bola so'zni talaffuz qilolmasa ham so'zning umumiy obrazini ko‘ruv
orqali qabul qiladi. Og‘zaki nutqni egallash darajasiga ko'ra eshiti
shida nuqsoni bo‘lgan bolalar talaffuzni yaxshi egallaydilar. Labdan
o‘qish jarayonida bolalarda nutqiy kinesteziya yuzaga
keladi.
Aralash
tipda labdan o'qish ko'ruv va harakat tiplari bilan birgalikda amalga
oshadi. Labdan o'qish jarayoni murakkabligi bizning nutqimiz fone-
malari talaffuzda bir xil namoyon bo'ladi. Ayrim tovushlarni labdan
o'qish oson bo'ladi. Nutqimizdagi har bir tovush o'ziga xos bo'lishi
usuli, o'rni, ovoz va shovqin ishtiroki jarangli va jarangsizligiga ko'ra
o'zaro farq qiladi. Labdan muvaffaqiyatli o'qish
uchun gapiruvchi-
ning holati, yorug'lik, temp va hokazolar bola nutqi rivojlanishining
quyidagi asosiy xususiyatlarini ko'rsatish mumkin:
1. Eshitishni yo'qotish kar bola nutqiy rivojlanishi o'ziga xos-
ligini belgilovchi asosiy omildir.
2. Eshitishni butunlay yo'qotgan holatida kar bola nutqi nutqiy
amaliyotida rivojlanmaydi. U faqat surdopedagog rahbarligida max
sus tashkil etilgan ta ’lim jarayonida rivojlanadi.
3. Kar bola nutqi rivojlanishining asosi ko'ruv harakat va taktil
vibratsion sezgilardir.
4. Kar bolada nutqiy amaliyoti eshituvchi bolaga nisbatan
kambag'al va cheklangandir. Shuning
uchun kar bolada nutqiy
muloqot tamoyiliga ko'ra nutqini rivojlantirish maxsus maktabn-
ing bosh vazifasidir.
5. Eshituvchi bola eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga nisbatan
nutqni erta egallaydi. Unda 5—6 oyligidan keyin faol nutq rivojla
nadi. Kar bolada bu jarayon maktabga yoki bog'chaga borgandan
so'ng amalga oshadi.
6. Kar bolada eshituvchi bolada mavjud bo'lmagan nutq shakl-
lari
imo-ishora nutqi, daktilologiya, labdan o'qish kabilar asosida
shakllanadi va rivojlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: