Tijorat banklari depozitlari dinamikasi (mlrd. so’m) Shu bilan birga, aholi daromadlarining barqaror o’sib borayotganligi, aholiga xizmat ko’rsatishning uslub va mexanizmlarining takomillashishi, omonatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda aholi omonatlari to’liq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi tijorat banklari resurs bazasining muntazam ravishda oshib borishini ta’minlamoqda. Mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining bo’limlari sonini ko’paytirish ishlari davom ettirildi. Ularning faoliyatini takomillashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash orqali bank xizmatlarining sifatini yanada yuksaltirish va ko’lamini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, respublikaning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking bo’yicha xizmatlar ko’rsatilishi borasidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlash; bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada kengaytirish; banklardan tashqarida joylashgan va xavfsizligi ta’minlangan idora va tashkilotlar, yirik supermarket binolarida bank infokiosklari tarmog’ini kengaytirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Banklarda omonatlar hajmining muttasil o’sishini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarida aholi va xo’jalik yurituvchi subektlarining mablag’larini banklardagi depozitlarga joylashtirish bo’yicha shakllantirilgan kafolatlar tizimi, yaratilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni keng targ’ib qilish ishlari davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, hududlarda aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida doimiy ravishda amaliy seminarlar o’tkazish, ularni bank xizmatlari bilan tanishtirish, bank mijozlarining huquqiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va kelib chiqayotgan mavjud muammolarni baholash muhimdir. Respublikamizning har 100 mingta katta yoshli aholisiga yil yakuniga o’rtacha 49,7 ta bank muassasasi xizmat ko’rsatdi, bu esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464 sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan “yuqori” bahoga muvofiq keladi. Bank xizmatlari ichida asosiy o’rinni kredit xizmatlari egallaydi. Biz endi tijorat banklari kredit qo’yilmalari va investitsiya xizmatlarini tahlil qilamiz. Banklarning umumiy kapitali va depozitlar bazasining yanada mustahkamlanishi banklarning ichki manbalar hisobiga kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’sishini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Tijorat banklarining aktivlari dinamikasi (mlrd.so’m)
Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 110 foizga oshib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 166,6 trln. so’mga etdi. Oxirgi yilda bank aktivlarining katta summda oshishiga respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar sabab bo’lgan.
. Bank xizmatlari bozorining xorij tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari
O’zbеkistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat sharoitida mijozlarga ko’rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda jahon banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog’liq holda quyidagi holatlarni ajratib ko’rsatish zarur: xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Yevropa kliring to’lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o’tkazishning zamonaviy shartlariga moslashish darajasiga bog’liq.
mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko’rsatishdagi risklarni boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlanishi, elеktron bank xizmatlarini yaratish uchun Intеrnеtdan foydalanish, invеstitsion bank xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida, aktivlarni boshqarishda, sеkyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank xizmatlarining rivojlanishi uchun banklarning xalqaro krеdit tarixini yaratish muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytib o’tilganlardan kеlib chiqqan holda, mijozlarga bank xizmatlarining yevrodagi namunaviy to’plami taklif qilish mumkin: To’lov xizmatlari:
Yevropa to’lov tizimlari orqali yevroda kliring hisoblari bo’yicha xizmatlar;
boshqa subyеktlar qoldiqlari hisobiga yevro hisobvarag’i likvidligini ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schyotlarni ochish;
mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;
rеal vaqt tartibida yevrodagi hisobvaraqlari bo’yicha hisobotlarni taqdim etish;
intеrnеt orqali yevro hisobvaraqlarini boshqarish.
Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:
yеvroda tuzilgan eksport-import shartnomalarining valyuta-moliya va to’lov shartlari, valyutani nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha maslahatlar;
sindikatlashgan krеditlarni qo’shib hisoblagan holda tijorat bitimlarini yevroda qiska va o’rta krеditlashtirishni tashkil qilish;
valyuta risklarini shartnoma valyuta kursi yoki yevro kursi bo’yicha to’lovlar valyutasiga bog’lash vositasida xеdjirlash;
LIBOR (5.8%) foiz stavkasiga nisbatan yevro zonasida qabul qilingan nisbatan past EONIA (yillik 3.2%) foiz stavkasini hisobga olgan holda yevrodagi qisqa muddatli krеditlarni jalb qilish. Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish va taklif etishning samarali stratеgiyalari markеtingning fundamеntal kontsеpsiyalariga (bank xizmatlar diffеrеntsiatsiyasiga o’z mijozini u taqdim etayotgan xizmatlarning soni va sifati bo’yicha ushbu turdagi muassasalar orasida yagona ekanligiga ishontira olgandagina erishadi) asoslanadi. Odatda, buning uchun kuchli rеklama kompaniyasi talab qilinadi. Rеklama kompaniyasini olib borish jarayonida bank markеtingi boshqaruvchilari mijozlar ongiga bank uchun kеrakli bo’lgan g’oyani va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmat tasavvurini singdirishga harakat qiladilar. Xizmatlar samarali diffеrеnsiatsiyasi bu qimmat mashg’ulotdir. Ushbu rеklama kompaniyasi yordamida tashkil etilgan yangi xizmat haqidagi tasavvur va g’oyani mijozlar anglab yetganliklariga ishonch hosil qilish uchun bank boshqaruvi mijozlarga tеz-tеz xizmat ko’rsatish ishlarini olib borishlari zarur. Global kommunikatsiyalardan, xususan Internetdan moliyaviy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida foydalanilishi – xavfli ish. Bunday loyihalarni ishlab chiqishda qator yangi muammolar kelib chiqadi, masalan, davom ettiruvchi tizimlar kirish imkoniyatlarini yaratish va qanday qilib xavfsizlik masalasini hal 48 etish. Mijoz qayerga murojaat qilmasin, unga o‘sha ma’lumotlar omboriga kirish imkonini yaratish kerak. Zamonaviy hayotda Internet orqali uydagi bank xizmatlari virtual xususiy tarmoq (VXT) deb nomlanuvchi tarmoqlarga tayanadi. VXT yordamida tashkilotlar Internetdan tarmoq sifatida va ko‘rish dasturidan interfeys sifatida foydalanishadi. Bugungi kunda VXT yuqori himoya darajasiga ega, lekin ularning yopiq qarorlarga asoslanganligi tarmoq doirasida bir-biri bilan ishlash imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Web texnologiyasi ma’lumotlar himoyasi uchun unchalik qulay emas. Shu bilan birga himoyalangan muhitda muammo yanada chuqurlashadi. Xizmatlar to‘lovlari ikkinchi usulning muhim sharti ochiq tarmoqlarda elektron o‘tkazmalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek serverlarni noma’lum kirishlardan himoyalashdir. Yaqinda ishlab chiqilgan standartlar, masalan Sun Microsystems kompaniyasining korporativ tarmoqni himoyalash uchun SKIP (Simple Key Management for Internet Protocol), shuningdek Visa va MasterCard kompaniyalarining Internetda to‘lov operatsiyalarini raqamlash uchun SET (Secure Electronic Transactions)Internet orqali mustahkam va xavfsiz to‘lovlarning amalga oshirilishining texnik bazasini ta’minlaydi. Hozir injenerlik yordami guruhi tomonidan Internetda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida IPSec (Internet Protocol Security) standarti taklif etilgan. IPSec bilan birlashish birinchi navbatda brandmauer va TCP/IP steklar tomonidan yetkazalishi kerak. Mijozlarning ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan kirish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Edify firmasi bank operatsiyalarini elektron yuritish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqmoqda. Hozir Edify Electronic Workforce Platform nomli mahsulotini taklif qilmoqda. U moliyaviy tashkilotlarga interfaol ish rejimida yordam berishga mo‘ljallangan. Bunday o‘tishning asosiy muammosi shuki, boshida tashkilotlar Webni faqatgina statistik ma’lumotlarni joylashtirish vositasi sifatida qaraganlaridir. Hozirda ular turli ma’lumotlarni (ko‘pincha turli joylarda saqlanuvchi) yagona tizimga birlashtirishi kerak. Muhimi shuki, moliyaviy institutlar bunday texnologiyalarni joriy qilishga ko‘p mablag‘sarflashni o‘zlariga ep ko‘rmaydi, chunki Web endi paydo bo‘lmoqda va sarflangan mablag‘lar o‘zini qoplashi noma’lum. Ko‘p tahliliy kompaniyalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, onlayn to‘lovlari sonining ko‘payishi hozirgi kunda yetakchi tendensiyalardan biridir. ComScore Networks tahlilchilari 14 yirik Amerika banklaridagi onlayn bankingning minglab foydalanuvchilarini tahlil qilib shunday xulosaga kelishdiki, onlayn to‘lovchilar banklar uchun yaxshi. O‘zlarining banklari orqali onlayn to‘lov amalga oshiruvchi foydalanuvchilar onlayn to‘lovni amalga oshirmaydigan foydalanuvchilarga qaraganda ikki marta ko‘proq bankda mablag‘lariga egalar. Internet- banking va to‘lovlarning internet orqali amalga oshirilishi - onlayn xizmatlarning eng tez o‘sayotgan turlaridan biridir. Biroq internet-banking hech qachon oddiy bankka borishning o‘rnini bosa olmaydi. Hozirda Yevropa va AQSHning ko‘pgina banklari bankomatlar, Internetda vakillar va kun bo‘yi ishlovchi telefon xizmatlariga egaki, ular asosiy moliyaviy operatsiyalarni istalgan payt o‘tkazish imkonini beradi, biroq an’anaviy bank ofislari o‘z obro‘larini yo‘qotmagan. Internet-banking tizimini yaratish jami 60-150 ming AQSH dollariga, yangi bank bo‘linmasini ochish esa 1 mln AQSH dollariga tushishiga qaramasdan o‘sishda davom etmoqda. Buning asosiy sababi inson psixologiyasining texnikaga nisbatan sekin rivojlanishidadir. Cornerstone Advisors marketing firmasi ma’lumotlariga ko‘ra bank mijozi puli turgan muassasaning ishonchliligi va mustahkamligini muntazam tekshirib turishi kerak. Natijada har uchinchi bank mijozi har oy kamida 4-5 marta bankga borib turadi. Datamonitorning oxirgi tadqiqotlari shuni ko‘rsatganki, 2015-yilda Yevropada bankning onlayn mijozlarining soni 184 mlnga yetgan. Buyuk Britaniyadagi va Germaniyadagi bankning internet-bozorlari (NielsenNetratingsning ma’lumotlariga ko‘ra aynan Buyuk Britaniyada banklarda onlayn xizmatlar eng ko‘p rivojlangan) eng katta, Skandinaviya mamlakatlarida esa aholi jon boshiga hisoblaganda ustunlik bor. Yurtimizdagi har bir tijorat banki uchun rivojlangan davlatlardagi banklar amaliyotini o‘rganish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish texnologiyalariga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro munosabatlarga kirishar ekan, har bir bank xorijiy banklar orqali hisob-kitoblar o‘tkazishi va xalqaro standartlarga rioya qilishi talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti globalizatsiyasi sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatish ahamiyati ortib bormoqda, bu holat investitsion, konsultatsion, informatsion xizmatlar, aktivlarni boshqarish kabi xizmat turlari hajmi ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Xizmat ko‘rsatishda turli telekommunikatsion vositalar: telefon, faks, internetdan foydalanilmoqda. Bu esa o‘z navbatida banklar tomonidan informatsion texnologiyalar va personalga ajratayotgan mablag‘lar hajmining ortib borishiga olib kelmoqda. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bank sohasini kompyuterlashtirishga sarflanayotgan mablag‘lar jami bank xarajatlarining 17% ini tashkil etayotgan ekan.