2.1.Birinchi topshiruvchiga so‘z beradi. Material mazmunining mantiqan bog‘liqligini, bayon etish usuli va talabalar munosabatini kuzatadi. Talabalar tomonidan savol berishni taklif qiladi. Savollar beradi, dokladning asosiy mohiyatini aniqlashtiradi.
2.2.Taqrizchilarga so‘z beradi va talabalarga savollar berishni taklif qiladi. Asta-sekin o‘quv mashg‘ulotini munozara shakliga o‘tkazgan holda, doklad mazmunini jamoaviy muhokama qilishni taklif qiladi.
2.3.Mavzu mazmunining talabalarga qay darajada tushunarliligini (dokladchilarga berilayotgan savollar mazmuni va savollarga berilayotgag javoblardan kelib chiqib) baholaydi.
Talabalarga «munozara ishtirokchisi uchun eslatma»ni eslatadi va munozara boshlanishini e’lon qiladi (4-ilova). Bildirilayotgan fikrlarga nisbatan demokratik yondashish va faollik, qiziquvchanlikni namoyish qiladi. Ishonchli muloqot tonini qo‘llaydi.
2.4.Qisqacha umumlashtirib hisobotga yakun yasaydi. Bajarilgan vazifaning asosiy mohiyatini, munozara, muhokama natijalarini qayd qiladi.
2.5. Keyingi dokladlarni ham shu yo‘sinda muhokama qiladilar.
Tayyorlangan topshiriq bo‘yicha so‘zga chiqadi, tayyorlagan ko‘rgazma-li materiallar asosi
da taqdimot qiladi, berilgan savollarga javob beradi.
Taqrizchi uz fikrini bildiradi, savollar beradi. Jamoa bo‘lib doklad mazmunini muhokama, munozara qiladilar.
Munozara qiladilar.
III. Yakuniy bosqich (10 minut)
3.1.Amaliy mashg‘ulot natijalari yuzasidan xulosa qiladi, mavzuga yakun yasaydi:
- mavzu bo‘yicha yakuniy xulosani shakllantiradi;
- Talabalar tayyorgarligini munozara, muhokama jarayonidagi faolligini baholaydi va baholarni e’lon qiladi;
- ma’ruza-seminar mashg‘uloti natijalariga umumiy baho beradi.
3.2. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) nazorat savollariga og‘zaki javob berish (5-ilova); (2) egallangan bilim va tushunchalar asosida BBB jadvalini to‘ldirish (6-ilova).