Savol va topshiriqlar
1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning xayol xususiyatlari
qanday?
2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning xayolini rivojlantirish
yoilarini
izohlang.
5.6.
Eshitishida nuqsoni boMgan bolalar tafakkurini
rivojlantirish
Tafakkur haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks
ettiruvchi bilish jarayonidir. Hozirgi kunda bolalar tafakkurining
rivojlanishining uch bosqichi - ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-
obrazli, so‘zli-mantiq tavsiflanadi. So‘nggi bosqichda umum-
lashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan
material xarakteriga ko‘ra konkret tushunchali va abstrakt tus-
hunchali tafakkur o‘zaro tasniflanadi.
Ko‘rgazmali-harakat
tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o‘zida jamlaydi, bunda
bola maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foy-
dalanadi. Amaliy vazifalarni amalga oshirishda m uammoni hal
etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o‘tkazish zaruriyati yuzaga
keladi. Bu ko‘rgazmali-harakat umumlashmalarining shaklla-
nishiga olib keladi. Ko‘rgazmali-harakat tafakkurining o‘ziga xo-
sligi, bir sharoitdan boshqasiga o'tishda bola harakati va pred
met aloqasi, munosabati tamoyili to iiq namoyon boim asligi
bilan belgilanadi. Shunday qilib, nutqiy rivojlanishgacha tafak
kurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma’lum nuqtayi
nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi.
Nonutqiy muloqot imo-ishora yoki so‘zlashuv nutqini shakllan-
tirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bola nutqini rivojlantirish
uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o'ringa ega. A.V. Zapo-
96
rojets fikricha, bolaning amaliy tajribaga va sensor tarbiyaga
ega bo'lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi m um kinli-
gini e’tirof etiladi. Ko'rgazmali-harakat tafakkuri rivojlanishidan
orqada qolish nutqi mavjud bo'lm agan eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalarda ham tichraydi. N.V.Yashkova tadqiqotlarida eshitishida
nuqsoni bo'lgan bolalar sog'lom bolalarga nisbatan katta yoshlarda
ko'rgazmali-harakat vazifalarini yaxshiroq hal eta olishi aniqlan-
gan. 9 -1 0 yoshlardagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun
kattalar harakatiga taqlid qilish xosdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan
bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo'lmaydilar, shu sa-
babli bu vazifani o'rgatish uchun to 'rt marotaba ko'p vaqt va uch
marotaba ko'p ko'rgazma kerak bo'ladi.
A.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qol
gan sog'lom egizak bolalar tafakkurining o'ziga xos xususiyatlarini
tadqiq etgan. Bolalar harakatni so'zdan ajratish, rejalashtirish, ele-
mentar tasniflash malakasiga ega bo'lmaganlar. Predmet ifodasi,
belgi, munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur
harakatlarini amalga oshiradilar.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uzoq muddat davomi-
da ko'rgazmali-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan,
T.V. Rozonova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bola
larning ko'rgazmali-obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq
maktab ta’lim ining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko'rgazmali-
obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni um umlashti
rish imkonini yuzaga keltiradi. Ko'rgazmali-obrazli tafakkurni
shakllantirish so'zlash nutqining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib,
ko'rgazmali-obrazli tafakkurni so'zli-m antiq tafakkuri bosqichiga
o'tishi sog'lom bolalarga nisbatan eshitishida nuqsoni bo'lgan bo
lalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash op-
eratsiyalarining rivojlanishida namoyon bo'ladi. Fikrlash oper-
atsiyalari tizimga tashkillashtirilgan umumiy harakatlardir. Bu
fikrlash operatsiyalari asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Eshit
ishida nuqsoni bo'lgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi
bolalarga nisbatan kech shakllanadi. A naliz va sintez jarayonining
rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada
uzoq muddatli va sistematik tarzda amalga oshadi. Taqqoslash
97
jarayonida farqlarni topish va o‘xshatish rmmosabatlari amalga
oshadi. I.M.Salovyov ta ’kidlashicha, eshitishida nuqsoni boigan
bolalarda taqqoslashning quyidagi jihatlari namoyon boiadi: ikki
predmetni taqqoslashdan birining analiziga o4ib ketish, vazifani
soddalashtirish, predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar kuza
tiladi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalarning o‘smirlik chog‘ida
taqqoslash texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash
sifati oshadi.
Abstraksiyalash jarayoni sujetli-rasm o‘yin va o‘quv faoliyati ja
rayonida amalga oshadi. Sujetli-rasm o‘tinning xarakterli xususi-
yati o‘rindosh predmetlarni qoilash hisoblanadi. Almashtiriluvchi
predmetlar xususiyatini ajratish va taqqoslash abstraksiyaga asosla-
nadi. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar almashtirilgan predmet
larni qoilashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Hatto almashtirish
uchun funksional mumkin boigan predmetlar ular tomonidan har
doim qoilanilmaydi, ularni real funksional ahamiyatida ajratish
eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun qiyin tarzda kechadi.
N .I.Shif maium otlariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi, maktab
yoshidagi eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun almashtiruvchi
vosita sifatida tanishga nisbatan, notanish predmetlarni qoilash
qulaylik tug‘diradi. Abstraksiya jarayonida orqada qolish eshitishi
da nuqsoni boigan bolalar o‘quv faoliyatida ham orqada qolishiga
sabab boiadi.
Fikrlash operatsiyalarini amalga oshirish eshitishida nuqsoni
boigan bolalarda nisbatan kechroq amalga oshishini bir qator psi-
xolog olimlar o‘z ishlarida ko‘rsatib oladilar.
So‘zli-mantiq yoki tushunchali tafakkur rivojlanishida eshiti
shida nuqsoni boigan bolalarda soglom bolalarga nisbatan o‘ziga
xoslik kuzatiladi. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalarda tafakkur
va nutqning rivojlanish yo‘nalishi, eshituvchilarga nisbatan kech
amalga oshadi. Kundalik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, in-
tensifikatsiya qilish yetarli emas, chunki har qanday so‘z yoki fraza
tafakkur rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Eshitishida nuqsoni boigan bolalar kattaliklarni taqqoslash,
kattaliklar o‘zaro munosabatini tushunish, masala mazmunidan
uni ko‘rgazmali ifodalash, berilgan munosabatlarda ko‘rgazmali
98
sharoitda ajratishni ifodalovchi bir qator masalalarni hal etishda
qiyinchiliklarga uchraydi. Asosiy qiyinchiliklar matn mazmuni
bo‘yicha xulosa chiqarish, ma’lumotlarni analiz va sintez qilishda
yuzaga keladi. Bunda eshitishida nuqsoni bo'Igan bolalar mazmu-
nan to'liq bo‘lmagan, lekin nutqiy vositalar bilan ifodalangan javob-
larni bayon etadi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ta ’lim jarayonida ularning
tafakkur xususiyatlarini hisobga olish darkor. T.V. Rozonova o‘zgacha
yondashuvni talab etuvchi bolalarning 3 guruhini tasniflaydi:
Birinchi guruhga ko‘rgazmali va tushunchali tafakkur rivojlani
shi yuqori darajada bo‘lgan bolalar kiradi. Ular eshituvchi bolalar
bilan ko'rgazmali-obrazli tafakkur darajasiga ko‘ra bir xil bo‘ladi,
lekin tushunchali tafakkurli rivojlanishi bo‘yicha uch yil orqada qo
ladi. Bu bolalar yuqori o'zlashtir ishga ega bo‘ladi, maktab dasturini
ijobiy egallaydi, masalalarni mustaqil yozadilar.
Ikkinchi guruhga eshituvchi bolalardan ko‘rgazmali tafakkur,
tushunchali tafakkuri darajasiga ko‘ra orqada qoluvchi, bu tafak
kur turlari o‘rta darajasini namoyon qiluvchi eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar tasviflanadi. Ta’lim jarayonida ular surdopedagog-
ning yordamiga muhtoj bo‘ladilar.
Uchinchi guruhga ko'rgazmali tafakkurning yuqori darajasi,
tushunchali tafakkurning past darajasi namoyon bo‘lgan eshitishida
nuqsoni bo‘Igan bolalarni jamlaydi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
darajasiga ko‘ra bu bolalar eshituvchi bolalar bilan bir xil bo‘ladi,
lekin so‘zlashuv nutqini egallashga qiynaladilar. Shu sababli ular
maktab dasturini egallashda qiyinchilikka uchraydilar, fikrlash
operatsiyalari to‘liq bo‘lmaydi, yetarli darajada umumlashmagan
bo'ladi.
To‘rtinchi guruhga tushunchali tafakkur darajasining yuqori
ko‘rsatkichi, ko'rgazmali-obrazli tafakkurning past darajadaligi
kuzatilgan bolalar jamlanadi. Bunday disproporsiya nutqiy vo-
sitalarni yetarli tabaqalamay o‘qitish, sujetli-rolli o‘yin, tasviriy
faoliyatning ommaviy turlariga ahamiyat bermaslik asosida kelib
chiqadi. Disproporsiya oqibatida bu bolalarda matematika fani-
dan orqada qolish, maktab dasturini egallashda qiynalish yuzaga
keladi. G.V. Rozonova tomonidan eshitishida nuqsoni mavjud bo-
99
lalar tafakkuri rivojlanishidagi munosabatlar tipini tasniflashning
amalga oshirilishi o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, disproporsiyaning
sababini aniqlash, ularga nisbatan korreksion dastur tuzilishi lo-
zimligini ko‘rsatdi.
T.V. Rozonova tafakkur turlarining biridan boshqasiga o‘tish
xususiyatlarini tahlil etib, kar o‘quvchilarda so'zli-mantiq tafak
kurining shakllanish sharoitlarini ko‘rsatib beradi.
Dostları ilə paylaş: |