Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Suhbat metodi. 
Bu metoddan bolaning atrof-muhit haqidagi bi- 
limlarini, xulq-atvori, oila va ta’lim muassasasiga munosabatini aniq­
lash uchun foydalaniladi. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli va 
qiziqarli bo'lishi kerak. Suhbatga alohida tayyorgarlik ko'riladi, ya’ni 
mavzu, savollar oldindan o'ylangan bo'ladi. Ko'p hollarda bolalar­
ning javobi savollarning mazmuni bilan bir qatorda, bolalarning tek- 
shiruvchiga nisbatan munosabatiga ham bog'liq. Bolalarning javob-
132


lari yozib boriladi. Ushbu metod natijalari bilan boshqa tekshiruv 
metodlari orqali olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Test metodi. Test inglizcha so‘z bolib, tekshirish, sinash 
ma’nolarini anglatadi. Bu usulning afzalligi shundaki, qisqa 
vaqt ichida, ommaviy tarzda ko‘p tekshiruvchilarni tekshiruvdan 
o‘tkazish mumkin. Testlar mazmuniga, tuzilish shakliga ko'ra: in­
dividual, guruhli, harakat, intellektual, psixologik va boshqa tur­
larga ajratiladi. Test — bu bolalarga qat’iy aniq sharoitda tavsiya eti- 
ladigan, maxsus tanlangan vazifelar tizimi. Bolaning har bir to'g'ri 
javobi uchun baho qo'yiladi. Test javoblari bir necha variantlarda 
beriladi. Vazifa bir xil yoshdagi bolalar guruhiga beriladi va ular­
ning o'rtacha o‘zlashtirish ballari hisoblab chiqiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan test­
lar birlamchi faoliyat (o'yin, qurish-yasash) tarzida tavsiya etiladi. 
Testlar yordamida bolalarni maktabda ta iim olishga tayyorgarlik 
darajasini aniqlash mumkin. Shuningdek, testlardan foydalanib
rivojlanishida orqada qolishlar kuzatiladigan bolalarni aniqlash 
mumkin. Lekin testlar bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni 
keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini bermaydi. Shu- 
ning uchun test metodini boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash 
tavsiya etiladi.
Sotsiometriya metodi. Bu metod shaxslararo munosabatlarni, 
shuningdek, bolalarning guruhdagi o‘rnini o‘rganish imkonini be­
radi. Bunda asosan quyidagicha savollardan iborat anketalar tarqati- 
ladi: «Sen kim bilan sayrga borishni xohlaysan?», «Sayrda kim bilan 
o'ynashni xohlaysan?», «Tug'ilgan kuningga kimni taklif etasan?», 
«Kim bilan bir partada o‘tirishni xohlaysan?» va h.k.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bunday savollar be­
rish tavsiya etilmaydi. Bunda bolaga o'ziga yoqqan 3 ta o'yinchoqni 
tanlab olish taklif etiladi. So‘ng bolaga «maxfiy tarzda» shu 
o'yinchoqlarni o'ziga yoqqan bolalar shkafchasiga solib qo'yish tav­
siya etiladi. Olingan natijalar sotsiogramma jadvalida aks ettiriladi. 
Jadvalda aks etgan natijalar yordamida guruh «yulduzlari», lider 
bolalar guruhi aniqlanadi. Shuningdek, bu metod yordamida bola­
larning kirnlar bilan do'stligi yoki do'stlashishga intilishlari haqida 
m aium ot olinadi.
133


Sotsiometriya metodi xuddi test metodi kabi bolalarni shaxs­
lararo munosabati haqida tashqi ko'rinishdagi m a’lumotlarni be­
radi. Shuning uchun, to'Iaqonli ma’lumotga ega bo'lish uchun 
sotsiometriya metodi boshqa psixologik metodlar bilan birgalikda 
qo'llanilishi tavsiya etiladi.
Logopsixologiyaning rivojlanish tarixi 
Qadimgi Rim pedagogi M.F. Kventilian o'zini «notiq tarbi- 
yalovchi» ustoz deb hisoblaganligi uchun ham bolalar nutqining 
o'zgarishiga, nutqda uchraydigan nuqsonlarga katta e’tibor bergan. 
U bolalarning nutqi yoshlik chogldanoq sof bo'lishi uchun kurash- 
gan va bolalarni uyda tarbiyalash uchun olinadigan enaga va murab- 
biylarning talaffuzi yaxshi bo'lishi kerak, deb uqtirgan. Shuningdek, 
Kventilian musiqiy ta’lim berish masalasiga ham bolaning nutqini 
yaxshilash nuqtayi nazaridan qaradi. Tilni o'rganishda musiqadan 
foydalanish talaffuzning yaxshilanishiga yordam beradi, nutqning 
uslubini yaxshilaydi, uni ifodali nutqqa aylantiradi, deb hisoblagan. 
Bu ishlarda nutqning talaffuz tomoni, lug'at boyligi, grammatik 
tuzilishi, mantiqiy va tovush tomonlarini o'zgartirish masalalariga 
ham alohida e’tibor bergan.
Nutq nuqsoniga ega bolalarda intellektual rivojlanish sur’ati 
orqada qolishi mumkin. U atrofdagilar bilan kam muloqotga kira­
di, shunga bog'liq holda tasavvur doirasi chegaralanadi, tafakkur­
ning rivojlanish tempi orqada qoladi. Shunday qilib, nutqiy buzilish 
tahlili psixik rivojlanishning turli tomonlari bilan bog'liqligi asosida 
nutqiy patologiyalar mavjud bolalarni o'rganishga kompleks yon- 
dashuv bo'lishni talab etadi. Uni maxsus psixologiyaning tarkibi 
bo'lgan logopsixologiya fani o'rganadi. Logopsixologiya fani rivojla­
nishining bir necha bosqichlari mavjud:
Klinik bosqich. Nutqiy buzilishlar logopediya fanining tadqiqot 
obyekti bo'lgan. Nutqiy patologiyali bolalarni o'rganish XIX—XX 
asrga to'g'ri keladi. Nutq nuqsoni mavjud bolalarni o'rganish termi- 
nologiyasi turli bosqichlarda turlicha bo'lgan. 1920-yillarda Rossi- 
yada og'ir nutqiy buzilishlar «alaliya» atamasi bilan ifodalangan. 
Chet elda bu buzilish «rivojlanish afaziyasi», «konstitutsional nutq­
ning to'xtashi», «tug'ma afaziya» (A.L. Kenton, F. Jilr, F. Koxar) deb 
nomlangan.
134


Nutq buzilishlarining dastlabki tasnifi A. Kussmaul (1877) ti- 
pologiyasidir. Bu tasnif XX asrning birinchi choragida chet el va rus 
tadqiqotchilarining ilmiy ishlarida keng qoilanilgan (G. Gutsman, 
E. Freshels, S.M. Debragayev). Ular ilgari surgan tasniflarda um u­
miy jihatlar ko‘p edi (Klinik yondashuvda nutq kamchiliklarining 
nomlari lotin va yunon so‘z yasovchi elementlaridan tashkil topgan 
solzlardan iborat bo‘lgan).
Pedagogik bosqich. Rus olimlari M.Y.Xvatsev, F.A.Rau,
O.V. Pravdina, S.S.Lyapidevskiy va boshqa olimlar klinik tas- 
nifga o‘zgartirishlar kiritadi. Natijada bir shaklga kiruvchi nutqiy 
buzilishlar haqidagi tasavvurlar sezilarli darajada o‘zgaradi. Le­
kin o‘zgarishlar klinik terminologik apparatining o‘zgarishiga 
olib kelmaydi. Tushuncha va term inlar tibbiyotda, logopediyada 
qoilanilgandek bir xilligicha qolaveradi.
Psixologik bosqich. Nutqiy va ruhiy rivojlanish o‘zaro bogiiq 
boiib, korreksion-pedagogik yordam berishda katta ahamiyatga 
egadir. A. Kussmaul, P. Mori, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, R.A.Be- 
lova-David kabi olimlar intellektual rivojlanishga nutq nuqsonlari 
katta ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidlab o‘tadilar. Ular nutqiy doiradagi 
birlamchi buzilishlar intellektual darajaga, psixik rivojlanishning 
orqada qolishiga ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrni bildirganlar.
Nutq rivojlanishida nuqsoni bor maktabgacha yoshdagi bolalarda 
kuzatiladigan nutqiy va psixologik buzilishlar R.Y. Levina tom oni­
dan tadqiq etilgan.
R.Y. Levina nutq buzilishlarida bilish faoliyati buzilishini 
ko‘rsatadi. Bu nuqtayi nazar bir qator olimlarning ishlarida ham 
o‘z aksini topgan (T.A. Vlasova, V.I. Lubovskiy, L.S. Svetkova, 
IT . Vlasenko).
M aium ki, nutq murakkab funksional tizim ni o‘z ichiga oluvchi 
jarayondir. Bu tizimning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlar bilan 
bogiangan. R.Y. Levina va uning shogirdlari nutqni uch tarkibiy 
qismga b o iib
0
‘rganishni tavsiya etadi: fonetik-fonematik, leksik va 
grammatik. Olima, shuningdek, gapirmaydigan (alalik) bolalarni 
to'rt guruhga ajratadi: nutq kamchiliklari fonematik idrok buzilish­
lari bilan bogiiq boigan bolalar; nutq kamchiliklari bilan fazoviy 
tasavvurlari buzilgan bolalar; nutq kamchiliklari motivatsiya — ehti-
135


yoj doirasi buzilishlari bilan bog'liq bo'lgan bolalar; nutq kamchi- 
liklari ko'ruv idrok buzilishlari bilan bog'liq bo'lgan bolalar.
Nutq buzilishlari jarayonida nutqiy buzilishlar va bilish faoliya- 
tining o'zaro munosabatlarini Y.M. Mastyukova ham tadqiq etgan. 
Bolalardagi nutq kamchiliklari polimorf bo'ladi. Y.M. Mastyukova 
bunday buzilishlar markaziy nerv tizimining buzilgan joyiga qarab 
organik va funksional bo'ladi va differensial yondashuvni talab eta­
di, degan fikrni olg'a surgan.
O.N.Usanova, Y.F.Garkusha, N.T. Sinyakova kabi olimlar nut­
qiy patologiyasi mavjud bolalar diqqati xususiyatini tadqiq etganlar. 
Ularning fikricha, bolalar diqqatining beqarorligi o'z harakatlarini 
rejalashtirishda o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar tafakkurining muammo- 
lari I.Peresleni, T.A. Fotekova, l.T. Vlasenko va boshqa olimlar to ­
monidan o'rganilgan.
Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar shaxsiy xususiyatlari
O.S. Orlova, L.Y. Goncharuk, L.M.Shipitsina, L.S.Volkova va 
boshqalarning ishlarida o'rganilgan. Logopsixologiyaning taraqqi- 
yotiga B.M.Grinshpun, O.N.Usanova, LT.Vlasenko, T.B.Fili- 
cheva, L.G. Solovyova va N.S. Jukovalar ilmiy-tadqiqot ishlarining 
natijalari ijobiy ta’sir ko'rsatgan.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin