Mavzusida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/7
tarix06.07.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#135856
  1   2   3   4   5   6   7
Vatan ostonadan boshlanadi KURS ISHI


VATAN OSTONADAN BOSHLANADI” MAVZUSIDA SINFDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI.


MUNDARIJA:

KIRISH


I.BOB.BOSHLANGI’CH SINFLARDA VATANPARVARLIK MILLIY G’URURINI TARBIYALASH.
1.Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalashning mazmun va mohiyati
2. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
II.BOB. “VATAN OSTONADAN BOSHLANADI MAVZUSIDA TARBIYAVIY TADBIR OTKAZISHNING USUI VA SHAKLLARI


1. Tarbiyaviy tadbirlar haqida tushuncha

2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari.

3. Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning senariysi.

II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.

Mavzuning dolzarblligi O’zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o`z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to`g'risida"gi Qonunning qaytadan ko`rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e'tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.
Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ma`lum va maorifni yuksaltirish, yuragida ona-Vatanga muhabbat hissi jo’sh urgan yangi avlodni voyaga yetgazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa pеdagog-tarbiyachilarning pеdagogik mahoratiga boqliqdir. O’zbekiston Rеspublikasida o’qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy saloqiyatiga qamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida ma'suliyat yuklangan.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchilaming darsdan bo`sh vaqtlaridagi o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va kengaytiradi, o`quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga
imkoniyat yaratadi. Shu sababli, keyingi davrda o`quvchilarning darsdan tashqari

vaqtlarini ko`ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo`lishi kerak. Maktabda boshlang`ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo`lga qo`yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo`nalishlari: ---o’quvchilarda Vatan tuyg’usini shakllantirish;


-o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; -ulami milliy istiqlol ruhida tarbiyalash;
-o`quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;
-o`quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o`z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash;
-o`quvchilarda o`z-o`zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda tarbiyaviy tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim. Bu esa sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri tashkil etish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.
Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazish o’quvchi ma’naviyatining shallanishiga xizmat qiluvchi muhim omil bo’lib xizmat qiladi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Yoshlardagi harbiy vatanparvarlikni eng oliy tuyg‘u sifatida o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz alohida qayd etganlar va o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va lashkarboshilar Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar hayoti va faoliyatini o’rganish hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin