Mavzusida tayyorlagan bajardi: G. Quldasheva qabul qildi: A. Maxmudov



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə5/7
tarix19.04.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#100542
1   2   3   4   5   6   7
GULAFZO MUSTAQIL TALIM MADANIYAT

Qiziqchilik. Qiziqchilik teatri, asosan Qo‘qon xonligi hududida (ayniqsa, Farg‘ona vodiysi va Toshkentda) rasm bo‘lgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), to‘da boshlig‘i va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan.
XIX asrda qiziqchilarning truppalari (masalan, Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi truppalar) faoliyat ko‘rsatgan. Bidiyorshum truppasi XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida Qo‘qonda ijod qilgan.8 Uning repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat bo‘lgan. XIX asr ikkinchi yarmida Zokirjon qiziq to‘dasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan bo‘lib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan.
Davriy matbuot. O‘zbekiston hududida matbuotning paydo bo‘lish jarayoni XIX - asrning 70-yillariga to‘g‘ri keldi. Mustamlakachilar mintaqada yashovchi yerli xalqlarga o‘zlarining siyosatlarini targ‘ib va tashviq etish maqsadida 1870-yilda Toshkentda “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti”ni tashkil etgan. Markaziy Osiyoda davriy matbuot shu tariqa paydo bo‘ldi. Mazkur gazetalarning har ikkisi ham 1917-yilgacha chop ettirilgani bois, Turkiston matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatgan davriy nashrlar sanaladi.
“Turkiston viloyatining gazeti” o‘zbek publitsistikasining shakllanishiga yo‘l ochdi. Zokirjon Furqat, Sattorxon Abdug‘afforov, Is’hoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa ko‘plab ziyolilarning bu gazeta bilan ijodiy hamkorligi natijasida Turkiston o‘lkasida jaholatga qarshi kurash, ommani, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalashga intilish harakatining kuchayishini ta’minladi. Boshqacha aytganda, mazkur nashr ma’rifatparvarlarning fikr va so‘z aytishi uchun ilk minbar vazifasini o‘tadi.
XIX asrning 90-yillariga kelib Turkistonda matbuot sohasida o‘ziga xos yangilanish jarayonlari kuzatildi. Rus tilidagi dastlabki xususiy gazetalar nashr qilina boshlandi. Dastlab Samarqandda, keyinroq Toshkentda nashr etilgan “Okraina” (1890–1907), Toshkentda chiqqan “Russkiy Turkestan” (1898–1907) gazetalari shular jumlasidandir.
Aynan shu davrda “Sredneaziatskiy vestnik” (1896), “Turkestanskiy skorpion” (1907, hajviy), “Srednyaya Aziya” (1910–11), “Turkestanskiy karakurt” (1911, hajviy) jurnallari Turkiston jurnalchiligining ilk namunalari edi. O‘zbek tilida esa, “Oyna” (1913–15), “Al-isloh” (1915) kabi jurnallar hamda “Al-izoh” (1917) va boshqa almanaxlar ham o‘lkaning tarixini, o‘sha kezdagi ahvolini o‘rganishga, o‘quvchilarning madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashdi.
Chorizm mahalliy xalqlar ongi va bilim saviyasining yuksalishidan manfaatdor bo‘lmagan. Shu bois hukmron siyosat milliy ongning yuksalishiga xizmat qiladigan vositalarning, jumladan, milliy tildagi davriy nashrlarning yuzaga kelishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymadi. 1906 yilga qadar butun o‘lkada yagona “Turkiston viloyatining gazeti”dan bo‘lak mahalliy tilda bironta gazeta nashr qilinmagani ham buning isbotidir.
Turkiston jadidlarining yetakchi namoyandalari: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar demokratik yo‘nalishdagi o‘zbek matbuotini shakllantirishga katta hissa qo‘shdilar. Jadidlar milliy davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishda mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr qilingan gazetalarning, xususan, ma’rifatchi Ismoilbek Gaspirali muharrirligida chiqqan “Tarjumon” gezetasining ish tajribasiga tayandilar.
O‘zbekistonda chinakam milliy matbuotning yuzaga kelishi 1906-yil 27-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan jadidlarning “Taraqqiy” gazetasi bilan bog‘liq. Uning sahifalarida podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh qiluvchi maqola, xabarlar bosilgan. Gazeta materiallaridagi tanqidiy ruh mustamlakachi ma’murlarga yoqmagan. 19 soni chiqqach, gazeta yopib qo‘yilgan. Gazetaning ilk soni chiqqan 27-iyun 1993-yildan buyon mamlakatimizda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.9
“Sadoi Turkiston” (Toshkent, 1914-1915), “Samarqand” (1913), “Sadoi Farg‘ona” (1914) gazetalari hamda “Oyna” (Samarqand, 1913-1915) jurnallarini saviyasi, omma ongiga ta’siri jihatidan o‘zbek matbuoti tarixidagi eng ibratli nashrlardan deb hisoblash mumkin.
1917-yil Rossiyadagi fevral inqilobi Turkistondagi ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, matbuot rivojiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Milliy birlik harakatini avj oldirishga, o‘zbek xalqining istiqlolga erishish yo‘lidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga 1917-yilda tashkil etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulug‘ Turkiston”, “Hurriyat” (Samarqand), “El bayrog‘i” (Qo‘qon) gazetalari va “Yurt” (Qo‘qon), “Chayon” jurnallari o‘ziga xos hissa qo‘shdi.




  1. Yüklə 187,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin