Nazorat savollari:
1.
Multimedia vositalari nimadan iborat?
2.
Elektron kitob so‗zini ta‘riflab bering?
3.
Multimedia amaliy dasturlari nimadan iborat?
4.
Interaktiv texnologiyalarga nima kiradi?
5.
Multimedia va electron kitoblarning bir-biridan farqi nimada?
2.3. Elektron o„quv-metodik majmualar va ularni yaratish
O‗quv-metodik majmuani o‗qitishning turli xil didaktik vositalari
majmuasi sifatida qarash mumkin. Bunday vositalarga bosma o‗quv
qo‗llanmalar, o‗qitishning texnik vositalari, o‘rgatuvchi dasturlar va
telekommunikatsiya vositalarini kiritish mumkin.
38
Birinchi bosqichda
tanlab olingan manbalar quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
o‗quv dasturiga to‘la mos kelishi;
gipermatnlarni yaratish uchun qisqa va qulay bo‘lishi kerak;
ko‗p sondagi namunalar va masalalarga ega bo‘lishi kerak;
qulay formatda bo‘lishi kerak;
Ikkinchi bosqichda
olingan manbalar to‘plamidan sifat va narxlari
bo‗yicha optimal nisbatga ega bo‗lganlari tanlab olinadi.
Elektron o„quv-metodik majmualar yaratish
bosqichlari quyidagilar:
1. Manbalarni tanlash;
2. Mualliflar bilan manbalarni qayta ishlash uchun
shartnoma imzolash;
3. Mundarija va tushunchalar ro‘yxatini (indekslar)
ishlab chiqish;
4. Moduldagi matnlarni bo‘limlar bo‗yicha qayta
ishlash va Yordam (Help) tizimini yaratish;
5. Gipermatnlarni elektron shaklda amalga oshirish;
6. Texnik talablarni ishlab chiqish;
7. Multimedia uchun ma‘lumotlarni tanlash;
8. Ovozli hamohanglikni ishlab chiqish.
9. Ovozli hamohanglikni amalga oshirish
10.Visuallashtirish uchun ma‘lumotlarni tayyolash
|