atrofdagilar pakanaga boshqacha munosabatda bo‘lganligi uchun
unda shaxsning o‘ziga xos qirralari shakllanadi deb xulosaga kel-
gan. Eshituvchi kattalar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar mak-
tab-internatidagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar quvnoqligi,
hayotga chanqoqligini ko‘rib hayratga tushganlar. Ularning fikri-
cha, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘z nuqsonidan uyalib,
doimo xomush yurishlari kerak. Ma’lumki, eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar o‘z nuqsoni haqida kech biladilar, maxsus mak-
tabdagi taiim -tarbiya jarayonida ularda kelajakka ishonch, faol-
lik shakllanadi. Katta va o'rta sinf o‘quvchilari eshituvchilar bilan
o‘zlari o'rtasidagi farqni yo‘qotish uchun so'zlashuv nutqini egal-
lashga juda intiladilar. Kar bola shaxsining rivojlanish muammolari
surdopsixologiyada to liq tadqiq etilmagan, quyidagi bo‘lim ush-
bu masala tadqiqiga qaratilgan. Surdopsixologiyada V.G. Petrova,
V.L. Belinskiy, E.A.Viytar, M.M. Nudelmanlarning ilmiy izlanish-
larida sog‘lom va kar, zaif eshituvchi bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi
shaxslararo munosabat xususiyatlari o‘rganilgan. Ular sotsiometrik
testlar hamda insholardan foydalanilgan holda suhbat, kuzatuvlar
tashkil etgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sogiom bolalar o‘rtasida
«sinfdagi sardorlik» xususiyatlariga — muloqotga kirishuvchanlik,
do‘stga sadoqatlilik, birodariga ko‘mak berish, mustaqillik, fantazi-
yaga boy jihatlari hamda ko‘rkam tashqi ko‘rinishning o‘zi yetarli
ekanligini ta ’kidlashgan. Kar va zaif eshituvchi bolalar esa mazkur
holatni sinfdagi o‘quvchilarning og‘zaki nutqini egallaganlik holati
va darslarni o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra belgilashgan.
Dostları ilə paylaş: