Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə80/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
6. texnologik

Taqrizchilar

1.Topshiriqni yangilik bilan to‘ldirganligiga (0,5)
2. Topshiriqning afzallik va kamchilik tomonlarini aniq ko‘rsatganiga (1,5)













Jami:
















Munozara ishtirokchilari

1.Savollar:
- hajmi (0,1 har bir savol uchun);
- mazmuni va mohiyati bo‘yicha (0,3)
2. Qo‘shimcha kiritganiga (1,0)













Jami:















3-ilova (4.1)



Мashg‘ulot ishtirokchilari uchun belgilangan reglament:
Talaba – 5 daqiqa
Takrizchi –3 daqiqa
Talabalar tomonidan savollarga javob berish – 3 daqiqa
Takrizchilar tomonidan savollarga javob berish -3 daqiqa
Muhokama va munozara uchun – 3 daqiqa



4-ilova (4.1)



Nazorat savollari:

1.Harakat-tayanch azolari jarohatlangan bolalar deganda nimani tushunasiz?


2.Logopediya qanday fan?
3.Logopediya fanining vazifalari nimalardan iborat?
4.Logopediya qaysi fanlar bilan bog‘liq?
5.Logopediya fanining metodologik asosini nimalar tashkil etadi?
6.Logopediya fanining prinsiplari.
7.“Nutq nuqsonlari” tushunchasini tariflab bering.
8.Kelib chiqish sabablariga ko‘ra nutq nuqsonlarining qaysi xillari mavjud?


(4-ilova)


Mavzu: Serebral falaj bo’lgan bolalar
Reja:

  1. Serebral falaj kasalligi haqida tushuncha.

  2. Serebral falaj kasalligini davolash.

Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo’lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug’ilish vaqtidagi patologik o’zgarishlar, tug’ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi.Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’ladi. Aniq maqsadni ko’zlab bajarilgan ixtiyoriy xarakatlar inson xatti-harakati, xissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o’ynaydi.


Kasallikning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida xar xil namoyon bo’ladi.Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi kasallik qo’l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda ayniqsa oyoq qo’lga nisbatan ko’proq jarohatlangan bo’ladi.Qo’l oyoqlarnin erkin harakatini chegaralanishi yoki butunlay xarakatsizlanishi mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kechadi. Bola qo’llarini tepaga ko’tarishga qiynaladi yoki umuman ko’tara olmaydi, oldinga, chetga uzata olmaydi, oyoqlarni bukolmaydi, yozolmaydi.Har qanday harakat sodir bo’lishi uchun mushak tonusi normal bo’lishi shart. Bolalar serebral falajida mushak tonusi juda baland bo’ladi, natijada bola o’ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo’llar tanaga yopishganday bo’ladi; qo’l barmoklari bukilib, mushtlar hosil qiladi. Shartsiz majburiy xarakat giperkinezlar shartli harakatlarni bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga olib keladi.Muvozanat harakatning buzilishi o’tirish, turish, yurishni qiyinlashtiradi yoki butunlay bajara olmaydigan holatga olib keladi.Kinesteziya – tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir.Kinesteziya maxsus sezuvchi to’qimalar – proprioreseptorlar orqali sodir bo’ladi.Bu to’qimalar mushak, pay, bo’g’imlarda joylashgan bo’ladi.Ular oliy nerv sistemasiga tana, qo’l, oyoqlarning xolati haqida, mushaklarning qiskarishi haqida ma’lumot beradi.
(5-ilova)
«O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. O‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o‘ylab chiqish, so‘ng qisqa javoblar yozish tartibida.

2. Talabalar juftliklarga bo‘linib, bir - biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.

3. O‘qituvchi bir necha juftliklarga o‘ttiz sekund davomida auditoriyaga o‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin