. K. Linney

  1. Ber

  1. Virxof

Mavzu: Mikroevolyutsiya haqida tushuncha.
Reja
1.Mikroevolyutsiya.
2.Populyatsiya-evolyutsiyaning boshlang’ich birligi.
3. Populyatsiya turlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: mikroevolyutsiya ta’limoti, divergentsiya, tur xosil bo’lishi, individ, fenotip va genotip, populyatsiya, panimiktik va klonal populyatsiyalar, populyatsiya belgilari, geografik, ekologik va maxalliy populyatsiyalar.
Biologiya fanlari qo’lga kiritgan yutuqlar, ayniqsa genetika va molekulyar biologiya fanlarida ochilgan kashfiyotlar, shuningdek populyatsiyalar to’g’risidagi ta’limot evolyutsion ta’limot rivojida yangi bosqich bo’ldi. Shu sababli tur ichida boradigan jarayoni o’rganishga katta e’tibor berildi. Natijada xozirgi evolyutsion ta’limotning markazi qismlardan bo’lgan mikroevolyutsiya to’g’risidagi ta’limot yaratildi (terminni 1927 yili Yu.Filipchenko taklif qilgan).
Mikroevolyutsiya - bu tur ichida boradigan evolyutsion o’zgarishlar bo’lib, u tur ichidagi divergentsiyaga sababchi bo’ladi va yangi tur xosil bo’lishiga olib keladi.
Asrimiz 30-yillarida populyatsion genetika rivojlanishi natijasida yangi moslanishlarni paydo bo’lishi mexanizmini chuqur o’rganish va oldin faqat tabiatdagina kuzata olish mumkin bo’lgan turlarni xosil bo’lish mexanizmini tekshirish imkoniyatini yaratildi. Drozofila meva pashshasi kabi tez ko’payuvchi turlarni evolyutsiya mexanizmlarini o’rganishda qo’llash evolyutsion jarayoni borishini ma’lum vaqt davomida kuzatish imkonini berdi.
Ma’lumki har tur o’z navbatida populyatsiyalardan, har bir populyatsiya esa individlardan (organizmlardan) tashkil topadi. Har bir organizm esa o’z genotipi va fenotipiga egadir.

  • genotip - organizmning irsiy moddiy asoslari yig’indisi (genomi) dir.

  • fenotip – organizm ichki va tashqi belgi, xossa, xususiyatlari majmuasi.

Organizm fenotipi tashqi muhitining genotipga ko’rsatgan ta’siri natijasida shakllanadi. Ma’lumki tanlanish faqat fenotip bo’yicha amalga oshadi, chunki bir tomondan individlarning o’zaro bir-biridan aloxidalashgan organizm ekanligi bo’lsa, ikkinchi tomondan har bir organizmda populyatsiyaga mansub belgi-xossalarning turli darajada ifodalanganidir. Ma’lumki organizmlarning xilma-xilligi tanlanish uchun sharoit tug’diradi. Binobarin yashash uchun kurashda shu muhitga eng yaxshi moslashgan fenotiplar yuzaga chiqadi va teritoriyada yashaydigan organizmlar populyatsiyasini tashkil qiladi.
Populyatsiya (populus-aholi) deb umumiy genofondga ega bo’lgan va aloxidalanishning har xil darajasida qo’shni organizmlardan ajralgan, ma’lum teritoriyada tarqalgan va o’zaro urchiy oladigan bir turga kiruvchi individlar yig’indisiga aytiladi. Ma’lumki har bir tur bir va bir necha o’nlab populyatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Ayrim xollarda bir turini o’zi 100 lab, xatto 1000 lab populyatsiyalardan iborat bo’ladi. Populyatsiyalar tuzilishiga ko’ra 2 tipga bo’linadi:

  • panimiktik populyatsiyalar (u yoki bu darajada urchiy oladigan, ya’ni

chetdan changlanadigan populyatsiyalar)

  • klonal populyatsiyalar (bo’linish, kurtaklanish hisobiga ko’payadigan

populyatsiyalar)
Tabiiy tanlash uchun panimiktik populyatsiyalar juda boy material beradi, chunki chetdan changlanish natijasida populyatsiyada fenotip va genotip jixatdan farq qiluvchi organizmlar kelib chiqadi. Klonal populyatsiyalarida esa sof, ya’ni ayrim belgilari bo’yicha gomozigata qatorlarning yuzaga kelishi populyatsiya genetik tarkibining zaiflashuviga olib keladi. Panimiktik populyatsiyada xromosomalarning diploid to’plami retsessiv mutatsiyalarni geterzigota xolatda saqlanishga imkon bersa, krossingover xodisasi yangidan-yangi genlar kombinatsiyasini xosil qiladi. Bu bilan u evolyutsiya uchun boy material tayerlaydi. Yuqoridagidan ko’rinib turibdiki, populyatsiyalar evolyutsiyaning boshlang’ich birligi bo’lib xizmat qiladi.
Populyatsiyaning asosiy harakterlovchi belgilari:
areali, kattaligi (organizmlar soni), dinamikasi, organizmlarning yoshi va jinsiy tarkibidir.

  • populyatsiya areali organizm turiga bog’liq. M-n: tog’ shilliqqurti areali- 1 necha 10 m2 , tulki- 1 necha 100 km2 ;

  • organizmlar soni (arealiga qarab) – 10 dan – 1 necha mln. gacha. M-n: (usuriya yo’lbarsi –300-400 ta)

  • dinamikasi (tashqi muhitning ta’siriga asosan organizmlar sonining o’zgarib turishi, populyatsiyadagi individlar soni ko’payib-kamayib turishi). M-n: oziqa serob yillari ayrim xashoratlar soni 1 necha ming marta oshib ketishi mumkin;

  • organizmlar yoshi (organizmlarning rivojlanish vaqti, jinsiy etilish vaqti, ko’payish tezligiga qarab bu o’zgarib turadi).

  • Jinsiy tarkibi (odatda 1:1, ammo bu nisbat buzilib turadi)

Har qanday tur populyatsiyasi unga kiruvchi individlarning geterogenligiga qaramay dinamik muvozanatda bo’lgan murakkab genetik sistemaga ega bo’ladi, bu esa populyatsiyani chegaralanmagan avlodlarda o’z belgi, xossa va xususiyatlarini saqlab turish imkoniyatini beradi.
N.P.Naumov populyatsiyalarini geografik, ekologik va elementar maxalliy xillariga bo’ladi. Bularning har biri ma’lum territoriyani egallaydi.
Geografik populyatsiyalar ekologik populyatsiyalarga bulinadi. Ular bir territoriyada, ammo turli sharoitda yashashi bilan farqlanadi.
M-n: dala sichqonining o’tloqlarda, ekin dalalarida va daraxtzorlarda yashaydigan formalari mavjud. Har qanday ekologik populyatsiya o’ziga xos xatti-harakati va morfo-fiziologik belgilari bilan farqlanadi.

    1. Har qanday populyatsiya ma’lum individlar to’plamidan iborat bo’ldi. Har bir individlar o’z genotipini va fenotipiga egadir. Individ genotipi tashqi muhit ta’siri ostida fenotip shaklida namoyon bo’ladi. Tanlanish esa fenotiplar bo’yicha amalga oshadi.

    2. Populyatsiyalar panimiktik va klonal populyatsiyalarga bo’linadi. Evolyutsiya uchun panimiktik populyatsiyalar ko’p materiaya beradi, chunki ular o’zlarida xilma – xil genomli individlarni saqlaydi.

    3. Populyatsiyaning xarakterlovchi belgilar: uning areali, kattaligi, dinamikasi, organizmlar yoshi va jinsiy tarkibidir.

    4. Populyatsiyalar tarkibidagi individlar turlicha genomlarga ega bo’lib, ular o’zaro chatishganda turlicha rekombinatsiyalar hosil qiladi. Bu esa tanlanish uchun boy imkoniyat yaratadi, shuning uchun populyatsiya – evolyutsiyaning boshlang’ich birligi hisoblanadi.

NAZORAT SAVOLLARI:
2.1. Populyatsiya - bu ....
a) umumiy genofondga ega,ma’lum teritoriyada tarqalgan,o’zaro urchiy
oladigan bir turga kiruvchi individlar yig’indisi
v) aloxidalashgan, arealga ega individlar yig’indisi
s) aloxidalashning turli bosqichlaridagi individlar to’plami
d) o’zaro urchish qobiliyati bor individlar
e) umumiy genofondga ega individlar jamoasi
2.2. Panimiktik populyatsiya - .... aytiladi?
a) chetda changlanuvchi populyatsiyaga
v) chetda changlanmaydigan populyatsiyaga
s) aloxidalashgan populyatsiyaga
d) chekka joylarga tarqalgan populyatsiyaga
e) u yoki bu darajada urchiy oladigan,chetda changlanadigan po-
pulyatsiyaga
2.3. Populyatsiyaning asosiy harkatlanuvchi belgilari ....
a) areali va jinsiy tarkibi,
v) areali va jinsiy tarkibi, yoshi
s) areali, kattaligi, dinamikasi, yoshi, jinsiy tarkibi,
d) yoshi,areali, jinsiy tarkibi
e) dinamikasi va yoshi

Yüklə 95,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin