ko‘rinadi. Sujetli-rolli o'yin, bayram, tug'ilgan kunlar o'tkazish
ijobiy emotsional tuyg'uni shakllantirishga sabab bo‘ladi. Bu
o‘rtog‘ini qayg'urishlarini tushunishi,
uning emotsiyalari, qiyin-
chiliklari ijobiy ta ’sir ko'rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
shaxslararo munosabatini shakllantirishda, emotsiya va tuyg‘ularni
rivojlantirishda boshqa odamlarning emotsiyalarini tushunish muhim
rol o‘ynaydi. V. Petshak kar maktabgacha va maktab yoshidagi bola
larning boshqalar emotsiyasini tushunish xususiyatlarini o'rgangan.
Tadqiqot jarayonida ma’lum emotsional holatlarda,
xursandchilik,
g‘am-anduh, qo'rquv, nafrat, befarqlik, hayrat emotsiyalari tasvir-
langan edi. Tasvirlarni uch xil variantda tasniflash mumkin:
• shartli-sxematik;
• realistik;
• hayotiy sharoit (sujetli rasm).
Tekshiriluvchining vazifasi yuz tuzilishiga ko'ra insonning emot
sional holatini anglash va uni imo-ishora
nutqi bilan bayon etishni
ko'zda tutishi. Emotsional holatni tushunish kar va sog'lom bolalar
uchun qiyinchilik tug'diradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar
orasida faqat ba’zilari tasvirlash sxematik va hayotiy variantni to'g'ri
angladilar. Rasm personajlarining imo-ishorasi holatini to'g'ri tu-
shunganlar. Ba’zan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar emotsional
holatga mimik va imo-ishorali tasnif berganlar. So'zli bayon ba’zan
amalga oshirilgan.
Shunday qilib, tashqi ko'rinishlar (mimika, imo-ishora) kar bola
larning emotsiyalarni tushunishida muhim ahamiyatga egadir. Eshi
tishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy rivojlanishida emotsional
doira rivojlanishi davom etadi. V.Petshak
tadqiqotlari natijalariga
ko'ra, IV sinf o'quvchilari xursandchilik, shodlik, g'am, hayrat,
qo'rquv, nafrat tuyg'ulari ifodalangan personajlarning emotsional
holatini qisman tushunganlar. Bu bilimlarni bolalar asta-sekin,
o'rta va yuqori sinflardagi ta ’lim davomida egallaydilar. Analogik
bilimni eshituvchi bolalar kichik yosh davrida egallaydilar.
Emotsiyalarni kech anglash bir qator
noxush oqibatlarga sabab
bo'lishi mumkin. Xususan, adabiy qahramonlarni, ularning faoli-
yatlari, qiliqlari, oqibat va sababini tushunish eshitishida nuqsoni
114
bo‘lgan bolaning shaxs sifatlari shakllanishi
va ijtimoiy-emotsional
sferasi tarkib topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: