Tadqiqotning maqsadi. Maxsus mashqlardan foydalangan holda sportchi-qizlarning texnik va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning samaradorligini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot usullari va tashkil etilishi: Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili, anketa so‘rovnomasi, pedagogik kuzatuv, pedagogik testlash, pulsometriya, instrumental uslub, pedagogik tajriba va matematik statistika usullari.
Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish: Bugungi kunga qadar yuqori malakali sportchilarni o‘qitish bo‘yicha bilim va tajriba shuni ko‘rsatadiki, sport turidan qat’iy nazar, maxsus tayyorgarlikka kirishishdan oldin, bu ish bilan shug‘ullanuvchilar avvalo dastlabki yoki umumiy boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish sifatlarini kurashchilarning musobaqa faoliyati xususiyatlari tomonidan quyiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan.
Sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash gilamida o‘tkaziladi va harakat malakalari tarkibidagi eng muhim harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida mumkin bo‘lgan turli murakkabliklarni jalb qilgan holda musobaqa mashqlari qo‘llaniladi.
Kurashchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan kuchni rivojlantiruvchi mashqlar tahlilida ko‘rsatilishicha, ular ko‘p hollarda harakat vazifalarining murakkabligi, tez va aniq bajarilishi bilan zamonaviy o‘yin talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Yuqori malakali kurashchilarning bir yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari rejasida tezkorlikni o‘stirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlardan foydalanishning bosqichma-bosqich aniq ishlab chiqilgan tartibiga amal qilish lozim.
Kuchni rivojlantirish uchun yillik tayyorgarlik umumtayyorgarlik davrida sportning boshqa turlarida qo‘llaniladigan elementlaridan moslarini sportchining jismoniy sifatlarini va imkoniyatlarini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kurash texnikasi usullardan (usullarni qo‘llash) asosida amalga oshiriladigan usullar – bu maqsadga yo‘naltirilgan hujum harakatlari bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki qismdan iborat. Birinchi qism – usul qo‘llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar yuqoridan, pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan va boshqalarga ushlab olishlarga bo‘linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga bog‘liq.
Kurashchi qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar ishlarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, so`nggi vaqtlarda sport sohasidagi mutaxassislarning diqqat-e`tibori jismoniy tayyorgarlikning eng samarali vosita va uslublarini tanlash hamda o`rganishga qaratilgan. Bunday vosita va uslublar talaba sportchi organizmining funksional tizimlariga yuqori talablar qo`yadi, bu tizimlarning imkoniyati aynan musobaqa faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beradi.
Sportchilarning mashg’ulot yuklamalari jarayoni tizimida texnik-taktik tayyorgarlik, nazariy, ma`naviy-irodaviy va ruhiy tayyorgarlikning turli masalalarini hal qilish bilan bir qatorda jismoniy tayyorgarlikni oshirish muhim o`rin tutadi.
Jismoniy tayyorgarlik kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlikning rivojlanishini ta`minlash bilan birga, sportchidagi harakatlanish me`yori, tezkorlik tuzilmasining shakllanishiga, oqilona sport texnikasining mustahkamlanishiga ham imkoniyat yaratadi. Ko`pchiik mualliflar jismoniy sifatlarni bir-biri bilan shu darajada bog’langanlar, ulardan birini rivojlantirmasdan turib yuksak sport darajasiga yetishish mumkin emasligini qayd qilishgan
Murabbiy tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun qo‘yilgan vazifalarni hal qilish vositalari va usullarini aniq rejalashtirishi lozim.