Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə88/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
6. texnologik

Taqrizchilar

1.Topshiriqni yangilik bilan to‘ldirganligiga (0,5)
2. Topshiriqning afzallik va kamchilik tomonlarini aniq ko‘rsatganiga (1,5)













Jami:
















Munozara ishtirokchilari

1.Savollar:
- hajmi (0,1 har bir savol uchun);
- mazmuni va mohiyati bo‘yicha (0,3)
2. Qo‘shimcha kiritganiga (1,0)













Jami:















3-ilova (4.1)



Мashg‘ulot ishtirokchilari uchun belgilangan reglament:
Talaba – 5 daqiqa
Takrizchi –3 daqiqa
Talabalar tomonidan savollarga javob berish – 3 daqiqa
Takrizchilar tomonidan savollarga javob berish -3 daqiqa
Muhokama va munozara uchun – 3 daqiqa



4-ilova (4.1)

Nazorat savollari:

1.Harakat-tayanch azolari jarohatlangan bolalar deganda nimani tushunasiz?


2.Logopediya qanday fan?
3. Logopediya fanining vazifalari nimalardan iborat?
4.Logopediya qaysi fanlar bilan bog‘liq?
5.Logopediya fanining metodologik asosini nimalar tashkil etadi?
6.Logopediya fanining prinsiplari.
7.“Nutq nuqsonlari” tushunchasini tariflab bering.
8.Kelib chiqish sabablariga ko‘ra nutq nuqsonlarining qaysi xillari mavjud?


MUJASSAM NUQSONLI BOLALAR,ULARNING TA'RIFI

Dunyodagi 500 million aholining 10 foizi nogironlardir. Shular jumlasiga mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Mujassam nuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda ko’zatiladi., Ular kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi deb ham nomlanadi. Onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, nogironlikni oldini olish, ekologik muvozanatni yanada barqarorlashtirish yo’zasidan mamlakatimizda mustaqilligimizning birinchi kunidanoq muayyan amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikada kasal bolalar tug'ilishi ko'rsatkichi 1000 aholiga nisbatan 1991 yildagi 34, 5 dan 2000 yildag 21, 4 ga kamaydi. Demak hali ham bu borada ko'pgina ishlar olib borilishi lozim. Ayollar, ayniqsa, qizlar orasida uchraydigan chekish, spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar is'temol qilish, shifokor maslahatisiz dori-darmon qabul qilinishi, ekologik muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug'ilishiga sabab bo'layotgani va uning oldini olish borasida ko'proq balog'at yoshidagi yigit-qizlar orasida tushuntirish ishlari keng tarzda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.Olimlar tomonidan aniqlangan 400 dan ortiq dori-darmonlar homila rivojlanishiga (dastlabki 1-2 oylar) salbiy ta'sir etar ekan.


Mujassam nuqsonli maxsus yordamga muhtoj toifasiga kar-ko'r-soqov bolalar, kar va aqlan zaif, ko'r va oligofren, harakat tayanch a'zolari jarohatlangan va ko'r yoki aqlan zaif va h.k. kiradilar.
Oxirgi yillarda ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar soni ancha kamaydi.Oftalmologik yutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarini ko'llanishi, ko'rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus maktab o'quvchilarining kontingenti sezilarli darajada o'zgardi. Ko'r bolalar nisbatan kamaydi, ammo zaif ko'ruvchi bolalar soni ko'paydi. Ularning orasida maktab dasturini o'zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol ko'rina boshlandi. Kompleks , ya'ni har tomonlama tekshirish, o'rganish natijasida ularning ko'rish qobiliyatini bo’zilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi aniqlandi. Zaif ko'ruvchi va aqli zaif bo'lgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash ancha murakkab va o'ziga xosdir. Odatda zaif ko'ruvchilardan ayrimlari va ko'r bolalar «Brayl» sistemasi bo'yicha o'qish va yozishni o'rganadilar. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim natijasida ko'r bolalar nuqta-relefli shriftni tez o'rganib oladilar. Aqli zaif ko'rlarda bu jarayon ancha sekin kechadi, uncha samarali bo'lmaydi. Bunga bir necha sabablar mavjud. Markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif ko'r bolaning kompensator imkoniyatlari sustlashgan bo'ladi.Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish analizatorlari kompensator faoliyatni bajara boshlaydilar. Aqli zaif o'quvchilarning tafakkur, tasavvur, nutqi, fikrlash qobiliyatini o'stirishda yordamchi maktabda ko'rgazmali qurollardan keng foydalaniladi.Ko'rlar maktabida bu borada ko'proq nutq, so'zga, maxsus tiflografik ko'rgazmali kurollarga asoslangan holda ish tashkil etilsa, aqli zaif ko'r bolalar bilan boshqacha ishlarni uyushtirish lozim bo'ladi. Ikkala holatda ham birinchi navbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. Aqli zaif bolalarning esa bilish faoliyati turg'un bo’zilgan bo'ladi. Aqlan va ko'rish qobiliyati zaif bolalarning ta'lim-tarbiyasiga maxsus yondoshgan holda, maxsus yaratilgan tizim asosida o'qitish va tarbiyalash lozim.
Mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati va aqli zaif bolalar birinchi bo'lib o'rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik ko’zatilib boriladi. Natijada intelekti sog'lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa ilk yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobiliyati zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bo'yicha ta'lim oladilar. Yordamchi sinflar ko'rlar va zaif ko'ruvchi bolalar maktab-internatlarda ham mavjud.
Mujassam nuqsonli bolalar toifasiga ko'r-kar-soqov bolalar xam kiradi. Bu toifadagi bolalar nuqsoni ancha murakkab. Kar-ko'r-soqov bolalar tevarak atrofdan informasiya olish imkoniyatidan mahrum bo'lganligi tufayli aqlan rivojlanmaydi. Biroq maxsus tashkil etilgan yordam tufayli bu bolalar tuliq intellektual rivojlanish imkoniyatiga egadirlar. Ularga barcha murakkab muloqot turlari yaratiladi, nutqi o'stiriladi va ular barkamol nutqdan tortib to so'z nutqigacha egallay oladilar. Bu esa ularni o'rta maktab dasturini egallab, xatto oliy o'quv yurtlarini muvaffaqiyatli bitirishga imkon beradi. Bunga Olga Ivanovna Skoroxodovaning hayoti va ijodini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kar-ko'r-soqov qizchani mashhur defektolog Sokolyanskiy I.A. o'zi rahbarlik qilgan maktab-klinikada o'qitib, tarbiyalagan. Oliy o'quv yurtini tugatib, O.Skoroxodova butun hayotini defektologiyaga bag'ishladi. U Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti dosenti, pedagogika fanlari nomzodi, ko'pgina ilmiy maqola, she'rlar to'plami muallifi. Ayniqsa u yaratgan noyob kitoblar «Kak ya vosprinimayu okrujayuiy mir»(1947), «Kak ya vosprinimayu i predstavlyayu okrujayuiy mir»(1956), «Kak ya vosprinimayu, predstavlyayu i i ponimayu okrujayuiy mir»(1972) ko'pgina tillarga tarjima qilindi. Moskva viloyatining Zagors shahrida kar-ko'r-soqov bolalar bilan olib boriladigan ishlar tizimi takomillashtirildi. Ushbu maktab-internat o'z faoliyatini davom ettirmoqda va ko'pgina kar-ko'r-soqov bolalarga mustaqil hayotda o'z o'rnini topib ketishga yordam bermoqda.
Defektologiya fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so'z, padeo – tarbiyalash, o'rgatish degan ma'noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo'lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o'rganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta'lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug'ullanadi.
Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o'rganish mavzusi hisoblanadi.
Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, o'smirlar hamda kattalar logopediyasi, maktab yoshdagi bolalar logopediyasi kiradi.
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Turli hil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini o'rganish.
Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o'rganish, darajasini aniqlash.
Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta'sirini o'rganish.
Eshitish, ko'rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, etishmovchiliklarni o'rganish, aniqlash.
Nutq kamchiliklarini aniqlash yo'llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash…tizimga keltirish.
Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.
Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistik fanlar, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlar bilan bog'liq, shular asosida rivojlanadi.
Logopediya defektologiya fani kabi, nerv sistemasining to’zilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta'sirni aniqlab bo'lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani to'g'ri tarbiyalash, unga bilim berish yo'llari va usullarini to'g'ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar to'g'ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o'xshash boshqa anomaliyalardan ajratish, anomal bolalarni tegishli muassasalarga to'g'ri saralash imkonini beradi.
Logoped o'z oldiga qo'ygan maqsad – vazifani hal etishda tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko'radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo'lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so'z, so'z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og'zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun hizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug'at va stilistikani, orfografiya va punktuasiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o'qiy olish va to'g'ri so'zlay olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o'zi imloni yaxshi bilmay turib, o'quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og'zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so'z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi bo'lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar yo'lini yoritadi ham.
Logopediya maxsus pedagogika – defektologiya fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o'qituvchilari kabi, ta'lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo'llay olishi kerak.
Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o'z kuchiga ishontirishi, mashg'ulotlarga havasini uyg'ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning dikqatini to'la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo'llarini (mashq, ko'rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik o'yin kabi vositalarni) qo'llanishi o'qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini ko'rib, ko’zatib, mushohada yo'li bilan o'zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o'zlashtirib boradilar.
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning in'ikosi so'z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida namoyon bo'ladi. Inson o'zi ko'rgan va ta'sirlangan buyum yoki voqealarni so'z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko'rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladi. Har qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam o'rnashib qolishida nutq etakchi vosita hisoblaadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bog'lash jarayonida tafakkur kuragi bo'lib xizmat qiladi.Shu bilan birga aloqa jarayonida nutq – ifodalash, biror narsani bildirish,anglatish va ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo bo'ladi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Og'ir nutqiy kamchiligi bo'lgan bolalarda intellektual kamchiliklar bo'lishi,yo’zaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar ko’zatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o'rganib nutq kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo'lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qolgan bo'lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg'un bo’zulishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo'lsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog'chasiga yuborish talab etiladi.
Ma'lumki, nutq murakkab funksional sistemani o'z ichiga oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlari bilan mahkam bog'langan. R.YE.Levina va shogirdlari L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma'lumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo'lib: fonetiko-fonematik, leksik va grammatik nutqqa ajratib o'rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil. Nutqida kamchiligi bo'lmagan va kamchiligi bo'lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik qismi tovushlar talaffo’zi, ovoz, nutq ma'romi, sur'ati, rovonligidan, shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug'at boyligi va grammatik qurilishini o'z ichiga oladi. Nutq sistemasida leksik qism etakchi o'rinni egallaydi. Bola nutqida so'zlar soni kam, ya'ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo'lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma'lum kamchiliklar yo’zaga keladi, butun nutq sistemasida etishmovchiliklar ko’zatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlarni noto'g'ri talaffo’z etish tufayli so'zlar leksikaning o'zgarishi, nutqning grammatik to’zumiga ta'sir etadi. Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo'llari, usullarni to'g'ri belgilashga yordam beradi.
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har tomonlama ta'sir ko'rsatishini ko'zlab ta'lim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham medisina metodlarini ishlatishdir.
Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo'lini, uning rivojlanishini tahlil qilishni ko'zda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday o'zgarishlar natijasi ekanligini ko'rsatish – asosiy vazifadir.
Nutqdagi asosiy funksiyalarning bo’zilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta'sir ko'rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og'ir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Masalan, ayrim so'zlarning noto'g'ri talaffo’z etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qo'yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab qo'yadi, u gapirganda o'z fikrini to'la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og'ir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirsh va boshqalar) maktab dasturini o'zlashtirishga, keyinchalik, kasb tanlashga, ba'zan, umuman o'qishga to'sqinlik qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, ba'zilarida intellektual etishmovchiliklar yo’zaga kelishiga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazarda, nutqdagi kamchiliklarni boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog'langan holda o'rganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur.
Nutq kamchiliklari ko'p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning birgalashib ta'sir o'tkazishi natijasida paydo bo'ladi. Logopedik ishning samarodorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, turlarini to'g'ri aniqlashga bog'liqdir. Bu o'rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarni ahamiyati katta.
Nutq kamchiliklarini o'rganish, aniqlash, ularni bartaraf etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlarni hisobga olish, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirish, ta'limning o'quvchilarga xos bo'lishi, ta'lim va tarbiyaning birligi prinsipiga amal qilish, onglilik, aktivlik va mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin