Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə29/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

AMALIY MASHG’ULOT


    1. PAZANDACHILIK. PAZANDACHILIK FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Reja:


  1. Pazandachilik fani maqsad va vazifasi


  2. Oziq-ovqat mahsulotlari tulari


  3. Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish.

Mehnat ta'limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart- sharoitlarni inobatga olish zarur.



O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo’ladi. Ular ta'lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi.
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun'iy shamollatiladigan bo’lishi me'yorda tabiiy va sun'iy yoritilgan ish o’rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-160S, yoz davrida esa 200S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo’yoqlar bilan bo’yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta'minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e'tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo’yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob'ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o’rtasida yaqqol farq bo’lishini ta'minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo’qotuvchi jihozlardan, eng to’g’ri mehnat usullaridan foydalanish yo’li bilan erishilishi mumkin.
O’quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong’inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o’tish yo’llari belgilangan me'yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib - bularning hammasi o’quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin