Individ, shaxs va subyektning rivojlanishini o‘rganishda quyidagi
holatlarga e’tibor qilish zarur:
— inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoit-
lar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va
yashash muhiti omillari);
— insonning o‘ziga taalluqli asosiy tavsiflar, uning ichki qo-
nuniyatlari, mexanizmlari, evolutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va
involutsiyasi;
— inson bur butun yaxlit tizimning
asosiy tarkibiy qismi ekan-
ligi, ushbu tarkibiy qismlarning obzaro aloqalari, shaxsning tashqi
ta ’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning ta-
komillashuvi va h.k.
Odamning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy foydali
faoliyati jarayonida hayotiy zarur mexanizmlar va ongli faoliyat
ning funksional tizim jarayonlari yuzaga keladi. Ana shular tufayli
odam
bilimlarni, koiiikm a va malakalarni, ijtimoiy tajribalarni
o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining idroki, tafakkuri, xayoli,
hissiyotlari va irodasini, bir so‘z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan
ongli munosabatini hamda o‘z harakatlari va xulq-atvorining mo-
tivlarini tarkib toptiradi. Mana shu jarayonda ta’lim
va tarbiya
yetakchi o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, taiim -tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning
dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga boigan munosabatini tarkib top
tiradi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga
ta ’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya
muassasalarida, ya’ni bog‘cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda
beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi.
Shunday qilib, psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va tako-
millashuvini harakatlantiradigan kuchlar
va manba masalasini hal
etishning ikkita yo‘nalishi mavjud boigan. Ular biologik va ijtimoiy
konsepsiyalari nomini olgan.
Biologik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik omil
lar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning
rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo lish xususi-
yatiga egadir. Ijtimoiy konsepsiyaga ko‘ra shaxs tevarak-atrofdagi
ijtimoiy muhitning bevosita ta ’sirida rivojlanib boradi.
143
Shunday qilib, biologik va ijtimoiy konsepsiyalar shaxs rivojla-
nishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos bo‘ladi. Unisi ham,
bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi
kuchlarini
aniqlab beradi.
Yuqorida biz shaxsning me’yorda rivojlanish qonuniyatlariga
to‘xtaldik. Quyida rivojlanishda turli chekinishlar, nuqsonlar, bu
zilishlar kuzatilgan holatlarni ko‘rib chiqamiz. Bunday holatlar
«dizontogenez» nomi bilan ataladi.
Dostları ilə paylaş: