lalar nutqining rivojlanishi va shakllanishi bilan bog‘liqdir. Eshi
tishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqi rivojlanmasligi sababli o‘yin
o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalar predmetlarni almashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar.
K attalar qalamni qoshiq yoki kubikni dazmol o'rnida qo'llashni
aytsalar va bola buni amalga oshirsa, bu uni qalam bilan ovqat
yeyishi va kubik bilan dazmol qilishni boshlaydi degani emas. Kar
bola ko'p holatlarda kattalar tomonidan aytilgan predmet nom ini
nomlamaydilar, predmetning xususiyatlarini bevosita idrok eta-
dilar.
Dunyoni idrok etishning chegaralanganligi eshituvchi idroki va
izchilligi yo'qligi, nutqiy muloqotning chegaralanganligi sababli
kambag'al bo'ladi. Eshituv tasavvurlari yo'qligi ko'ruv idroki bilan
to'ldirilmaydi, ko'ruv idroki atrof-olam haqida to'liq bilim bermay-
di. Nutqni kech egallash tafakkur va tasavvurning rivojlanishida
orqada qolishga sabab bo'ladi. Nutqiy rivojlanishdan orqada qo
lish tasavvur qilinayotgan o'yin sharoitini idrok etishni sekinlashti-
radi. Sujetli-rolli o'yin jarayonida umumiy va nutqiy rivojlanish
darajasiga ko'ra murakkablashadi. Ular oddiy predmet harakati-
dan inson o'zaro munosabat va sezgilarini tasvirlashga o'tadilar.
Uning faoliyati pedagogik rahbarlikga bog'liq bo'ladi. Maxsus ta ’lim
jarayonida o'yin faoliyati o'zgaradi, turli mazmunga ega sujetli-rolli
o'yinlar yuzaga keladi. Sujetli-rolli o'yinlar maktab yoshida ham
saqlanib qoladi. O'quvchilarda turli qoidalarga ega intellektual
o'yinlar katta o'ringa ega. Ba’zi o'yin usullari o'quvchilar o'quv
faoliyatining asosiy qismi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: