49
2.4. Maxsus fanlar bo„yicha o„quv mashg„ulotlarini tashkil qilish:
talabalarni faollashtirish uchun o„qitish shakl, usul va vositalari
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi — ta‘lim sohasini
tubdan
isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak
ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar
tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko‗z bilan
qaraydigan, ishning ko‗zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to‗g‗ri xulosa
chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini
quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi
kadrlar tayyorlashni eng
muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim. Bu
vazifani amalga oshirishda ta‘lim muassasalarida o‗quv jarayonini
tashkil etish, fanlarni o‗qitishda o‗quv-uslubiy majmua va uning o‗quv
jarayonini tashkil etishda qo‗llash muhim rol o‗ynaydi. Biz eng avvalo,
kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasavvur qilishimiz kerak. Bu
maqsad davlat ta‘lim standartlarida o‗z aksini topadi. Standart (inglizcha
«Standard»—norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qa‗tiy
belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko‗rinishdir.
Standart keng ma'noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‗lgan
ob‘ektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir.
Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan
ma'lum me-zonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli
organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar
moddiy shaklda mahsulot
etaloni, namuna sifatida bo‗lishi yoki turli normativ, qonun-qoida,
talablar tarzida bo‗lishi mumkin. Standartlarni qo‗llashdan maqsad,
mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta'minlash. Ta‘lim tizimida kadrlar
tayyorlashning davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad
tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo‗lishini
ta'miniashdir. Bu standartlarda ta‘lim dargohini bitirib chiqayotgan
talabalar
qanday bilim, malaka va ko‗nikmalarga ega bo‗lishi, ularning
qo‗lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‗yiladi.
Ta‘limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta‘limni isloh
qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri.
Davlat ta‘lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar
amalga oshirilishini nazarda tutadi:
ta‘limning yuksak sifatini ta'minlash hamda mamlakatda amalga
oshirilayotgan chuqur farmasevtika va ijtimoiy islohotlar asosida
50
rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi
kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;
mamlakatning ijtimoiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan
kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
ta‘limning
demokratlashuviga
insonparvarlashuviga,
ijtimoiyligiga ko‗ra, ta‘lim oluvchilarning huquqiy, farmasevtika
bilimlari darajasini,
shuningdek, ta‘lim jarayoni samaradorligini
oshirish;
sifatli ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish, ta‘lim va kadrlar tayyorlash
sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta‘lim faoliyati mezonlari va
tartibini baholash;
ta‘lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va
uzluksizligini ta'minlash, ta‘limning barcha turlari va kurslarida o‗quv -
tarbiya jarayonini maqbullashtirish;
mehnat va ta‘lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni
ta'minlash. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat ta‘lim
standartlarining vazifalari belgilandi, ular:
ta‘lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga ko‗rsitiladigan ta‘lim
xizmatlariga nisbatan qo‗yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta‘limga va uning keyingi natijalariga, ta‘lim
oluvchilarning
bilim va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va
tartibotiga, shuningdek, ta‘lim faoliyati ustidan nazorat qilishga nisbatan
qo‗yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me'yoriy bazani yaratish;
xalqning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar
asosida ta‘lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining samarali
shakllari va usullarini joriy etish;
ta‘limning barcha turlari mazmunini hamda olib boriladigan
ta‘lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‗zaro bog‗liqligini
uzluksiz
ta‘lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta'minlash;
pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta'minlanishiga,
ta‘lim darajasini nazorat qilishga, ta‘lim muassasalarida ta‘lim
oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me'yorlar va
talablarni belgilash;
51
ta‘lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis
qismini,
ta‘lim muassasalarining attestatsiyadan o‗tkazish va
akkreditatsiya qilishni joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‘lim, fan va
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
milliy standartlar talabi bilan ta‘lim sifati va kadrlar
tayyorlashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: