31
Nazorat savollari:
1.
Ta‘lim tizimini isloh qilish zaruriyatining sabablarini aytib bera
olasizmi?
2.
Uzluksiz ta‘lim tizimi deganda nimani tushunasiz?
3.
Oliy ta‘lim va umumiy o‗rta ta‘limdan qaysi jihatlari bilan
farqlanadi?
4.
O‗qitishning o‗quv-uslubiy ta‘minoti deganda nimani tushunasiz?
2.2. Maxsus fanlarni o„qitishning texnik va dasturiy ta‟minoti
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xil turlari: an‘anaviy (matn, jadvallar, bezaklar
va boshqalar), original (nutq, musiqa,
videofilmlardan parchalar,
telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda
integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‗yxatdan o‗tkazish va
aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar,
optik
kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera,
elektron
musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida
bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o‗z tabiatiga ko‗ra statik bo‗lgan matn va
grafikadan
farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning
ma‘lum oralig‗ida ko‗rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez
harakatchanligi, ma‘lumotlarni uzatish shinasining o‗tkazish qobiliyati,
operativ(tezkor)
va video-xotira, katta sig‗imli tashqi xotira (ommaviy
xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‗yicha almashuvi
tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
"Inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda
muloqot jarayonida foydalanuvchi
ancha keng va har tomonlama
axborotlarni oladiki, mazkur holat ta‘lim, ishlash yoki dam olish
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
32
Multimedia vositalari asosida o„quvchilarga
ta‘lim berish va
kadrlarni qayta tayyorlashni yo‗lga qo‗yish hozirgi kunning dolzarb
masalalaridandir.
Dostları ilə paylaş: