Logopsixologiya — maxsus psixologiyaning bir bo‘limi, maxsus
psixologiya esa umumiy psixologiyaning bir yo‘nalishidir. Umumiy
psixologiya psixikaning tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyat-
larini me’yorida o‘rgansa, logopsixologiya ana shu qonuniyatlarni
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda o‘rganadi. Shuningdek, um u
miy psixologiyada qoilanadigan
tadqiqot metodlari, tamoyillar,
o‘rganilayotgan holatlarning tushunchalari, atamalari logopsixo-
logiyada ham qoilanadi.
1970-yilda A.R.Luriya tashabbusi bilan bolalar neyropsixologi-
yasi rivojlana boshladi. Logopsixologiya logopediya bilan bog‘liq.
M a’lumki, logopediya nutqida kamchiligi boigan bolalarning
taiim -tarbiya tizim ini tashkil etishda
logopsixologiya tomonidan
o‘rganiladigan bolalarning guruhli, yosh va individual psixologik -
xususiyatlari haqidagi bilimlarga tayanadi.
Logopsixologiya tibbiy fanlar bilan aloqada rivojlanadi. Bu fan-
lar bir xil o‘rganish obyektiga ega. Lekin bu fanlar o‘rganish pred-
metiga ko‘ra farqlanadi. Logopsixologiya nevrologiya,
psixiatriya,
fiziologiya fanlari bilan bogiiq. Logopsixologiya nevrologiya, fi-
ziologiya fanlarini integratsiyalash natijasida nutq nuqsoniga ega
boigan bolalarning psixik rivojlanish holatini yangi sifat nuqtayi
nazaridan baholash imkonini beradi. Funksional tizimlar nazari-
yasining yaratilishi, bosh miya qobigi funksiyalarining joylashishi
(lokalizatsiyasi) haqidagi
nazariyaning ishlab chiqilishi, alohida
ehtiyojlarga ega bolalarda oliy psixik funksiyalarning shakllanishi
va rivojlanishi nutq kamchiliklarini tahlil etishning yangicha usul-
larini keltirib chiqardi.
Logopsixologiya — otoloringologiya, nevropatologiya, psixopa-
tologiya, oligofreniyaklinikasi,pediatriya fanlari bilanham bogiiqdir.
Bu fanlarning m aium otlari ovoz buzilishlarini o'rganishda
muhim
ahamiyatga ega. Bu holatda ovoz buzilishlari halqum nuqsonlari
asosida yuzaga kelgan boiishi mumkin.
Ko‘p buzilishlar markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bogiiq
boiib, uning tashxisi logoped va vrach-nevropatologning o^zaro
faoliyati asosida amalga oshiriladi.
Nutq buzilishlarida ruhiy rivojlanishning turli holatlari — emot-
sional-irodaviy, diqqat, xotira, aqliy mehnat faoliyati hamda shaxs-
137
ning psixik rivojlanishi orqada qoladi. Bu ma’lumotlar nutq buzi-
lishini aniqlash va unga kerakli yordam ko‘rsatishda muhimdir.
Nutqiy buzilishlar miya faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Bunday holatlarda logopedik ish bilan bir qatorda markaziy asab
tizimi faoliyatini faollashtiruvchi dori-darmon
orqali ham davolash
olib boriladi.
Logopsixologiya lingvistika va psixolingvistika bilan o‘zaro
bog‘liqdir. Logoped lingvistika fanida berilgan til birliklari va qoi-
dalarini yaxshi bilsa, bu unga aniq tashxis qo‘yishi, to‘g‘ri korrek-
siyalashga yordam beradi va logopedik ish samaradorligining oshi-
shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Logopsixologiya umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnos-
tika fanlari bilan bogliqdir. Logoped
bolaning psixik rivojlanish
qonuniyatlarini bilishi, psixologik-pedagogik tekshiruv metodlarini
qollay olishi lozim.
Shunday qilib, logoped nutq buzilishlarining turli shakllarini
farqlashi, intellektual, emotsional va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq
nutqiy buzilishlarga tashxis qo‘yish malakasiga ega bo'lishi kerak.
Psixologiyaga oid bilimlarni bilish logopedga faqat nutqiy bu-
zilishni emas, balki nutqiy buzilishni ruhiy buzilishlar bilan
bog'liqligini to'g'ri tushunish imkoniyatini beradi.
Bunday bilim
turli yoshdagi nutq nuqsoni mavjud bolalar bilan muloqotga kiri-
shishga imkon beradi.
Shunday qilib, maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lgan
logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi si
fatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida
takomillashib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: