v 6.3. Daktilologiya va imo-ishora nutqi eshitishida nuqsoni bo‘lgan
]
bolalar nutqi sifatida
\ Daktilologiya kar va zaif eshituvchi bolalar nutqining o‘ziga xos
shaklidir. U so‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir.
U yozma harakatga ko'ra yozma nutqqa o'xshab ketadi. Uning vosita-
lari graflk belgilar harflar emas, balki qo'l, barmoq harakatlari hisobla
nadi. O'zbek tilining har bir harfi o'zining harakatli ifodasiga egadir.
Kar bolalarga daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin:
1) chizuvchi harflar (z, b, d);
2) harf shaklini ifodalovchi harflar (о, 1, m, t);
3) shartli belgilar (v, j, n).
Daktil nutqi so'zlashuv nutqining barcha qoidalariga ko'ra shaklla
nadi va uni kar bola egallashi mumkin. Bog'cha davrida kar bola daktilo-
logiyaga savod o'rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot ko'rsatishi-
cha, daktilologiya eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar so'zlashuv nutqini
shakllantirish uchun yordamchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
Eshitishida
nuqsoni
bo'lgan
bolalar
tom onidan
keng
qo'llaniladigan imo-ishora nutqi muloqotga ehtiyoj yuzaga kelish
natijasida namoyon bo'ladi. Kar bola qo'llaydigan tabiiy dastlabki
imo-ishoralar juda sodda bo'ladi. M asalan, u biror narsani xohlasa,
uni qo'li bilan ko'rsatadi. Asta-sekin bu jarayon murakkablashib
boradi, shartli xarakterga ega bo'lib, muloqot funksiyasini bajara
boshlaydi. So'zlashuv nutqidan farqli, imo-ishora nutqi ko'ruv va
harakat sezgilari asosida namoyon bo'ladi. So'zning realizatsiya
vositasi tovush yoki graflk qobiq bo'lsa, imo-ishora nutqining vosi
tasi qo'l harakatlari va unga mos yuzning m im ik ifodalari. Bizning
nutqimiz ikki funksiyani bajaradi: muloqot vositasi va tafakkur
quroli. Bu funksiya imo-ishora nutqi orqali ham bajariladimi?
Ma’lumki, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar imo-ishora yor
damida muloqotga kirishadilar. Imo-ishora nutqi atrof-olamni tus-
hunishga yordam beruvchi vosita sanaladi. Masalan, oilada kar bola
imo-ishora nutqidan foydalangan holda tarbiyalanadi, lekin uning
rivojlanish darajasi yuqori bo'ladi. Shunday qilib, imo-ishora eshit
ishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun muloqot funksiyasini bajarishini
ta’kidlash joiz. Bu jihatdan u og'zaki nutq shakliga o'xshashdir. Lekin
105
u chegaralangan davrada, faqat kar shaxslar o‘rtasida muloqot quroli
sifatida namoyon boiadi. Nutq tafakkur quroli sifatida namoyon
boiadi. U o‘zining birinchi vazifasini bajara olmaydi, tafakkur
quroli sifatida faoliyat ko'rsata olmaydi. Imo-ishora nutqining qurish
materiali mimik belgilar foizidir. So‘zdan farqli, imo-ishora belgilari
bir qator o‘ziga xosliklarga egadir. Ayrim mimik belgilar so‘z kabi
muloqot elementiga egadir. So‘z qat’iy va universal ahamiyatga ega.
Mimik belgilar esa qat’iy bolmaydi. Ko'p tushunchalar kar shaxslar
o‘rtasida bir xil ishora bilan ifodalanadi. Ularning xarakteri ta’lim
jarayonida solzlashuv nutqi vositasida o‘zgarishi mumkin. So‘z tarki-
bida tovush kompleksi va ma’nosi bo‘yicha mustahkamlash aloqasi
mavjud bolib, uni ixtiyoriy buzib bolmaydi. So‘zning tovush tarkibi
buzilsa, u o‘zining funksiyasini bajarmay qoladi. Tovush kompleksi
uning ma’nosi bilan umumiy bogliq emas. Ayrim mimik belgilar-
da bu aloqa yaqqol namoyon boiadi. Ko‘p olimlar mimik belgi-
larni tasniflashga harakat qilganlar (N.G. Morozova, R.M.Boskis,
L.V.Zankov, G.L.Zayseva, N.F. Slezina). Ularning ilmiy ishlari nati-
jalariga tayanib mimik belgilarni quyidagicha tasniflash mumkin:
106
1. Ko‘ruv sezgisiga asoslangan belgilari:
a) ko‘rsatuvchi ishning belgilari (burun, ko‘z, stol, shkaf, u);
b) predmet konturi yoki uning xarakterli xususiyatlarini
ko‘rsatuvchi m imik belgilar (yulduz, g‘oz, ona);
d) to‘liq yoki qisman immitatsiya qiluvchi xarakterlar.
2. Sezgilarga asoslangan belgilar.
3. Hid sezgilariga asoslangan belgilar.
4. Teri sezgilariga asoslangan belgilar.
5. M aza-ta’m sezgilariga asoslangan belgilar.
6. Organik sezgilarga asoslangan belgilar.
7. Emotsional sezgilarga asoslangan belgilar.
8. M imiko-daktil sezgilar.
9. Tabiiy sezgilar.
10. Shartli sezgilar.
11. Sonni ifodalovchi sezgilar.
12. 0 ‘tkazuvchan m imik sezgilar.
Mimik belgilar tarkibi qat’iy va bir turga ega bo‘lmaydi. Karlar
Yangi tushunchalarni egallashi va nutqda yangi so'z paydo bo'lishi
bilan mimik belgilar yuzaga kela boshlaydi (televizor, bomba). Ay
rim mimik belgilar bir tomondan konkret va ko‘rgazmaliligi, ikki
tomondan diffuzligi va differensiallashmaganligi bilan xarakterla-
nadi. Shuning uchun, uy belgisi ko‘p qavatli uy, hovli-joy ma’nosida
ishlatilishi mumkin. Shu sababli, mimik belgilarda umumlashti-
rishlar ko‘p uchraydi.
Shunday qilib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning imo-
ishora nutqi so'zlashuv nutqidan juda katta farq qiladi. Bu farq uning
vazifasi, tarkibiy qismlari va mimikasiga ham xosdir. U asosan so‘z
va m im ik belgini solishtirganda, gapdagi so‘z bo‘laklarini bu ikki
turda nutq shaklida namoyon bo‘lishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Og'zaki nutqqa nisbatan chegaralanganligi, takomillashmaganli-
giga qaramay imo-ishora nutqi kar shaxslar uchun asosiy muloqot
qurolidir. Pedagogik jarayonda imo-ishora nutqidan foydalanish
ilk bosqichlarda yaxshi samara beradi. Lekin eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar maktabi ta ’lim jarayonining bosh maqsadi ular
ning og'zaki nutqini shakllantirishdir. Quyida eshitishida nuqsoni
bo'lgan bolalar imo-ishora nutqi nam unalari keltiriladi.
107
Televizor — kaftlarning ko‘rsatkich barmoqlari va jimjiloqlari
oldi birlashadi, qolgan barm oqlar bukilgan holatda bo‘lib, kaftlar
ikki tomonga yo'naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |