29
Shu
bois
tarkibiy
o‘zgarishlarni
ta’minlash
islohotlarni
chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish
butun milliy
iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida
rivoj topadi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina
rivojlantirish mumkin. Shuning uchun yirik tarmoqlarga investitsiyalarni
davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar boshqalarga nisbatan jadal
o‘sib boradi. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham
o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
neft-gaz sohasining
rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati
tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu nafaqat energiya
manbalarini eksport qilish imkonini beradi,
balki turli kimyoviy
xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga
imkon yaratadi.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport
salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr
boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida
rivojlanadi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish
qoidasi amal qiladi, chunki
iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.
Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisob-
kitoblar asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
1)
Rivojlanish istiqbollari;
2)
Faoliyat samaradorligi;
3)
Investitsion xatarlar.
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi,
ilmiy-texnik
taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet
tizimi, davlatning
investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati
holati ta’sir qiladi.
Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni
moddiy ishlab
chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan
to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta’minlaydi.
Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga
mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi.
Jumladan, foiz
stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: