Ruhan sust rivojlangan bolalar maxsus yordamga muhtoj, ular maxsus muassasalarda yoki differentsial ta’limga jalb etilishi kerak.
Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabab – oqibat xususiyatlari endogen xususiyatlarga ega. Aqli zaiflikning mohiyatini nuqsonining moddiy asosi bilan bog’liq bo’lib, bosh miyaning organik buzilishini ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, aqli zaiflikning moddiy sifati kasallangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik sabab – oqibati natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Bosh miya kasalliklarini kelib chiqishiga ko’ra endogen va ekzogen sabablarga bo’lishimiz mumkin. Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologo – pedagogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablarni qisqacha quyidagicha tarzda ifodalashimiz mumkin.