profilaktika, davolash-tashxis
q o ‘y ish ,
abilitatsiya va reabilitatsiya,
sanatoriya-kurort, protez-ortopediya yordamini,
harakatlanish vo-
sitalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam
turlarini o'z ichiga oladi.
Bu masalaga o‘tishdan oldin, nutq nuqsonlarining yuzaga kelish
sabablariga qisqacha to'xtalib o‘tamiz.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarga tashqi
(ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning
tashqi sharoitlari kiradi. Nutq nuqsonlarining turli sabablarini aniq-
lashga evolutsion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga
kelish jarayonini tahlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishning umu-
miy qonuniyatlarini hisobga olishni talab qiladi (Abu Ali
ibn Sino,
I.M.Sechenov, L.V. Vigotskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablarini uch guruhga
ajratish mumkin.
1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiatsiya; qishloq xo'jaligida
qo'llanadigan pestitsidlar va gerbitsidlar; avtotransportdan chiqadi-
gan gazlar; harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq-ovqat va suv
ta ’minotining sifatsizligi.
2. Tibbiy-ijtimoiy sabablar: er-xotin qarindoshchiligi; ota-ona-
ning rivojlanishidagi orqada qolishlar; jarohatlar (jismoniy va ruhiy);
ota-onalarning surunkali kasalliklari; zararli odatlar (ichkilikboz-
lik, nashavandlik, toksomoniya, kashandalik);
onaning surunkali
og‘ir anamnezi; oilani noto‘g‘ri rejalashtirish, abortlar, onaning
ginekologik kasalliklari, erta va kech tug'ruqlar (birinchi homi
laning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo'lishi); tug'ruqdan
oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli
infeksiyalar; ona va bolaning to'liq oziqlanmasligi;
oilaga tibbiy
tashxis va korreksion yordamning o'z vaqtida berilmasligi.
3. Psixik-ijtimoiy sabablar: ommaviy va majmuali deprivatsiya;
ota-onalar tomonidan diqqat-e’tiborning sustligi; bolalarga nis
batan qattiqqo'llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi;
oilaning to'liqsizligi; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy);
ruhiy-pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi
zamon talablariga javob bermasligi.
Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar:
148
— homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasal-
liklar, jarohatlar, onaning
rezus-faktorga mos kelmasligi;
— tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
— bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari
(meningit, ensofalit);
— miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya
jarohatlari;
— nasliy omillar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy
nerv tizim buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi;
— ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu holat pedagogik qarovsiz-
likka,
vegetativ disfunksiyaga, emotsional-irodaviy muhitning bu-
zilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab boiadi.
Barcha nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga
bolinadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organiknutqbuzilishlari o‘z navbatida ma’lum nutq organi jo'yining
zararlanishiga ko‘ra markaziy va periferik xarakterda boiadi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimidagi u yoki bu qism-
larning buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy
xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya
kabi nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi
yoki buzilishi va periferik nerv artikulatsion organlar inervatsiyasi-
ning buzilishidan kelib chiqadi. Periferik xarakterdagi organik nutq
buzilishlariga:
rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar. Bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan
a’zolar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bolmaydi. Funksional
xarakterdagi nutq buzilishlariga — dislaliya, duduqlanish kabi nutq
nuqson lari kiradi.
Rivojlanishida kamchiliklar boigan bolalarni erta aniqlash va
logopedik yordam berish nutq kamchiliklarining oldini olish va
maktabga nutqiy jihatdan tayyorlashdir. Nutqiy rivojlanishdagi nuq-
sonlarning oldini olishda tugllish vaqtida shikastlangan bolalarning
dispanserizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
149
Xulosa
qilib aytganda, bolalarda nutq kamchiliklarini barvaqt
aniqlash, ularni maxsus ta’limga jalb etish, har tomonlama rivojlan-
tirish, insonparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘qitish, kasbga
yo‘naltirish, sog‘lomlashtirish, hayotga tayyorlash va normal rivoj-
langan insonlar jamiyatiga moslashtirish amaliy logopediyaning
vazifalariga kiradi.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq buzi-
lishlarining yuzaga kelishida ekzogen-organik omilning rolini ba-
holashda
jarohatning vaqti, xarakteri va joylashishini, bola nerv
tizim ining moslashuvchanligini, shuningdek, miya jarohatlangan
paytda nutq funksiyasining shakllanganlik darajasini hisobga olish
zarur.
Dostları ilə paylaş: