uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya
etiladi.
Bolani dinamikada o‘rganish tamoyili.
U bolalarning mav-
jud imkoniyatlarinigina emas, balki ularning kelgusida bilim-
lari va ko'nikm alarini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga
yo'naltirilgan. L.S. Vigotskiyning ta ’lim va rivojlanish nisbatlari
haqidagi konsepsiyasi shu tamoyilga asoslanadi. Unga ko'ra bola
o'zi mustaqil hal qiladigan masalalar bilan belgilanadigan ak-
tual rivojlanish zonasi va bola kattalar yordamida hal qiladigan
masalalar belgilab beradigan eng yaqin rivojlanish zonasi farqla
nadi.
Individual va kollegial tekshirish shakllarini birga qo'shib olib
borish tamoyili kam kuch sarflab, eng
yuqori natijalarga erishish
imkonini beradi. Tekshirishning kollegial shaklida bir mutaxassis
ikkinchisining yordamchisi sifatida ish olib borishi va o'z o'rnida
sinovdan o'tuvchining xatti-harakatlarini tashkil qilishi, ijobiy
emotsional fon yaratishi va, ayniqsa, olingan diagnostika natijala-
rini tahlil qilishda faol qatnashishi mumkin. Bunda bir xil faktlarga
har xil nuqtayi nazar bilan qarash va
optimal xulosaga kelish im-
koni bo'ladi.
Rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, nuqsonning yuzaga
kelish jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuq-
sonni bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etishini o'rganish na-
zarda tutiladi. Ruhiy holatlarning to'g'ri tavsifnomasi nuqsonning
kelib chiqish sabablari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda
ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni inobatga olgan holda
tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so'zni, tovushni tahlil —
sintez qilish malakasini
egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda
agramatizmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, noaniq
talaffuz nutqiy faollikning susayishiga, muloqotga kirishishda ehti-
yojning kamayishiga olib keladi. Bola atrofdagilarning masxara-
lashlaridan uyalib muloqotga kirishmaydi,
natijada esa, bolaning
faol va passiv lug'ati kamayadi.
Rivojlanish tamoyiliga ko'ra, nuqsonni statistik jihatdan
ta ’riflashga emas, balki uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga
alohida urg'u beriladi.
130