Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/7
tarix18.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#58460
1   2   3   4   5   6   7
geografiya 7

4. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar.
5. O`zbekiston “Qizil kitobi”.
6. O`zbekiston qo`riqxonalari.
O`qituvchi:
O`tilgan mavzular bo`yicha savol - javob o`tkazib oladi.
Turli mintaqalarning ta’rifini aytadi, o`quvchilar esa javobini topishadi. Hatto o`qituvchi ta’rifdagi xatolarni ham ilg`ab olib, hushyorlik bilan tuzatishadi.
O`qituvchi:
O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish haqida gapirishdan oldin tabiat, tabiat komplekslari nima ekanligini esga olishlarini aytadi.
1-o`quvchi: Atrofimizni o`rab turgan borliq, olam tabiatdir.
2-o`quvchi: Tabiat komponetlariga - Quyosh nuri, suv, havo, tuproq o`simlik hayvonot olami va inson kiradi.
O`qituvchi:
O`zbekiston hududi qanday tabiat mintaqalariga ajraladi?
3-o`quvchi: O`zbekiston hududida cho`l, adir va yaylov mintaqalari ajratiladi. Buni O`zbekiston fanlar akademiyasi K. Zokirov tavsiya etgan.
O`qituvchi:
Men bir mintaqaga ta’rif beraman, siz uning nomini topishingiz kerak. Bu mintaqaga okean sathidan 400-500 metrdan to 1000-2000 metrgacha bo`lgan balandlikdagi joylar kiradi. Yozi issiq, uzoq davom etadi.
5-o`quvchi: Adir mintaqasi.
O`qituvchi:
Bu mintaqada asosan bo`z tuproqlar va taqirlar uchraydi, efemer o`simliklar o`sadi.
6-o`quvchi: Chol mintaqasi.
O`qituvchi: Bu mintaqa okean sathidan 1000-2000 metrdan 2700-2800 metrgacha bo`lgan balandlikdagi joylarni o`z ichiga oladi. Balandlikka ko`tarilgan sari havo harorati ko`tarilib yog`in miqdori kamayadi.
7-o`quvchi: Bu tog` mintaqasi, lekin tog` mintaqasida yuqoriga ko`tarilgan sari havo harorati pasayadi, yogin miqdori esa ortadi.
O`qituvchi:
Bilasizki, O`zbekiston tabiiy boyliklarga boy. Qani, tabiiy boyliklar deganda nimani tushunasiz?
8-o`quvchi: Tabiiy boyliklar deganda bu insonning yashashi va xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan hamda uning xilma - hilligi ehtiyojini qondiruvchi yagona manbadir.
9-o`quvchi: To`g`ri, inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar -yer osti boyliklari, suv, havo, osimliklar, hayvonot olami va boshqalar - tabiiy boylik hisoblanadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin