Mavzu;mustaqillik yillarida qoraqalpog’iston respublikasi



Yüklə 93,61 Kb.
səhifə3/4
tarix04.05.2023
ölçüsü93,61 Kb.
#107333
1   2   3   4
mustaqillik yillarida qoraqalpog\'iston respublikasi

Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yul bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Qo‘ng‘irot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduk-Nukus temir yo‘li kurildi. Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat kiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. 1997 yil 1 yanvar holatiga respublikada 263 qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chikarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta etishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht etishtirishda 98,9 foizni, sut va tuhum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun etishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil etdi. Bug‘doy va kartoshka etishtirish 3 marta,


uzum yetishtirish 4 martaga ko‘paydi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda o‘tgan qisqa vaqt mobaynida bir qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. Qoraqalpoq davlat O‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim YUsupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.


Yüklə 93,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin