Uchinchi bosqichda mundarija ishlab chiqiladi, ya‘ni ma‘lumotlar
hajmi bo‗yicha minimal, mazmuniga ko‘ra tugallangan modullardan
iborat bo‘limlarga ajratiladi.
To‘rtinchi bosqichda mundarija, indeks va modullar strukturasiga
mos holda manbalardagi matnlar qayta ishlanadi; ro‘yxatga kirmagan
matnlar olib tashlanadi, manbalarda yo‘qlari esa yoziladi; kontekst
yordam tizimi (Help) ishlab chiqiladi; modullar orasidagi bog‗lanishlar
va boshqa gipermatnli bog‗lanishlar o‘rnatiladi; Shu tarzda gipermatn
loyihasi kompyuterda amalga oshirish uchun tayyorlanadi.
Beshinchi bosqichda gipermatn elektron shaklda amalga oshiriladi.
Natijada o‗quv maqsadlarida foydalanish mumkin bo‗lgan oddiy
elektron nashr yaratiladi.
Oltinchi bosqichda har bir muayyan holatda kompyuterga qanday
matematik amallar yuklatilishi va kompyuter beradigan javob qanday
shaklda bo‘lishi aniqlanadi; intellektual yadro loyihalanadi va amalga
oshiriladi; matematik masalalarni yechishda intellektual yadrodan
foydalanish bo‗yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Natijada talaba va
o‘qituvchilar uchun muhim va kerakli bo‗lgan elektron o‗quv uslubiy
majmua yaratiladi. Intellektual yadroni shunday yaratish kerakki uni
quvvatli kompyuter paketlari masalan Derive, Reduse, Maple, Matlab va
h.k. larga almashtirish mumkin bo‘lsin. Shu tarzda elektron o‗quv
uslubiy majmua multimedia vositalari yordamida takomillashtirishga
tayyor holga keladi.
Yettinchi bosqichda alohida tushuncha va tasdiqlarni tushuntirish
usullari
o‗zgartiriladi
va
multimedia
ma‘lumotlari
bilan
almashtiriladigan matnlar tanlab olinadi.
Sakkizinchi bosqichda ekranni matnli ma‘lumotlardan xolos qilish va
o‘rganilayotgan ma‘lumotlarni tushunish hamda eslab qolishni
yengillashtirish maqsadida ovozli ma‘lumotlar uchun matnlar ishlab
chiqiladi.