Maxsus fanlarkafedrasi defektologiya asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə57/88
tarix25.02.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#85508
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
6. texnologik

Tayanch so’z va iboralar: Logopediya, nerv sistemasi, Nutq kamchili, Eshitish, ko’rish, intellektual va boshqa kamchiliklar, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistik fanlar, psixolingvistika

Defektologiya fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so’z, padeo – tarbiyalash, o’rgatish degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo’lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o’rganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug’ullanadi.


Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni.Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o’rganish mavzusi hisoblanadi.Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, o’smirlar hamda kattalar logopediyasi, maktab yoshdagi bolalar logopediyasi kiradi.
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Turli hil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini o’rganish.

  2. Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o’rganish, darajasini aniqlash.

  3. Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o’rganish.

  4. Eshitish, ko’rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo’lgan anomal bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklarni o’rganish, aniqlash.

  5. Nutq kamchiliklarini aniqlash yo’llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.

  6. Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash…tizimga keltirish.

  7. Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.

  8. Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistik fanlar, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlar bilan bog’liq, shular asosida rivojlanadi.
Logopediya defektologiya fani kabi, nerv sistemasining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan.Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirni aniqlab bo’lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani to’g’ri tarbiyalash, unga bilim berish yo’llari va usullarini to’g’ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar to’g’ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o’xshash boshqa anomaliyalardan ajratish, anomal bolalarni tegishli muassasalarga to’g’ri saralash imkonini beradi.
Logoped o’z oldiga qo’ygan maqsad – vazifani hal etishda tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko’radi.
Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo’lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so’z, so’z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun hizmat qiladi. O’ar bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug’at va stilistikani, orfografiya va punktuasiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o’qiy olish va to’g’ri so’zlay olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o’zi imloni yaxshi bilmay turib, o’quvchilarga hyech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og’zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so’z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi bo’lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar yo’lini yoritadi ham.
Logopediya maxsus pedagogika – defektologiya fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o’qituvchilari kabi, ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo’llay olishi kerak. Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak.Bolalarni o’z kuchiga ishontirishi, mashg’ulotlarga havasini uyg’ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning dikqatini to’la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo’llarini (mashq, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik o’yin kabi vositalarni) qo’llanishi o’qitish samaradorligini yanada oshiradi.Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini ko’rib, kuzatib, mushohada yo’li bilan o’zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o’zlashtirib boradilar.
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning in’ikosi so’z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida namoyon bo’ladi. Inson o’zi ko’rgan va ta’sirlangan buyum yoki voqyealarni so’z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko’rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladi. O’ar qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam o’rnashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblaadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bog’lash jarayonida tafakkur kuragi bo’lib xizmat qiladi.Shu bilan birga aloqa jarayonida nutq – ifodalash, biror narsani bildirish,anglatish va ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo bo’ladi.Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi.
Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Og’ir nutqiy kamchiligi bo’lgan bolalarda intellektual kamchiliklar bo’lishi,yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o’rganib nutq kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo’lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qolgan bo’lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog’chasiga yuborilishi kerak.Bilish faoliyatining turg’un buzulishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo’lsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog’chasiga yuborish talab etiladi.
Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani o’z ichiga oluvchi jarayondir.Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlari bilan mahkam bog’langan. R.Ye.Levina va shogirdlari L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo’lib: fonetiko-fonematik, leksik va grammatik nutqqa ajratib o’rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil. Nutqida kamchiligi bo’lmagan va kamchiligi bo’lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq ma’romi, sur’ati, rovonligidan, shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug’at boyligi va grammatik qurilishini o’z ichiga oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o’rinni egallaydi.Bola nutqida so’zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo’lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma’lum kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlarni noto’g’ri talaffuz etish tufayli so’zlar leksikaning o’zgarishi, nutqning grammatik tuzumiga ta’sir etadi. Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo’llari, usullarni to’g’ri belgilashga yordam beradi.
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har tomonlama ta’sir ko’rsatishini ko’zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham medisina metodlarini ishlatishdir.
(5-ilova)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin