Mavzusida tayyorlagan bajardi: G. Quldasheva qabul qildi: A. Maxmudov



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə4/7
tarix19.04.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#100542
1   2   3   4   5   6   7
GULAFZO MUSTAQIL TALIM MADANIYAT

Tasviriy san’at. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston o‘lkasi adabiy hayotida qalamtasvir va ayniqsa rangtasvir san’ati yetakchimavqeni egallab, bu san’at turlarida rus ijodkorlari peshqadam bo‘ldilar. Bulardan V.Vereshchagin, N.Karazin, V.Veleje, O.Fedchenko va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. V.Vereshchagin “Turkiston” asarlari turkumini yaratdi, unda rus quroli, rus shuhrati ko‘klarga ko‘tarildi, jang manzaralari, mahalliy xalq vakillarini jazolash mavzui yetakchilik qildi.6 S.Yudin manzara janrida san’at muxlislari orasida shuhrat qozongan edi. U 1889–1923-yillarda Turkiston o‘lkasi badiiy maktabida ustozlik qildi.
An’anaviy tasviriy san’at Samarqand, Buxoro, Qo‘qon naqqosh –musavvirlari (Abdulhaq Maxdum, A.Donish, S.Siddiqiy va b.) ijodida ko‘rinadi. Uy-joylardagi (maskovchi boylarning) devoriy rasmlari orasiga daryolarda suzib yurgan paroxod, temir yo‘l, hayvonlar tasviri kabi yangi tasviriy ko‘rinishlar kiritila boshlandi. Bu esa, azaliy an’analarning o‘zgarishiga olib keladi.
Musiqa san’ati. An’anaviy qo‘shiqchilik san’ati. Ma’lumki, o‘tmishda mahalliy hukmdorlar musiqa san’ati ahliga homiylik qilib kelgan.
Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng, bu an’analar yo‘qqa chiqarildi. Mahalliy xalq orasidagi milliy musiqa san’atiga bo‘lgan azaliy qiziqish yevropacha musiqa janrlari, ijrochiligi va ta’lim tizimini astoydil singdirish yo‘li bilan poymol qilindi. Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand kabi yirik shaharlarda rus imperatori musiqa jamiyati bo‘limlari, uning tarkibida esa, “Lira” xor jamiyati (1898), Musiqa va drama (1907), Simfonik va kamer musiqa (1908), Vokal musiqa (1914) singari yevropacha musiqa shaxobchalari keng faoliyat boshladi.
Mahalliy sharoitda atoqli xonanda, bastakor, sozandalar atrofida muayyan “ustoz-shogird” tizimidagi maktablargina mahalliy an’analarni davom ettirib keldi. Xususan, Buxoroda – “Shashmaqom” ijrochilik maktabi Ota Jalol (1845–1928), Ota G‘iyos (1859–1927) va Levi Boboxon (1873–1926)lar, Samarqandda – maqomchilik va bastakorlik Xoji Abdulaziz (1852–1936), Xorazmda – maqomchilik Pahlavon Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy, 1825–1897), Farg‘onada-sozandalik Rustam Mehtor (1860-1933), katta ashulachilik Erkaqori (1877–1954), Toshkentda – maqomchilik va ashullachilik To‘ychi Hofiz (1868-1943) singari ustozlar atrofida taraqqiy topdi.
Mustamlaka sharoiti bo‘lishiga qaramasdan, Turkiston o‘lkasida an’anaviy qo‘shiqchilik san’ati taraqqiy eta bordi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar o‘sha davrning og‘ir kunlarini,ezilgan mehnatkash xalq ommasining orzu-umidlarini ifodalaganligi bilan harakterlanadi.
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi murakkab iqtisodiy, siyosiy vaziyatga qaramasdan, o‘zbek san’atkorlarining nomi boshqa davlatlarga ham tarqalgan. Masalan, samarqandlik mashhur hofiz Xoji Abdulaziz Rasulov Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Iroq va Yunoniston mamlakatlarida o‘z san’atini namoyish qilgan. Toshkentlik Mulla To‘ychi Toshmuhammedovning ovozini Yorkent, G‘ulja, Chuguchak ahli sevib tinglagan. To‘ychi hofizning 25 ga yaqin qo‘shig‘i Riga «Grammofon» jamiyati tomonidan 1905 yilda yozib olinib, tarqatilgan.
An’anaviy o‘zbek qo‘shiqchilik madaniyatining rivojlanishida Hamza Hakimzoda Niyoziyning alohida o‘rni bor. U o‘z she’rlarini xalq kuylariga solib, tanish ashula yoki qo‘shiqlar ohangiga mo‘ljallab yozilishini ta’minladi va bu bilan ushbu asarlar tezroq xalq orasida yoyildi.
Teatr. Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston o‘lkasiga o‘z g‘oyaviy-estetik xususiyatlari bilan mahalliy an’anaviy teatrdan keskin farq qiluvchi rus, keyinroq tatar va ozarbayjon teatr to‘dalari kirib kela boshladi. O‘zbek madaniyatining ilg‘or namoyandalari (Furqat, Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy va b.) mahalliy aholini ulardan o‘rganishga chaqirdilar. Shu tarzda milliy teatr yaratish harakati yuzaga keldi, unga jadidlar bosh bo‘ldi. 1914-yil Samarqandda Behbudiy boshchiligida tashkil etilgan birinchi o‘zbek havaskorlik teatr guruhi uning “Padarkush” dramasini sahnalashtirdi. O‘sha yil Toshkentda Abdulla Avloniy tuzgan teatr guruhi ham “Padarkush” bilan ochildi. Tadqiqotchilarning ma’lumotiga qaraganda, “Padarkush” pesasidan keyin 1917-yilgacha o‘zbek dramalarining soni 40 taga yetgan.7

Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin