2.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish
metodikasi.
O`quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash
masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o`zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko`p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bogiiqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o`quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toidiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot ishlab chiqarishi bilan boo`lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko`p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko`p qirrali ishlarini o`quvchilar tashkilotlari va sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
5. O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada direktor o`rinboosari faolligining uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy.
Bular ko`pincha o`zaro uzviy bog’langan holda namoyon boiadi. Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarinig tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlami ham kiritish mumkin: a)tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
b) tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
c) tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlami rejalashtirish va ulaming mazmunini, shakl va usullarini aniqlash;
d) sinfdan, maktabdan tashqari ishlami rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslami aniqlash.
O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o`z mazmuniga ko`ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. o`quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun ham o`quvchilaming maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo`lsa, ularning munosabatlari doirasi shunchalik keng va ma'naviy o`sishi samarali boiadi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o`quvchilar jamoadagi ishlami o`rganadilar.
Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo`shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo`ysu-nishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
I. Og`zaki ish usullari: majlislar, yio`inlar, ma'ruzalar, kutubxonalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari: turli joylarga sayyohatlar, sport
musobaqalari, tabiatshunoslar to`garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko`rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatlarni ishga solishni taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga boo`liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilar turli qo`Hanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o`rganadilar, o`z-o`zini tekshirish uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko`nikmalarini egallaydilar.
II. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlarini, maktabning joylashgan shart-sharoitlarini, ijodiy birlashmalar, ilmiy markazlar bilan o`zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o`rinbosarining faoliyati o`z ifodasini topadigan hujjatlar ro`yxati Xalq ta'limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsep-siyasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 1993-yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha o`oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`qituvchining yo`naltiruvchi ta'siri ostidagi o`quvchilaraing o`z-o`zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o`tkaziladigan mustaqil masho`ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda taTimning moddiy bazasi: qo`shimcha va ma'lumotnoma adabiyotlari, laboratoriya uskunalari, ko`rgazmali qoTlanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko`zda tutiladi. Ular o`z ichiga quyidagilarni oiadi:
- darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o`zlashtirishni ta'minlovchi;
- tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo`limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma'muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o`qituvchilarning o`quvchilar bilan muomilasi adolatli bo`lishi, kerakli ta'sir ko`rsata olishi kerak.
O`quvchi yoshlami hozirgi zamon ma'naviyati bilan ongini suo`orishi, ya'ni singdirishi kerak. o`quvchilarni qadriyatlarimiz asosida, urf-an'analarimiz asosida tarbiyalash har bir o`qituvchining vazifasidir.
O`quvchi atrofini o`rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o`qituvchilar, maktabning muhiti, o`quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o`rganishi va qabul qilishi lozim. Sinfdan tashqari ishlami to`la qamrab olgan to`garaklar bir necha xilda bo`lishi mumkin:
1. Fan to`garaklari.
2. Mohir qo`llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik.
Bunda asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma'naviy an'analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda bir qator pedagogik talablar qo`yuadi-Maktabdan tashqari ta'lira muassasalarining to`garak qatnashchilari ongida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar rnujassamlashgan bo`lishi kerak. To`garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so`nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o`rin tutadi. To`garak qataashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo`lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi kerak. Maktabdan tashqari ta'lim o`qishlariga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo`sh vaqtlarda o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va quyidagi yo`nalishlar bo`yicha to`garak qatnashchilariga talablar qo`yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.
2. Estetik ta’lim.
3. Sayyohlik yo`nalishi bo`yicha to`garaklarga qatnashish.
4. Ekologik taTim yo`nalishi bo`yicha to`garaklar.
5. o`quvchilarning ma'naviy-axloqiy yo`nalishi bo`yicha.
6. Huquqiy taTim yo`nalishi bo`yicha.
7. Texnik ijodkorlik yo`nalishi bo`yicha.
8. Istiqlol bolalari va iste'dodli yoshlar.
9. Iqtisodiy taTim.
O`quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo`lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhimdir, bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta'sir ko`rsatadi. Ayrim o`quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki O`quvchilarning o`zlari oldilarida turgan vazifalarini va ulami hal etish yo`llarini ancha yaxshi tushunadilar.
Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi
maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
2. O`quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o`z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga boo`liq qilib qo`ygan paytda tobe holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud boiadi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o`quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo boiadi. Bunda o`quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko`pincha sinf rahbarining yordamini so`rab murojaat qiladilar, kuchli o`quvchilarning qo`Uab-quvvatlashidan foydala-nishga intiladilar, agar bunday qoilab-quvvvatlash bo`lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o`quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror boiib qolsa, u o`quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma'naviy rivojlanishiga ham to`sqinlik qilishi mumkin.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o`quvchi-larning bir-biriga
hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o`quvchilarning bir-biriga bo`lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. o`quvchi o`qituvchiga taqlid asosida yoki do`stlari orasida o`rgangan tarbiyasi muomilasiga ta'sir qilishi mumkin. o`qituvchi o`quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o`quvchining o`ziga boigan muomalasini, e'tiborini o`rganishi kerak.
O`quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o`qituvchi talabiga ham
javob berishi lozim. o`qituvchi talablariga quyidagilar kiradi:
A) darslarga toiiq qatnashish;
B)o`quv qurollari bilan ta'minlanganligi; C)o`qituvchini diqqat bilan eshitish; D)topshiriqlami o`z vaqtida bajarish; E)tashkiliy ishlarga faol qatnashish;
F)sinf intizomiga rioya qilish;
G)tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o`quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo`lishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi, aks holda o`quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo`ladi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faolligini yo`qqa chiqaradi.
•Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o`quvchilarning xatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solibqo`yilganligi xususida e'tirozlar bildirilmoqda. Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo`yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo`ysungan joylarda ana shunday holat mavjud. Xu bo`ladi. Shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o`quvchilaming mustaqilligini rivojlantirish to’g’risida o`amxo`r-lik qiladigan o`qituvchi, sinf rahbari
o`quvchilarga ta'sir ko`rsatish vositalarini puxta o`ylab tanlaydilar, ulaming
ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o`quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday
qurilishi kerakki, u o`quvchilarni charchatib qo`ymasin, doim bir xil tusda bo`lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-o`ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo`lmasin.
Direktor o`rinbosari o`quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo`lgan holda ish tutib, muntazam o`z ustida ishlab, sabr-bardoshli boiib, o`z fikrlarini puxta bayon qilib, o`zgalarni o`ziga jalb qila oladigan xislatlarni o`ziga mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini,
Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o`quvchi-yoshlar orasida taro`ib eta olishi, xalq pedagogikasi an'analarini, o`zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlarini, allomalar o`gitlarini yaxshi bilishlari lozim. Shuninhgdek, u:
- mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o`z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
- radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so`nggi yangiliklardan boxabar bo`lishi hamda ularning mohiyatini o`quvchilarga etkaza olishi;
- sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o`tkaza bilishi;
- tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o`tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi;
- maktabda o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib borishi;
Muntazam ravishda o`z malakasini oshirib turishi, o`z sohasi bo`yicha o`tkaziladigan seminarlarda ishtirok etishi lozim. Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy
adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda
muhokama qilish asosida o`tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarni o`zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to’g’ri baho berishga o`rgatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchilaming darsdan bo`sh vaqtlaridagi o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va kengaytiradi, o`quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi. Shu sababli keyingi davrda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko`ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlaraing hajmi, asosiy yo`nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichida o`quvchilaming psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni
taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo`lishi kerak.
Maktabda bashlano`ich sinflarda tarbiyaviy ishlami olib borish, uni yo`lga qo`yish
sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Tarbiyaviy ishning asosiy yo`nalishlari: o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ulami milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o`quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o`quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o`z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o`quvchilarda o`z-o`zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |