Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


O`qituvchi: Tabiiy boyliklar qanday turlarga bo`linadi? 10-o`quvchi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/7
tarix18.05.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#58460
1   2   3   4   5   6   7
geografiya 7

O`qituvchi:
Tabiiy boyliklar qanday turlarga bo`linadi?
10-o`quvchi: Tabiiy boyliklar ikki turga bo‘linadi: tugaydigan va tugamaydigan boyliklar, tugaydigan boyliklar yana ikki turga bolinadi - tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklar.
11-o`quvchi: Tabiatdan foydalanish uni o`zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o`zaro chambarchas boglangan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash.
12-o`quvchi:
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun 1273-yil Angilya qiroli Eduart I tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu qonunda Londondagi turar joylarda toshko`mirdan foydalanish man etilgan edi.
O`qituvchi:
Eslab ko`ring-a, tabiatni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida nima deyilgan?
13-o`quvchi:
Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida o`z aksini topgan.
14-o`quvchi:
Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, va 100 - moddalarida fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari atrof -muhitga munosabati belgilangan.
15-o`quvchi:
Jumladan, 50 - moddada “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar ”deyiladi.
16-o`quvchi: 100 - moddada atrof – muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta’kidlangan.
O`qituvchi: Tabiatni muhofaza qilish to`grisidagi qonun 1998-yil 9-dekabrda qabul qilingan. Siz yana qanday qonunlarni bilasiz?
17-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasida tabiat muhofazasiga taalluqli qonunlar qabul qilingan. “Suv va suvdan foydalanish to`grisida” 1993-yil, atmosfera havosini muhofaza qilish 1996-yil qabul qilingan.
18-o`quvchi: Ekologik ekspertiza to`grisidagi qonun 2000-yil qabul qilingan.
19-o`quvchi: Jinoyat kodeksida ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, ahloq tuzatish ishlari, qamash va ozodlikdan mahrum qilish choralari berilgan.
20-oquvchi: O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati faoliyat ko`rsatmoqda. “Ekosan” xalqaro jamg‘armasi atrof - muhitni sog`lomlashtirish, sanitariy` sharoitlarini yaxshilash, sog`liqni yaxshilash, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish sohalari faol ish olib bormoqda.
O`qituvchi:
Ekologik ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadryatlardan foydalanish imkoniyati katta. Siz bu haqdagi hikmatli so`zlar, hadislardan namunalar bilasizmi?

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin