O’rta asrlar Sharq va Yevropa tilshonosligi Qadimgi Xitoy tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlar. Qadimgi Xitoy tilshunosligida yozma manbalar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bizning kunlarimizgacha etib kelgan Xitoy yozuvining eng qadimiy yozma yodgorliklari eramizgacha bo‘lgan XIII-XI asrlarga borib taqaladi. Ushbu yozma yodgorliklar hayvon (qo‘y) suyaklari va toshbaqa qalqonlari bo‘lib, ularda fol ochish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Bu qadimgi «manbalar» Xitoy tilshunosligi tarixida va taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Xitoy tilshunosligining Xan davri tadqiqotlari Xitoy tilshunoslari tomonidan, ayniqsa, xan davrida (bizning eramizgacha bo‘lgan 206 y – bizning eramizning 220 y) leksikologiya, leksikografiya, ieroglifika, fonetika, gram-matika va dialektologiya masalalariga katta e’tibor berilgan.
Rim tilshunosligining Yunon tilshunosligi bilan aloqasi Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo‘shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. Yunon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o‘girildi.
Rim tilshunos olimlarining til sohasiga qo‘shgan hissasi Qadimgi Rim tilshunosligida Donata va Pristsianning grammatikaga oid yaratgan asarlari lotin tili grammatikasi qurilishining mukammal bayoni sifatida juda ko‘p asrlar davomida - o‘rta asrlar davri uchun namuna bo‘lib xizmat qildi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik Qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlash (tillarning genealogik tasnifi) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.ning maqsadlari doirasiga kiradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. tillar tarixini qayta tiklash (rekonstruksiya qilish)da asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiytarixiy metoddai foydalanadi; tadqiqotning eng umumiy shakli — (eng avvalo fonetikani qamrab oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvchi) etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt. tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikt.da qoʻllanuvchi qiyosiytarixiy metodning asosiy tadqiqot usullari quyidagilardir: 1) tashqi (qiyosiy) rekonstruksiya (tor maʼnodagi qiyosiytarixiy metod) — qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, oʻxshash soʻz va morfemalarni qidirib topish va bobo tildagi izchil tovush oʻzgarishlarining qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash; bobo tilning taxminiyfaraziy modelini yaratish va keyinchalik undan kelib chiqqan avlod tillarning aniq morfemalarini tiklash qoidalarini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash va shu asosda tillarning qarindoshligini belgilash vab.;2)ichki rekonstruksiya — ayrim olingan bir til tizimida ushbu til tarixining ancha ilk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning mavjud boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro munosabatlarni aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi shakllarni oʻzaro taqqoslash; 3) oʻzlashma (rekonstruksiya qilinayotgan tillarga oʻzlashgan yoki shu tillardan boshqa tillarga oʻzlashtirilgan) soʻzlar tahlilidan maʼlumotlar chiqarib olish; 4) toponimika materiallaridan maʼlumotlar chiqarib olish va boshqalar Amalga oshirilgan rekonstruksiyalar til tizimining barcha tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika, qisman sintaksisni qamrab oladi. Biroq ushbu rekonstruksiyalarni tarixan aniq bir bobo til bilan bevosita tenglashtirib boʻlmaydi, ular tarixiy haqiqat boʻlmish bobo til haqidagi mavjud maʼlumotlarni modellashtiradi, xolos; ushbu maʼlumotlar baʼzi obyektiv sabablarga koʻra barcha avlod tillarda yoʻqolib ketgan morfemalar hamda fonemaviy ziddiyatlarni aniq rekonstruksiya qilish imkoniyati yoʻqligidan, muqarrar ravishda toʻliq, mukammal boʻla olmaydi; bir qator rekonstruksiyalar taxminiyfaraziy holatda boʻladi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoslanishidan yosh grammatikachilargacha.
Yosh grammatikachilar.
Yosh grammatikachilardan F. de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asarigacha.
F. de Sossyurning «Kursi» dan hozirgi kungacha.
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy jihatdan hind-evropa tillarini o‘rganish jarayoni bir necha taraqqiyot davrini boshidan kechirdi. Ular quyidagilardan iborat:
Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti. XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz. Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki formadir” degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi, nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi kerak, deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi.