T a ya n ch i b o r a l a r i :R.R.S – bosh miyada organik jarohatlar deyarli bo’lmagan holda bola shaxsiyatida hissiyo, iroda sohalarida turli kamchiliklar yuz beradi.
Infantilizm – ornagizщmning o’sishdan to’xtab qolishi.
Asteniya – darmonsizlik, turli sababalarga ko’ra ruhiy
jihatdan zaif bo’lib qolish.
Ommaviy maktab oldida ta’lim - tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o’sishini ta’minlashdek muhim vazifa turadi.Bu murakkab vazifani bajara borib, ba’zan ayrim bolalarning o’qishda qiynalishlari kuzatiladi.Bu qiyinchiliklar bolalarning ruhiy rivojlanishiga borishdagi kamchiliklar oqibatida tug’iladi.Bu kamchiliklar maktabda bolaning o’zlashtirmasligiga olib keladi.
Nuqsonli bolalar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchraydi.Bu bolalarda hyech qanday organik jarohatlar bo’lmaydi. Umumta’lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo’lgan bolalarning ko’pchiligi o’qiydilar va ushbu maktab dasturini o’zlashtirishga qiynaladilar.
Ruhiy rivojlanishining susayishi haqidagi ma’lumotlar asosan XX asrning 2 chi yarimidan keyin ko’zga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ruhiy rivojlanish susayishi vaqtinchalik holat deb tasavvur qilingan.
O’zlashtirmaslikni aqliy zaiflik bilan o’xshatmoq, chalkash-tirish qo’pol xatoliklarga olib keladi.O’zlashtirmaslikning ko’pincha aqli zaiflikning yengil darajalariga, zaif eshituvchilarga o’xshatib yuboriladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari xar xil bo’ladi:
onaning xomiladorlik davridagi toksikozlari;
bolaning chala tug’ilishi, asfiksiya;
onaning yurak tomir kasalliklari;
bolaning yurak kasalliklari, tug’ma parok;
O’zlashtirmaslikning eng tarqalgan sababi, bolaning maktab ta’limiga tayyor emasligi;
bolada o’quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligi;
- bolalar talabalariga buysunishga o’rganmaganlar, boshlagan ishlarini ohiriga yetkazishni, topshiriqni bajarganda diqqat qilishni bilmaydilar.
Umumta’lim maktablaridagi barcha o’zlashtirmovchi o’quvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin.
A) umumta’lim maktablarida qoldiriladigan yoki uzoq bo’lmagan muddatga sog’lomlashtirish muassasalariga yuborilib, maktabga qaytariladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
B) nuqson harakteriga ko’ra tegishli maxsus maktablarga yuboriladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
a) umumta’lim maktablarida qoliriladigan o’zlashtirmovchi bolalar;
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish faoliyati, tafakkuri, idrok, diqqat, ish qobiliyati, markaziy nerv ssistemasining kasalliklari, o’qituvchining pedagogik malakasin pastligi, oiladagi majarolar, noto’g’ri tarbiya natijasida bir qdar zarar yetgan bo’ladi. Doimo o’zlashtira olmaslik tufayli bu bolalar xulq – atvorida turli, salbiy xislatlar yuzaga keladi.
N.P.Vayzman va boshqa olimlar tekshirishi shuni ko’rsatdiki, ruhiy rivojlanishi sust bolalar o’zlashtirish jihatidan sog’lom va debel (aqli zaif) bolalar o’rtasidagi oraliq o’rnida turadi. Normal bola topshiriqni to’g’ri tushunib, kerakli tartibda bajargan bo’lsa, debel bolalar vazifani bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sust bolalar esa, vazifani qisman tushunib, qisman bajaradilar.
Pedagogik nazardan qolgan bolaning maktabgacha tarbiya davridayoq, oiladagi tarbiyaning yomon sharoitlaridan kelib chiqishi yoki maktabdagi tajribasiz o’qituvchining qoloq bolani e’tiborsiz qoldirishidan, yoki bolaning maktabga muntazzam ravishda qatnashmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin.Bunday o’quvchilar tegishli pedagogik yordamdan so’ng o’zlashtirivuchi o’quvchilar safiga qushilishi mumkin. Agar bu bolalarga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa, ular borgan sari o’z tegdoshlaridan orqada qoladilar, ta’limdagi muvaffaqiyatsizliklar bolalarda o’qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi va ularda doimiy ravishda maktabdagi xulq qoidalirini buzib boradilar.
Ulgurmovchi o’quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati– intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi,ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o’rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari va pedagogik qarovsizlik, oilaviy mojaro, noto’g’ri tarbiya qo’shilishi natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi.Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo’lib hisoblanadi.
T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Yegorova, K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, Ђ.B.Shoumarov, N.A.Sipina, R.D.Triger va boshqa olimlarning ma’lumotlariga ko’ra boshlang’ich sinf o’quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday bolalar tashkil e
shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog’lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1- 2 yosh kichik ko’rinadi. U o’zini bog’cha yoshidagilarga o’xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali “yetilmagan” bo’ladi.Bunday bola o’quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o’qishga qiziqish yo’q, ish qobiliyati past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o’qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o’zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og’rib turishi konstitusion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab bo’ladi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining xomiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo’lishi mumkin.
Ilk yoshda xar xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o’sib-unmay qolishi mumkin , bu esa o’z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug’ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o’sib-unmagan, go’dak taxlit bo’lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o’xshash holatlardan o’z kuchiga ishonmaslik, qo’rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto’g’ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o’tkazgan bo’ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3 guruhga bo’lish mumkin:
Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug’ullanmaslik, uni butunlay o’z holiga tashlab qo’yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati,his-tuyg’u va iroda yetishmasligi ustiga o’quv fanlarini o’zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo’shiladi.
Bolani har tomonlama erkalatish,yetarli mustaqil faoliyatga o’rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat xissini shakllantirmaslik bolani «oila erkasi» qilib o’stirish,haddan tashqari uning ko’ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar orqada qolishi mumkin.
Bolaga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lish, jismoniy jazolash, qattiq qo’llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovvuzkorona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo’ladi. Bunday bolalarda qo’pollik, jur’atsizlik,tashabbussizlik, mustaqilsizlik,qo’rqoqlik va boshqa hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aqil-idrok bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto’g’ri tarbiya natijasida paydo bo’lgan hislatlar ham qo’shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik hislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo’lib, ular noto’g’ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o’quvchilar qatoriga o’tib qoladilar. Xolbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda shaxsiyatning har tomonlama noto’g’ri rivojlanishi markaziy nerv sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan bogliq.
(5-ilova)
Dostları ilə paylaş: |