So'zlashuv muloqotining buzilishi kar bolani atrofdagilardan uzoq-
lashtiradi, ijtimoiy tajribani egallashda qiyinchiliklarni tug'diradi.
Nutqning rivojlanishida orqada qolish bolani o'zini, boshqalarni
emotsional holatini tushunishga to'sqinlik qiladi, o'zaro munosa-
batlar shakllanishini sekinlashtiradi. Badiiy
adabiyotlar bilan kech
tanish kar bolaning emotsional dunyoqarashini chegaralaydi, badiiy
asar qahramonlari va o'zgalar ruhiy holatini tushunishga to'sqinlik
qiladi. Mahalliy va chet el olimlari tadqiqotlarida eshitishida nuq
soni bo'lgan bolalar emotsional rivojlanishining o'ziga xos muam-
molari o'rganilgan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar hayotining
birinchi kunlaridanoq atrofdagilar bilan to'liqsiz emotsional va
nutqiy muloqot mavjudligi sababli
ularning jamiyatga moslashuvi,
ijtimoiylashuvida qiyinchilik tug'diradi. Xususan, V.Petshak kar
bolaning emotsional rivojlanish holatini tadqiq etgan. Unda qu
yidagi o'zaro bog'liq muammolar o'rganilgan: I muammo — ijti
moiy sharoit — ota-onalar eshitish qobiliyatining saqlanish dara-
jasiga ko'ra maktabgacha va maktab yoshidagi kar bolalarning
emotsional rivojlanish va munosabatlarini aniqlash. II muammo —
kar o'quvchilarning boshqa odam emotsional holatini tushunishi.
Boshqalar ruhiy holatini tushunish darajasi bolaning emotsional
holatini belgilaydi. O'zganing emotsional holatini tushunish uning
yuz mimikasi,
ovoz reaksiyalar, nutqiy intonatsiyalar, imo-ishora-
larni idrok etishga olib keladi. Kar bolada o'zga odamga simpati-
yani rivojlantirish darajasiga ko'ra, emoisional holatini tushunishi
malakasi yuzaga keladi. Simpatiya — yoqtirish,
boshqa odamning
emotsional holatini tushunish va uning hayotiy sharoitiga kirishda
asosiy omildir. Nutq rivojlanishining o'ziga xosligi ma’lum emotsio
nal holatni ifodalovchi so'zlarni egallashga to'sqinlik qiladi. Yaqin
qarindoshlari bilan emotsional-ijtimoiy muloqotda kar bolalarda
muloqotga kirishuvchi odamlar imo-ishorasi,
mimikasiga diqqat
bilan qarash shakllanadi. Asta-sekin ular boshqa odamlar bilan m i
mik, imo-ishorali muloqotining tabiiy vositalarini egallaydilar. Bu
atrofdagilar bilan so'zli muloqotni imo-ishoralar bilan to'ldiradi.
V.Petshak eksperimental psixologik tadqiqotlarda kar bolalarning
kattalar bilan muloqoti xarakterini o'rganadi. Kar o'quvchilar
emotsional holatining kambag'alligi ularning kattalar bilan emot-
112
sional va nutqiy muloqoti xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, kar
onalarning kar bolalarida turli tipdagi emotsional holatlar, intellek-
tual emotsiyalari sog‘lom bolalar darajasida bo'ladi. Sog‘lom ota-
onalarning kar bolalarida turli hayotiy sharoitlarda kam miqdordagi
emotsiya kuzatilgan. Bu eshituvchi ota-onalarni
kar farzandlarida
emotsional muloqotni shakllantira olmagani bilan belgilandi. Eshi
tuvchi onadan farqli kar ona o‘z farzandi bilan emotsional muloqot
ni o‘rnata oladi. Shu sababli kar ota-onalar uyida tarbiyalanuvchi
bola internatda tarbiyalanuvchi bolaga nisbatan emotsiyalari, his-
tuyg‘ulari soglom bolalar his-tuyg‘ulariga teng keladi. Kar bolalar
emotsional rivojlanishida bolaning yaqin qarindoshlari,
ota-onasi
bilan munosabatida
Dostları ilə paylaş: