Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 18,62 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü18,62 Kb.
#118531
Mutaxassislik fanlari bloki va ularga qo’yiladigan asosiy talablar


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Farg’ona politexnika instituti
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti

Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5230900 mutaxassisligi
M 19-22 BH guruhi magistranti Teshabayev Dilmurodning

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fanidan



Mustaqil ishi


Farg’ona – 2023y
Mavzu: Mutaxassislik fanlari bloki va ularga qo’yiladigan asosiy talablar
Reja:

  1. Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fanlar bloki fanlarining dasturlari

  2. Bakalavriat o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar.

  3. Magistratura ta’limi o‘quv rejasining o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar

Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fanlar bloki fanlarining dasturlari uchun shu narsa xoski, talabalar bilimlarni ancha ongli va puxta o’zlashtirishi, ularning bilish faoliyatini faollashtirish hamda texnik tafakkurini rivojlantarish maqsadida bu dasturlarda anchagina hisoblash ishlari, texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab chiqarish mashqlari, tajriba-amaliy ishlar, mustaqil ishlar, ma’lumotnoma adabiyotidan foydalanib mustaqil bajariladigan ishlar, shuningdek, o’quv ishining olingan bilimlarning hammasini amalda tadbiq qila bilishni talab etadigan boshqa shakllari ko’zda tutilgan. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar, hisoblash ishlari va mashqlar ruknini aniqlashda quyidagi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi: mashina, jihoz, agregat va qurilmalarining konstruktsiyasani o’rganish; texnologik jarayonlardagi fizikaviy va kimyoviy hodisalar mohiyatini hamda ularning qonuniyatlarni o’rganish; nuqsonlarni tashxislash va aniqlash, mashina, jihoz va agregatlarni asboblar vositasida tekshirish hamda rostlash usullarini o’rganish; ish rejimlarini hisoblash, texnik xizmat ko’rsatish, yig’ish, ta’mirlash, sozlashga doir texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab chiqish ko’nikmalarini hal qilishni nazarda tutadi.
Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
 umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to‘ldirishi va rivojlantirishi; milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi;
 ta’limning tarix, falsafa, xalq an’analari, urf-odatlari bilan uzviy birligini, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi;
 insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi;
 ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashi;
 umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;
 koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarning o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;
 muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim. Umumkasbiy fanlar bloki:
 matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi;
 maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
 modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim. Ixtisoslik fanlari bloki:
 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi;
 tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi;
 talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim. Qo‘shimcha fanlar bloki:
 talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda chuqur bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi;
 ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori kon’yunkturasi tez o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlashi lozim. Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi. Magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur:
umummetodologik fanlar;
 mutaxassislik fanlari;
 ilmiy faoliyat. O‘quv rejalar va fanlar dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Talabalarning o‘quv rejalar va fanlar dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi zarur. Magistratura mutaxassisliklari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. Magistratura ta’limi o‘quv rejasining o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar. Umummetodologik fanlar bloki:
 milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi;
 insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi;
 ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo‘yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi;
 ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo‘yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;
 amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini o‘zlashtirishni ta’minlashi; Mutaxassislik fanlari bloki:
 muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi;
 mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va ko‘nikmalarni ta’minlashi kerak. Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiytadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. Ilmiy-tadqiqot ishlari:
 mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi;
 axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiytadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishi;
talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishi lozim. Ilmiy-pedagogik ishlar:
 zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi;
 o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish uquvi va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. Stajirovka ilmiy tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Stajirovka:
 ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
 iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
 amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
 kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim. Bunda stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasi o‘quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarishi ko‘zda tutiladi. Magistraturada o‘qishning me’yoriy muddati 2 yil bo‘lganda o‘quv jarayoni 100 haftani tashkil etishi zarur. O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanishi zarur:
 nazariy ta’lim – 25-30%;
 attestatsiya – 4-7%;
 ta’tillar – 13-16%;
 ilmiy faoliyat – 50-55%. Ilmiy faoliyat magistratura talabasining yakka tartibdagi kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
 ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash – 70-75%;
 ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti – 25-30%. Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi:
 umummetodologik fanlar – 30-35%;
 mutaxassislik fanlari – 40-50%;
 tanlov fanlari – 13-30%.
Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti(stajirovka)ni o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. O’quv rejalarini tuzishda fanlarni o’rganishning quyidagi uch usuli hisobga olinadi: 63 parallel o’rganish - barcha fanlar bir vaqtda o’rganiladi; bu usul pedagogika jihatidan hamma vaqt ham to’g’ri bo’lavermaydi, chunki fanlararo mazmunli bog’lanishlar o’rgatish imkoniyatini cheklab qo’yadi; asosan, bir yillik o’quv rejalari tuzishda qo’llaniladi; ketma-ket o’rganish - o’zaro bog’langan fanlar ketma-ket o’rganiladi; bu usul fanlararo bog’lanish uchun eng yaxshi sharoit yaratadi; o’qitish muddati uzoq (3-4 yil) bo’lganda o’quv fanlari soni cheklangan o’quv rejalarida qo’llaniladi; aralash o’rganish - fanlar o’quv rejasiga ham parallel, ham ketma-ket kiritiladi; bu usul o’qish muddati 2-3 yil bo’lgan o’quv rejalari tuzishda eng ko’p tarqalgan. Fanlararo bog’lanishlarni ta’minlash uchun umumkasbiy va asosiy umumta’lim fanlari, odatda, o’qitishning birinchi bosqichida o’rganiladi, bu davrda ishlab chiqarish ta’limiga va maxsus fanlarni o’rganishga ajratiladigan vaqt bir oz qisqartiriladi.
Yüklə 18,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin