Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org
9.- MAVZU: TIKUV MASHINALARINING SIFATI, ESTETIKASI VA ASOSIY TURLARI. TIKUV MASHINALARI KLASSIFIKATSIYA DETALLARI VA ULARNING TAVSIFI (2-SOAT) Reja:
Tikuv mashinalarining turlari
Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari
Mashina sifati uning belgilangan vazifani bajarishdagi ishlash darajasini bildiradi. Mashina sifati haqida fikr yuritilganda, uning puxtaligi, inkorsiz ishlashligi, umrboqiyligi va ta’sirga loyiqligi tushuniladi.
Puxtalik – bu mashinani belgilab berilgan funksiyasi bo‘yicha o‘rnatilgan muddat davomida to‘xtovsiz ishlashidir. Inkorsiz ishlatish deganda mashinaning o‘rnatilgan vaqt mobaynida o‘zining ishlash qobiliyatini saqlab qolishligi tushuniladi.
Umrboqiylik – mashinaning ta’mirlash muddatlari oralig‘ida o‘zining ishlash va ish qobiliyatini saqlab qolishligidir. Ishga qobiliyatli mashina deganda, belgilangan funksiyani bajarish davomida texnik talablarga javob berishligi tushuniladi Masalan, tikuv mashinalarida ularning sifatli baxya hosil qilishligi, texnologik jarayonning to‘g‘ri bajarilishi, moki yo’llari uzilmasligi va hokazo.
Inkorlar sodir bo‘lishi esa mashinaning konstruktiv ishlab chiqarish va ekspluatatsion kamchiliklarga olib keladi.Misol tariqasida ishchi organlarning o‘zaro ishdagi hamkorligi buzilishi, igna o‘tmasligi yoki egriligi, reyka tishlari yeyilishini keltirish mumkin. Mashinaning barqaror ishlashini ta’minlash uchun texnik talablar va ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish hamda o‘z vaqtida moylash, joriy ta’mirlashlarni bajarib borish lozim. Tikuvchilik sanoatiga qarashli mashina, avtomat va avtomatik qatorlarni yaratishda, asosan, ularning tashqi ko‘rinishiga, shakliga, rangiga, boshqarish va foydalanishga qulayligiga e’tibor beriladi. Shu sababli ham loyihalanayotgan jihozni estetik qoidalarga binoan tashqi ko‘rinishi ishlab chiqiladi. Zamonaviy tikuv mashinalarni yaratish mobaynida konstruktorlar bilan birgalikda rassom-dizaynerlar ishtirok etadilar. Ular yaratilayotgan mashina yoki avtomatning tuzilishini, boshqarish sistemasini, bajariladigan texnologik jarayonni o‘rganib chiqqan holda tashqi ko‘rinishini tasvirlaydilar. Hozirga qadar tikuv sanoati jihozlari estetik ko‘rinishi hamisha iste’molchilar e’tiborida bo‘lgan.
Masalan, «Zinger» firmasida hozirgi paytgacha ishlab chiqarilayotgan tikuv mashinalari zamon talabiga qarab turli xil dekorativ ornamentlar bilan bezatilib tayyorlanmoqda.12«Futura» elektron boshqaruvli mashinalarda esa ishlashgaqulayligi e’tiborga olinib estetik ko‘rinish berilgan. «Rimoldi» va «Juki» firmalari rassom-dizaynerlari yo‘rmab tikish mashinalari ustki qismiga snos qo‘llaganlari uchun ko‘rinishi va yengilligi bilan ajralib turgan. Hozirgi paytda rassom-dizaynerlar konstruktorlar bilan loyihalash jarayonida yangi mashina maketiga turli xil ranglarni qo‘llab ko‘radilar. Barcha davlatlardagi rassom-dizaynerlar jihozlarni, sexlarni bo‘yashda ochiq ranglar ishlatilganda ish unumdorligi ancha oshishi mumkinligini ta’kidlaganlar. Bundan tashqari, mashinalar har bir qismi turli rangda bo‘lganda boshqarishga qulayroq bo‘lishini aniqlaganlar Tikuvchilik sanoatiga qarashli mashina, avtomat va avtomatik qatorlarni yaratish va takomillashtirishda ergonomika talablariga ham e’tibor qilinadi. Bu talablar mashinani boshqarish, qurilma yoki elektron aparatlarni tanlash, ishlatish va ta’mirlashda qulaylikni, informatik yozuvlar bilan belgilash va tayyorlashni ta’minlashdan iborat.
TIKUV MASHINALARINING TURLARI
Hozirgi paytda vazifasi va tuzilishi jihatidan turli xil bo‘lgan, fan va texnikaning oxirgi yutuqlariga asoslanib yaratilgan, zamonaviy texnologiya talablariga javob beruvchi, avtomatlashtirilgan va elektron boshqaruvli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. «Juki» tikuv mashinasi quyidagi asosiy qismlardan iborat: mashina tanasi (2) da (5-rasm) asosiy val o‘rnatilgan bo‘lib, undan mashinaning barcha mexanizmlariga harakat uzatiladi. Mashina tanasining tayanchi (4) da baxya yirikligini o‘zgartiruvchi qurilmalar joylashtirilgan. U asosan mashina bosh qismini ushlab turadi. Mashinaning old qismi (1) da igna va ip tortgich (zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarida ip uzatgich) mexanizmlari, tepki uzeli, ba’zi mashinalarda esa qo‘shimcha mexanizm va uzellar o‘rnatilgan. Mashinaning asosiy valiga aylanma harakat maxovik g‘ildiragi (3) orqali elektr yuritgichidan uzatiladi. Mashinaning ustiga boshqaruv pulti (5) o‘rnatilgan bo‘lib, undan ishchi organlari holati, baxyaqator ko‘rinishi va yirikligi avtomatik tarzda o‘zgartiriladi. Zamonaviy tikuv mashinalarida boshqaruv pulti mashina tanasi tayanchida yoki uning yon tomonida joylashgan. Mashina ish stoliga tayanch (6) o‘rnatilgan bo‘lib, unda ipli g‘altak yoki bobinalar uchun sterjenlar joylashtirilgan. Pana tayanchi (4) dan igna harakat chizig‘igacha bo‘lgan L masofaga mashinaning ishchi qulochi deyiladi Mashina platformasi (7) da moki (zanjirsimon baxyali tikuv
mashinalarida chalishtirgich), gazlamani surish va avtomatik moylash mexanizmlari, ba’zi tikuv mashinalarida ipni qirqish, kengaytirgich kabi qo‘shimcha mexanizmlar o‘rnatilgan. Tashqi ko‘rinishi, vazifasi, ishlash prinsipi, texnik ko‘rsatkichlari, kinematikasi, konstruksiyasi jihatidan tikuv mashinalari juda xilma-xildir. Tikuv mashinalarini yaratish va takomillashtirishda tikiladigan materialning fizik-mexanikaviy xossasi va tuzilishi, texnologik jarayonga ta’sir qiluvchi faktorlar e’tiborga olinadi. Tikilayotgan materialning ishqalanish koeffitsiyenti, cho‘zilishligi, zichligi, erish temperaturasi kabi parametrlari – tikuvchilik mashinasi konstruksiyasiga, baxyaqator hosil bo‘lishdagi iplar bog‘lanishiga, qo‘llaniladigan igna geometriyasiga, mashina tezlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Baxyaqator hosil bo‘lish jarayonida iplar chalishish xarakteriga qarab tikuv mashinalari ikki guruhga bo‘linadi: – moki baxyali tikuv mashinalari; – zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari. Moki baxyaqatori kam cho‘ziluvchanligi va puxtalik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun moki baxyasi bilan tikuvchi mashinalari asosan qattiq va mustahkam gazlamalarni tikishda qo‘llaniladi. Zanjirsimon baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar cho‘ziluvchan, trikotaj gazlamalarni tikishga va kiyim detallarini vaqtinchalik birlashtirishga mo‘ljallangan. 14Tikuv mashinalari vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: – Moki baxyali to‘g‘ri baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar; – bir ipli zanjirsimon to‘g‘ri baxyaqator bilan tikuvchi mashinalar; – ko‘p ipli zanjirsimon to‘g‘ri baxyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar; – moki baxyali siniq baxyaqator bilan tikuvchi mashinalar;
– gazlama chetlarini yo‘rmash mashinalari; – yashirin baxyali tikuv mashinalari; – tugma va boshqa furnituralarini qadaydigan, puxtalaydigan va kalta choklarni tikadigan, halqa yo‘rmaydigan va buyumning ayrim detallariga ishlov beradigan yarimavtomatik tikuv mashinalari. Tezlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tikuv mashinalari uch guruhga bo‘linadi: – asosiy valning aylanishlar chastotasi 2500 ayl/min gacha bo‘lgan past tezlikli; – 2500 ayl/min dan 5000 ayl/min gacha bo‘lgan o‘rtacha tezlikli; – 5000 ayl/min dan yuqori bo‘lgan katta tezlikli. Ishchiga nisbatan joylashishi bo‘yicha tikuv mashinalari o‘ng, chap va frontal qulochli bo‘ladi. Tikuv mashinasi ishchi qulochi ishlov berilayotgan mahsulotning maksimal o‘lchamini aniqlaydi. Ishchi qulochlari bo‘yicha tikuv mashinalari quyidagilarga bo‘linadi: – qisqa ishchi qulochli (L-200 mm gacha); – o‘rtacha ishchi qulochli (L-200 mm dan 260 mm gacha); – uzun ishchi qulochli (L-260 mm dan yuqori). Butun bir texnologik jarayon uchun ishlab chiqariladigan tikuvchilik jihozlarini korxonaning aniq bo‘limiga yaroqliligiga, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab ham guruhlarga ajratish mumkin.
TIKUV MASHINALARINING ASOSIY ISHCHI ORGANLARI
Igna tikuv mashinasining asosiy ishchi organlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. hamma mashina ignalari gazlamani teshib, ustki ipni igna plastinasi ostiga olib o‘tish va ustki ipdan halqa hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ignalar to‘g‘ri va yoysimon ko‘rinishlarda bo‘ladi. Yashirin baxya hosil qilib tikish mashinalarida yoysimon igna materialning yarim qalinligiga sanchiladi. Yoysimon shakldagi ignalar asosan yarim aylana – trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Moki baxyali tikuv 157-rasm. Moki yordamida baxya hosil bo‘lishi: 1 — naycha; 2 – naycha qopqog‘i; 3 – moki o‘qi; 4 – naycha ushlagich; 5 – moki uchi 6 – igna; 7 – tepki; 8 – gazlama. 8-rasm. Yashirin zanjirsimon baxya hosil bo‘lish jarayoni: a, b — ignaning gazlama ustki qismiga sanchilish nuqtalari; 1 – igna; 2 – bo‘rttirgich; 3 – igna plastinasi; 4 – gazlama. 6-rasm. To‘g‘ri va yoysimon ignaning baxya hosil bo‘lish jarayonidagi holati: a — ignaning gazlamaga sanchilishi; b – igna ip halqasi hosil bo‘lishi; d – moki yoki chalishtirgichning halqani ilib olishi. mashinalarida esa vertikal harakatlanuvchi to‘g‘ri ignalar qo‘llaniladi. Ignaning uzunligi va ish yo‘li orqali tikuv mashinasining konstruktiv parametrlari aniqlanadi. Baxya hosil bo‘lish jarayonida to‘g‘ri va yoysimon ignalarning holati 6-rasmda ko‘rsatilgan. Moki ustki igna ipini ilib olib, uni kengaytirib, o‘z atrofidan
aylantirib ostki ip bilan chalishtirish uchun xizmat qiladi. Moki qurilmasi (7-rasm) naycha (1), naycha qopqog‘i (2), moki o‘qi (3), naycha ushlagich (4) va moki uchidan (5) tuzilgan. Gazlama (8) ni ustidan tepki (7) bosib turadi. Moki baxyasi hosil bo‘lish jarayonida moki uchi (5) igna (6 ) eng pastki holatidan ko‘tarilishi paytida hosil bo‘lgan ipning halqasini ilib olib, uni kengaytirib naycha ushlagich (4) atrofidan aylantiradi. Moki tashqi diametri bo‘ylab aylantirilgan igna ipi moki ipi bilan chalishadi va baxya hosil bo‘ladi. Tikuv mashinalarida naychadagi ipning uzunligiga qarab normalva katta hajmli mokilar qo‘llaniladi. Tikuv mashinasini loyihalash va takomillashtirish jarayonida uning stabil ishlashi va umrboqiyligini ta’minlash asosan mokilarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi.