Logopsixologiya fanining o'rganish obyekti tug‘ma yoki orttiril-
gan nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalardir.
Logopsixologiya fanining predmeti doirasiga nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan bolalarning psixik xususiyatlarini o‘rganish va psixokorrek-
sion ishlarni tashkil etish jarayoni kiradi.
Logopsixologiya fanining vazifalari:
— turli nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxslarning psixik rivojla
nish xususiyatlarini o'rganish;
— nutq nuqsonlarining differensial diagnostika metodlarini ish
lab chiqish;
— nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning
bilish faoliyatidagi
kamchiliklarini o'rganish va bartaraf etish;
— nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda hissiy-irodaviy sohani
va shaxslararo raunosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish me
todlarini ishlab chiqish;
— nutq nuqsoniga ega bolalarning bilish
faoliyatidagi va hissiy-
irodaviy sohasidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari
Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib
chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi.
Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari
haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin
oqibatlar darhol yuzaga kelmadi, balki m a’lum vaqt o'tganidan
keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni
keltirib chiqaruvchi
sabablar natijasida, ma’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibat
lar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bo
lada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z
vaqtida rivojlanmaganida ma’lum bo'ladi.
Birgina sabab, ma’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib
kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqa-
rishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlar-
ning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq.
Ushbu
omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayo-
nidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri.
128