Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari


Anomal bolalarning turli xil toifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə10/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
6. texnologik

Anomal bolalarning turli xil toifalari



Ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.





Eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar (tug'ilishdan kar, zaif eshituvchi bolalar'', keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar);





harakat-tayanch a'zolarida kamchiliklari bulgan bolalar;





Ko’rish qobiliyati zaif (kur, zaif ko'ruvchi bolalar);





Ko’r-kar-soqov bolalar;



oligofren (debil, imbesil, idiot bolalar);



og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;



Anomal bolalar soglom tengdoshlari orasida inklyo’ziv ta'limda yoki maxsus ta'lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta'sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo'lishi mumkin.Masalan, bolaning faqat chap qulog'i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir etmaydigan, u umumiy maktab sog'lom tengdoshlari katori o’zlashtiradigan bulsa, u anomal bolalar toifasiga kirmaydi.Katta yoshdagi kishilarda ma'lum sabablarga ko'ra paydo bo'lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta'sir etmasa, bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas.


Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarning jismoniy ruhiy rivojlanishida ko’zatiladigan og'ir, keskin o'zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya'ni ular maxsus bog'cha va maktablarda, maxsus dastur va darsliklar asosida o'qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular maxsus yordamga muhtoj.
Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o'zgarishlarga aloqador bo'lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, notug'ri tarbiya, ta'lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, uqituvchining bolaga noto'g'ri munosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta'sir kursatib, uning dastur materiallarini yaxshi o’zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo'shilib qolishiga sabab buladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funksional patologik o'zgarishlarga bog'liq bulmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Tarbiyachi va uqituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo'lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko'ra har qanday anomal rivojlanish tug'ma yoki turmushda orttirilgan bo'lishi mumkin.
Tug'ma anomaliyalar ko'p jihatdan xomilador onaning sog'lig'i va yashash sharoitiga bog'liq. Ona qornidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikasiya, shikastlanish va boshqa omillar ta'sir etishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og'rishi, o'zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste'mol qilishi bolaning anomal bo'lib tug'ilishiga sabab bo'lishi |mumkin.
Tug'ma anomaliyalar genetik, ya'ni irsiy omillar ta'siriga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan eshitish, ko'rish analizatori faoliyatining bo’zilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o'tishi ham ko’zatiladi (Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo'lib tug'ilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug'ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta'sir etishi natijasida vujudga keladi. To'g'ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug'ruq yo'llaridan uzoq o'tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o'ralib, bo'g'ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar,ba'zan uning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning juda yoshligida turli kasalliklar bilan og'rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yo’zasidan .ko'pgina choralar ko'rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi.O'zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda medisina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o'lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida anomal bo'lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikasiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal bo'lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.

logopediya

Oligofrenopedagogika





DEFEKTOLOGIYA





Tiflopedagogika

Surdoopedagogika





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin