101
Inflatsion targetlash muvaffaqiyatli qo‘llanilgan davlatlar sifatida
Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya,
Avstraliya va Ispaniyani ko‘rsatish mumkin.
Shunisi xarakterliki, mazkur mamlakatlarda inflatsiyaning maqsadli
ko‘rsatkichi turlicha ifodalandi. Avstraliya, Finlandiya va Shvetsiyada
Markaziy bank inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning
qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e’lon qildi.
Kanada va Yangi Zelandiyada inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi
Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab
chiqildi. Ammo shuni e’tirof etish joizki, inflatsiyaning maqsadli
ko‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanishning
mumkinligi biror-bir Markaziy bankning Nizomida o‘z aksini topmagan.
Shu sababli, bu masalani huquqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi
markaziy banklar faoliyatining bosh maqsadi orqali izohlanadi, ya’ni
inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi orqali uni jilovlash Markaziy
bankning bosh maqsadiga – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va
jamiyatda baholar barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.
Qisqасhа хulоsаlаr
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri
chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin.
Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish
sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli
iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini
narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar
Dostları ilə paylaş: