Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Психология кискача изохли лугат. — Т.: 1998 йил. 40-бет



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Психология кискача изохли лугат. — Т.: 1998 йил. 40-бет.
2 А.В. Петровский. Умумий психология. — Т.: 1992 йил, 381-бет.
94


qanday tasavvur etish to‘g‘risidagi qismlar chuqur o‘rganilmog‘i 
darkor.
Xayol shaxsning intilishi, talablari bilan ham belgilanadi. 
Ko‘rgan, eshitgan, bilgan narsalar obrazlari xotiramizda saqlanadi. 
Kerak vaqtda bularni tiklashimiz mumkin. Bu jarayon xotira obraz­
lari sifatida jonlanadi. Yoki, tasavvurlar shaklida ko‘z oldimizga 
keladi. Xayol obrazlari tasavvur obrazlaridan o‘ziga xos tomonlari 
bilan ajralib turadi. Tafakkur va xayol oralig‘ida uzviy, mantiqiy 
birlik, bog‘liqlik bor. Ammo, o‘ziga xos farqlari ham bor. Bular­
ni ajrata olish darkor. Inson biror murakkab muammoni yechishi 
talab etilganda tafakkurga murojaat etadi. Bunday natijalarga eri- 
shish yo'llari mavjud bo‘lsa, tafakkur orqali biz tafakkurdan ko‘ra 
xayol kuchiga tayanamiz. Xayolning rivojlanishi konkret ko'rgazma 
obrazlardan mavhum tushunchalar orqali yangi xayol obrazlari ijod 
qilish tarzida amalga oshirib boriladi.
Ma’lumki, nutq mavhum tafakkur rivojida alohida, m uhim o‘rin 
egallaydi. A.S. Vigotskiy m a’lumotlariga ko‘ra, nutqi zararlangan 
bolalarda xayol jarayonlari ham izdan chiqar ekan. Bu toifa bolalar 
ko'chma ma’nodagi so‘zlarni ham qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar, 
kamchiliklar bilan egallashlari suhbatda, ular xayollari ham me’yoriy 
shakllanishdan chetga chiqar ekan. Ixtiyorsiz xayolga ma’lumki, 
tush ko'rish va turli gallutsinatsiyalar misol bo'la oladi. Ta’kidlab 
o‘tish o'rinliki, normal eshitadigan bolalar bilan eshitish qobiliyati 
buzilgan bolalar chizgan suratlar orasida ham ma’lum farqlar mav­
jud. Ajablanarli joyi shundaki, tasvirlangan suratlardagi predmetlar 
soni jihatidan normal eshituvchi bolalar orqada ekanlar. Ranglarni 
berishda karlar orqada qolganlar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bo­
lalar suratlari sinflar yuqorilashgan sari normal bolalar suratlariga 
yaqinlashib borar ekan. Mualliflar eshitish qobiliyatlari buzilgan bo­
lalardagi ijodiy xayol xususiyatlari borasida turli xil fikr bildirganlar. 
Ayrimlari hatto ijodiy xayolni tasavvur bilan almashtirganlar. Eshi­
tish analizatorining zararlanishi oqibatida bu bolalarning tashqi du- 
nyoni aks ettirish faoliyati, ijtimoiy muhit ham bu toifa bolalar shax- 
sining mukammal shakllanishiga salbiy ta ’sir etar ekan. Bu bolalar 
aka-ukalaridan, opa-singillaridan, yaqin-qarindoshlaridan o'ziga 
nisbatan achinish hislarini sezishlari natijasida o'zlarida egosentrik
95


xislatlarni shakllantirishga harakat qilar ekan. Ularda atrofdagilar 
uchun o‘zining ortiqcha kishi sifatida tasavvur paydo bo‘lib boradi. 
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar xayol xususiyatlarini rivojlanti­
rishda ta iim jarayonida rolli o‘yinlarni tashkillashtirish maqsadga 
muvofiq.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin