Havo musaffo, toza bo`lishi avvalo yashil o`simliklarga, ayniqsa o`rmonlarga bog`liq. Aholining o`simliklarga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`lishi tufayli ular kamayib ketmoqda.
O`qituvchi:
Shu o`rinda O`zbekistonda o`sadigan o`simliklarni eslab olaylik.
O`quvchilar topishmoqlar aytishadi:
Bargi boru guli yoq. U qaysi o`simlik? (Qoraqobiq)
Tegma unga, urug` otar senga. (Xina)
Boshi olovda, oyog`i suvda. U nima? (Yantoq)
O`qituvchi:
O`zbekistonning hayvonot olami ham hilma-xil. Lekin so`nggi yillarda ularning soni va turi kamayib ketmoqda.
Buning oldini olish uchun O`zbekistonda nima ishlar qilingan?
O`quvchilar: O`zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o`simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli “O`zbekiston Qizil kitobi” nashr etilgan.
“Qizil kitob”haqida video lavha ( 4 daqiqa) ko`rsatiladi.
O`qituvchi:
Nima uchun “Qizil kitob” deyiladi?
O`quvchilar: Qizil rang havfli, ta’qiqlovchi va man qiluvchi ramziy ma’noni anglatadi.
“Qizil kitob”ning 2-jildida O‘zbekistonda muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan 400 ta o‘simlik turidan 163 tasi kiritilgan.
O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish maqsadida qo`riqxona, milliy bog‘ va buyurtmalar tashkil etilgan.
Texnika vositasidan foydalanib o`qituvchi “Zarafshon qo`riqxonasi” filmidan lavha qo`yib beradi.
O`quvchilar “O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish” kartasidan 9 ta qo`riqxonani topib ko`rsatishadi.
Dars yakunida yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar “Tabiatni sev” ko‘rgazmali devoriy gazetaga joylashtirilgan qushlar, hashorotlar og‘ziga qistirilgan kartochkalardan olib, undagi savollarga javob berishadi.
Unda O`zbekistonda o`sadigan o`simlik, yashaydigan hayvon nomi harflari o`zgartirilgan bo`ladi. Harflarni joy-joyiga qo`yib, ular nomini topish kerak.
Sayg`oq - o; a; q; s; y; g`.
Qamish - i; sh; m; a; q.
Bo`rsiq - s; o`; r; b; q; i.
Sug`ur - s; r; u; u; g`.
Jiyda - d; y; a; i; j.
Selin - n; s; e; i; l.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar bahosi izohlab e’lon qilinadi.