Maxsus (korreksion) pedagogika


Ko’rish nuqsonlari bor bolalar



Yüklə 409,57 Kb.
səhifə4/8
tarix05.02.2022
ölçüsü409,57 Kb.
#52137
1   2   3   4   5   6   7   8
Husenova Dilnoza ppt

Ko’rish nuqsonlari bor bolalar

Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalar ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar guruhlariga bo’linadi. Ko’r bolalarning ko’rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko’rlik) yoki korrektsiya qo’llanilganda (ko’zoynak tutilganda) ham ko’rish o’tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko’r bo’ladi. Zaif ko’ruvchi bolalarda ko’rish o’tkirligi 0,05 dan to 0,04 gacha bo’lishi mumkin. Ushbu gurhdagi bolalar tevarak – atrofni ko’rish analizatori orqali idrok etadi.

Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo’lishi mumkin.

Og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar

Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga og’ir nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar ham kiritiladi. Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yoridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. Nutq nuqsoni o’z – o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan sari yanada mustahkamlanib, zo’rayib boradi. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo’ladi. Og’ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga balki, umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatali.


Yüklə 409,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin