VI bob. E SH IT ISH ID A N U Q SO N I B O ‘LGAN
BOLALAR N U T Q IN I SH A K LLA N TIR ISH N IN G
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
6.1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqining
psixologik asosi
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqini shakllantirish
muamm olari I.M . Solovyova, F.F. Rau, N .I.Shif, S.A.Zikov,
T.V. Rozonova, N.G. Morozov, R.M. Boskislar ilmiy ishlarida
tadqiq etilgan. Og'zaki nutq inson jam iyatida ilk nutq shakli si
fatida namoyon bo'lgan. Dastlabki so'zlar tovush komplekslar
shaklida bo'lib, tarixiy rivojlanish davrida m a’lum tushuncha
lar sifatida aniqlanib, m ustahkam lanib borgan.
Lekin dastlab
im o-ishora nutqi mavjud bo'lgan degan fikr ham mavjud. Bu
m a’lumotga ko'ra, og'zaki nutq keyinroq paydo bo'lgan. Im o-
ishora va m im ikalar orqali o'z fikrini ifodalashda tovush taqlid
so'zlarni ham qo'llaganlar. Psixologik nuqtayi nazardan og'zaki
nutq sodda sanaladi. Uni faoliyatga kirishish vositasi tovush fone-
madir. Yozma nutqning fonemaga kirishish vositasi grafik belgi
harfidir. Og'zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori asosida,
yozma nutqni idrok etish ko'ruv analizatori asosida amalga osha
di. U larning ifoda vositalari ham turlichadir. Og'zaki nutqda bu
m im ika,
im o-ishora, urg'u, yozma nutqda — bu uslub, so'zlarni
alohida tanlash usullari hisoblanadi. Og'zaki nutq, yozma nutq
ham monologik va dialogik shaklda bo'ladi. Dialogik nutq psi
xologik nuqtayi nazardan m urakkab savol-javob tarzida bo'ladi
va auditoriyaning tayyorgarligini hisobga olishini talab qiladi.
Monologik nutq yengilroq bo'ladi. U ning tuzilishiga, u davom
etayotgan sharoit va m uhit yordam beradi. Bolada og'zaki nutq
atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi. Eshituv idroki yordam i
da bola atrofdagilar og'zaki nutqini idrok etadi, 5—6
yoshlarda
eshituvchilar tovushlarning to 'g 'ri talaffuzini, lug'at boyligi va
gap gramm atik qoidalarini amaliy egallaydi. K ar bola bu yo'l
bilan nutqni egallay olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshit-
maydi. Agar eshituvchi bola bog'chaga, maktabga shakllangan
101
nutq
bilan borsa, kar bola og‘zaki nutqi mavjud bo‘lmagan holda
boradi. Unda nutqni boshidan boshlab shakllantirish kerak. Bu-
ning uchun kar bolaning artikulatsion nafas olish va ovoz ap-
paratini tayyorlash kerak. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, kar bolada
eshituvchi bolaga nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususi
yatlari bilan farq qiladi. Maxsus mashqlar davomida eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. U lar
ning ovozi ustida ham ish olib boriladi. Ko‘p miqdordagi kar-
larda ovoz bo‘g‘iq, modullashmagan bo‘ladi.
Maxsus mashqlar
jarayonida o‘qituvchi kar o‘quvchi ovozini eshituvchi bola ovozi-
ga yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham ke-
rakli natijalarga olib kelmaydi. Kar bola nutqi, ovozi butun ha-
yoti davomida o‘ziga xos ottenkaga ega bo‘ladi. Kar o'quvchilarni
og'zaki nutqqa o‘rgatishning muhim qismi
ularda turli talaffuzni
shakllantirishdir. 0 ‘zbek tilidagi har bir fonema kar bolada max
sus usullar bilan qo‘yiladi. Saqlangan analizatorlari ko‘ruv, sezgi,
harakat analizator faoliyatini qo‘llab, o'qituvchi oyna oldida to
vush talaffuzini ko‘rsatadi va taqlid asosida talaffuz qilishni bo-
ladan so‘raydi. Avvalambor oson talaffuz etiluvchi tovushlar «р»,
«Ь», « т » qo‘yiladi, so'ng bo‘g‘in, so‘z birikmalariga o‘tiladi. Shu
tartibda boshqa nutqiy tovushlar talaffuziga o‘tiladi.
Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig‘iga tayaniladi.
Kar bolada og‘zaki nutqni shakllantirishda ko‘ruv, harakat va sezgi
analizatorlari yordami bilan maydonga chiqadi. Eshituvchi bola o‘z
talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib
so‘ng to‘g‘rilaydi. Kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, so‘ng
ko‘ruv va harakat sezgilari orqali nazorat qiladi. Tovush artiku-
latsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bo‘lsa
kinestik sezgilar shuncha-
lik differensiyalashgan bo‘ladi. Bu sezgi turi kar bola talaffuzini
shakllantirishda muhim o‘rin hisoblanadi. Shunday qilib, kar bo
lada og‘zaki nutqni shakllantirish faqat o‘qituvchi rahbarligida max
sus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshadi. Bu jarayon quyidagi
vazifalarni ko‘zda tutadi: nutqiy nafasni shakllantirishni, modul-
lashtirilgan ovoz qo‘yish
ustida ishlashni; talaffuzga o‘rgatishni;
labdan o‘qishni; lug‘at ishini; grammatik tizim ni shakllantirishni
o‘z ichiga qamrab oladi.
102