Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
23887 (1)

Nazorat savollari: 
 
1.
Davlat ta‘lim standartlari deganda nimani tushunasiz? 
2.
Ularni ishlab chiqish zaruriyati nimada? 
3.
Davlat ta‘lim standartlarining maqsadi va vazifalarini aytib 
bering. 
4.
O‗quv jarayonini tashkil etishda tayanch o‗quv rejalari 
qanday rol o‗ynaydi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


26 
II – BOB.
 
MAXSUS FANLARNI O„QITISHNING O„QUV 
METODIK TA‟MINOTINI YARATISH VA TA‟LIM 
JARAYONIGA TADBIQ ETISH 
 
2.1. Maxsus fanlarni o„qitishning o„quv-uslubiy ta‟minoti 
 
Fan texnika taraqqiyotining ilg‗or natijalarini qo‗llash, ishlab 
chiqarishni 
intensivlashtirish, 
yuqori 
samarali 
texnika 
texnologiyalardan 
foydalanish 
mehnat 
omiliga 
yangi 
talablar 
qo‗yilmoqda. Hozirgi kunda uning miqdor va sifat jihatlari o‗rtasidagi 
nisbat keskin o‗zgarib bormoqda. 
Barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, xalqaro mehnat taqsimotida 
munosib o‗rin egallash, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini 
ta‘minlash muammolari ko‗p jihatdan ishchining bilimi, malakasiga 
bog‗liq bo‗lib qolmoqda. 
1998 yili YuNESKO tashkilotchiligida «XXI asrda oliy ta‘lim: 
yondashuvlar va amaliy tadbirlar» degan mavzuda o‘tkazilgan jahon 
anjumani deklaratsiyasi yangi asrda oliy ta‘limga bo‗lgan talab misli 
ko‗rilmagan darajada o‗sib borishi, ya‘ni yosh avlod yangi bilim, g‗oya 
va ko‗nikmalarni egallashi, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotda 
uni hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini kengroq anglashga 
intilishining kuchayishi ta‘kidlagan edi. 
Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, XXI asr ta‘lim olishning o‗ziga 
xos davri bo‘lishi kutilmoqda, chunki endilikda ta‘lim axborotlar oqimi 
kuchaygan sharoitda amalga oshiriladi. Bu jarayondan albatta kasbiy 
ta‘lim ham chetda qolmaydi. 
Dasturda 
ta‘kidlanganidek, 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimining 
demokratik o‗zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq 
emasligi, o‗quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi yetarli 
emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli 
o‗quvuslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarining kamligi, 
ta‘lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‗rtasida puxta o‗zaro hamkorlik va 
o‗zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi va boshqalar kadrlar 
tayyorlashdagi muhim kamchiliklar edi. Mamlakatimizda ta‘lim tizimida 
qator kamchiliklar mavjud bo‗lib, u o‗z navbatida zamon talablariga mos 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to‘sqinlik qila boshladi. Ular 


27 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining kamchiliklar va muammolar 
qismida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Ta‘limni mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy 
o‗zgarishlarni, jahondagi ilg‗or tajribani hisobga olgan holda tashkil 
etish zarurati vujudga keldi. Bundan tashqari ilmiy muassasalar, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy institutlarni kadrlar tayyorlash jarayoniga yetarli 
darajada qo‗shilmagani ham mamlakatimizda kadrlar tayyorlashni 
zamon talabiga javob bermasligiga olib keldi. 
Mutaxassis kadrlarni tayyorlash inson salohiyatini yuzaga chiqarish 
ularni har jihatdan bilimdonlik bilan o‗qitish jarayonini tashkil etishga 
bog‗liq. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin