Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Yaratuvchan tasavvur. 
Yaratuvchan tasavvur predmet, hodisa, 
voqeani so‘z orqali tavsiflash asosida uning ko‘rgazmali obrazi, 
taassuroti asosida yuzaga keladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar 
ruhiy faoliyatining bu turi o‘ziga xos boiadi. Yaratuvchan tasavvur- 
ga ko‘ra bola ongida atrof-olam keng, ko‘p qirrali boiib namoyon 
boiadi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar aqliy dunyoqarashi 
shaxsiy tajriba doirasidan tashqarisiga chiqadi. Lekin so'zlashuv 
nutqi va mavhum tafakkurning rivojlanishdan orqada qolishi kar 
bolani insonlarning ijtimoiy tajribasini to iiq egallashiga to‘sqinlik 
qiladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar bilish faoliyatida yaratuv­
chan tasavvur muhim o‘ringa ega, u turli turdosh mehnat faoliyat­
ining zarur komponenti sanaladi. Tarix, geografiya, fizika, adabiyot 
bo‘yicha bilimlarni egallashda oldin idrok etilmagan obrazlar, taas- 
surotlardan foydalanadilar. Yaratuvchi tasavvur o‘quvchilarni badiiy 
asarlarni mustaqil o'qishda katta o‘ringa egadir. Bola ongida asar 
muallifi tomonidan yaratilgan obrazlar, hodisalar haqida tasavvur 
yuzaga keladi. Bu o‘quvchiga turli davrlardagi hodisalar va inson 
his-tuyg‘ularini tushunish imkonini beradi. O'qituvchilar kuzatishi- 
cha, eshitishida nuqsoni boigan bolalarda o‘qish jarayonida shakl- 
lanuvchi obrazlar har doim ham to‘g‘ri tavsiflanmaydi. Ko'pincha 
bu o‘qilgan asar mazmunini tushunmaslikka olib keladi.
Kar o‘quvchiIar ijodiy tasavvurining elementar
shakllari haqida
Ijodiy tasavvur tasavvurning oldindan namoyon boiishi va mus­
taqil ravishda yangi obrazlar, taassurotlar yaratish bilan belgilanadi. 
Ijodiy tasavvur va tafakkurning o‘zaro munosabatini tadqiq etib, 
A.V. Petroyevskiy va M.B. Verbenskiy bu ikki ruhiy jarayonda intellek- 
tual faoliyatning turli aspektlarini ko‘radilar. Ular tasavvur va tafak-
92


kurning bir necha shakli mavjud deb e’tirof etadilar. Ijodiy tasavvur 
jarayoni xotira asosida yangi obrazlarni yaratish bilan belgilanadi. 
Tasavvurning qurilish materiali — bizning o'tmish tajribamiz, tasav­
vur natijalari Yangi obrazlar — tasavvur taassurotlari sanaladi. 0 ‘quv 
faoliyati geometrik masalani yechishi, grammatik qoidalarni yodlash, 
insho yozish, chizish va yasash kabi turlari o‘quvchilardan taassuro- 
ti, bilimini operatsiyalash va faoliyat natijalarini tahlil etishni talab 
etadi. Ijodiy tasavvur uning samaradorligi tajriba boyligi, ma’lumot 
doirasi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bo­
lalar ijodiy tasavvuri sog‘lom bolalar va kattalar bilan muloqotin- 
ing chegaralanganligi sababli o'ziga xos bo'ladi. Eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalar eshituvchi bolalardan ovoz chiqaruvchi predmetlar 
haqida bilib oladilar. Kichik yoshdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar uchun predmetlarning ovoz chiqarish hodisasi mavhum- 
dir. Ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ham ovoz 
chiqaruvchi predmetlarga farqsiz bo'lmasdan, ularga ahamiyat bera 
boshlaydilar. Tasavvurni nutqni rivojlantirish bilan birga olib bor- 
moq maqsadga muvoflqdir. Uni egallab, kar bola tasavvurga tayanib, 
suhbatdosh hikoyasi yoki o'qilgan hikoya mazmunini aniq aytib bora 
oladi. So'zlashuv nutqini rivojlantirish tasavvurini boyitishga, ijodiy 
obrazlarning shakllanishiga olib keladi. Bu o'z navbatida o'qilganni 
to'g'ri va tez tushunish imkonini beradi.
Nutqni rivojlantirish darsida o'qituvchi ijodiy tasavvurni rivojlan- 
tirishga katta ahamiyat berishi kerak. Buning uchun o'qilganni rol- 
larga bo'lib o'qish, o'qilgan matn asosida rasmini chizish muhimdir. 
Shuningdek, rasm yoki rasmlar seriali asosida insho yozish ham 
yaxshi samara beradi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin